Ayollar Salomatligi

Tamponlar

3 daqiqa o'qish
Tamponlar

Kritik kunlar turli sharoitlarda sodir bo'ladi. Bu, masalan, yozgi ta'til kunlarida, siz cho’milishni yoki velosipedda uchishni juda ham xohlaganingizda sodir bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatda, asosiy gigiyena vositasi sifatida Kotex tamponlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Ular suyuqlikni prokladkalar kabi samarali tortib oladi va ulardan foydalanish oson. Shu bilan birga, ularni to’g’irlab qo’yishingiz yoki oqib ketish haqida tashvishlanishingiz shart emas, shuningdek, ular sumkangiz ichida ham juda kam joy egallaydi. Ushbu maqolada biz sizga Kotex tamponlarining xilma-xilligi va ulardan qanday foydalanish kerakligini aytib beramiz.

Kotex tamponlarining turlari: xususiyatlari, tanlash bo'yicha maslahatlar.

E'tibor berishingiz kerak bo'lgan birinchi narsa - menstruatsiya paytidagi ajratmaning intensivligi. - Menstruatsiya davridagi ayollar tamponlari Kotex Ultrasorb – menstruatsiyaning har bir kuni uchun yuqori darajadagi himoya va so’rish qobiliyati. Ipaksimon material va ingichka uch kirishda va kiyib yurishda qulaylikni ta'minlaydi. Mini (menstruatsiyaning oxirgi kunlari uchun) va NORMAL (o'rtacha ajratmalar uchun) variatsiyalarida mavjud - Kotex ACTIVE SUPER tamponlari juda ko’p ajratma bo’ladigan kunlarda yoki jismoniy faollik kuchaygan holatlarda oqishdan eng yaxshi himoya hisoblanadi. Yuqori so’rish qobiliyatiga qo'shimcha tarnovchalar va ko'k himoya chizig'i yordamida erishiladi. Shunday ekan, erkin harakatlaning!

Qaysi biridan foydalanish kerak: prokladkalarmi yoki tamponlardanmi?

Gigiena vositalarining har bir turi o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Tamponlarning ijobiy tomonlari: - teri issiqda dimiqib qolmaydi; - kam joyni egallaydi; - har qanday ichki kiyim bilan kiyish mumkin; - cho’milish paytida ideal; - bilinmaydi; - yon tomonga surilib ketmaydi. Prokladkalarning ijobiy tomonlari (keyingi o'sha faylda joylashgan tamponlar haqidagi maqolaga havola): - ularni almashtirish oson, bu maxsus ko'nikmalarni talab qilmaydi; - prokladkani almashtirish vaqti kelganini tushunish oson; - uxlash paytida ham foydalanish mumkin; - toksik shok xavfi ancha past; ginekologik kasalliklarda ishlatilishi mumkin; - qinda quruqlikni chaqirmaydi. Afzalliklarni ko’rib chiqish orqali siz o'zingizga mosini tanlashingiz mumkin!

Tamponlardan qanday foydalanish kerak: qo’llanma

Tampondan foydalanish samarali, qulay va xavfsiz bo’lishi uchun bir qator muhim qoidalar mavjud: 1. Toksik shok sindromiga yo’liqmaslik uchun tamponlarni o’z vaqtida almashtiring. Ya’ni: har 4 soatda bir marta, maksimum – har 8 soatda. 2. Xuddi shu sababga ko'ra, almashtirish vaqtini o'tkazib yubormaslik uchun uxlash vaqtida tamponlardan foydalanmang. 3. Intim gigiyena haqida unutmang. 4. Tamponni qo'yishdan oldin qo’llarni yuvish lozim. 5. Uni har qanday holatda joylashtirishingiz mumkin – bari individual, o'z usulingizni toping! 6. Kiritish algoritmi quyidagicha: - tampon qadoqdan chiqariladi; - ipni tortib, mahkam bog'langanligiga ishonch hosil qilish kerak; - tamponni barmoqlar yordamida asosidan ushlab (bunda, ipni qisib olmasdan), ipni tashqarida qoldirib, ehtiyotkorlik bilan qinga suriladi. 7. Tamponni olib tashlash uchun ipni ehtiyotkorlik bilan tortib olish kerak. 8. Agar noqulaylikni his qilsangiz, demak tamponni boshqacha tarzda joylashtirish kerak, bu normal holat emas. 9. Ishlatilgan tamponni kanalizatsiyaga tashlamang, bu ekologik jihatdan yaxshi emas. 10. Agar tampon qo'yilgandan so'ng qisqa vaqt ichida sizda grippga o'xshash holat yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qiling!

Xulosalar

Shunday qilib, Kotex brendi bir nechta turdagi tamponlarni ishlab chiqaradi, ammo asosiy prinsiplar o'zgarishsiz qoladi: sifat, qulaylik, sinalgan texnologiyalar. Qaysi Kotex tamponlarini tanlashingizdan qat'iy nazar, ular ichki kiyimingizni toza saqlaydi va sizga o'zingiz uchun muhim bo’lgan ishlar bilan shug’ullanishga imkon beradi. Kotex bilan yangi yutuqlar va hayot quvonchlari sari olg’a!

Kimberly-Clark kompaniyasi ma'lumotlarning to'liqligi yoki to'g'riligiga hech qanday kafolat bermaydi. Ushbu ma'lumot faqat qo'llanma sifatida ishlatilishi kerak va maxsus tibbiy maslahat yoki sog'liqni saqlash mutaxassislarining boshqa tavsiyalarini uzgartirmasligi kerak.