Ayollar Salomatligi

Kontrasepsiya: nimalarni bilish kerak

3 daqiqa o'qish
Kontrasepsiya: nimalarni bilish kerak

Hozirda, tibbiyot yutuqlari tufayli, ayollar homiladorlik paydo bo’lishini juda yaxshi tartibga solishlari mumkin. Bunda ularga kontrasepsiya yordam beradi. Kontrasepsiya nima? Bu homiladorlikdan himoyalanish, ya'ni to'liq jinsiy hayotni saqlab qolgan holda, bo’yida bo’lishdan qochish usullari. Ushbu maqolada biz kontrasepsiya turlari va ularning samaradorligini muhokama qilamiz.

Kontrasepsiya samaradorligi qanday hisoblanadi?

Perl indeksi mavjud. Bu kontrasepsiya samaradorligini 0 dan 100 gacha bo’lgan raqamlarda aks ettiradi. Bu raqam yuzta ayoldan nechtasi bir yil ichida homilador bo'lishini ko'rsatadi. Misol uchun, hech qanday himoya bo'lmaganda, Perl indeksi 85 ga teng bo'ladi – bu kontrasepsiyadan foydalanmaydigan 100 ayoldan 85 nafari 12 oy ichida homilador bo'lishini anglatadi. Ishonchli kontrasepsiya usullari uchun Perl indeksi minimaldir.

Kontrasepsiya turlari

Kontrasepsiya ko'plab turlarga bo'linadi. Ular orasida quyidagilar mavjud: - gormonal; - favqulodda; - to'siqli; - bachadon ichiga oid; - jarrohlik. Qanday kontrasepsiya usullari eng samarali va keng tarqalgan? Quyida tasvirlab beramiz.

Gormonal kontrasepsiya

Ayol gormonal kontrasepsiyasi yoki faqat progesteronni, yoki ham progesteron, ham estrogenni o'z ichiga oladi. Harakat prinsipi quyidagicha: ovulyatsiyani bostirish va sperma o'tishiga yo'l qo'ymaslik uchun bachadon bo'yni shilliq qavatini qalinlashtirish. Bu usul nimasi bilan yaxshi: - samaradorlik juda yuqori (ammo, faqat to'g'ri ishlatilganda!); - Jinsiy aloqadan oldin hech narsa sotib olishning hojati yo'q, barcha kontraseptiv tayyorgarlik oldindan bajariladi; - har oylik qon ketish kamroq ta’sirli va kamroq og'riqli bo'ladi (xuddi shu faylning 3-maqolasiga havola - "Hayz paytidagi og'riqlar"); Kamchiliklari ham bor: - gormonal kontrasepsiya, to'siqli kontrasepsiyadan farqli o'laroq, jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalardan (JYYI) himoya qilmaydi; - ushbu usulni shifokor bilan maslahatlashish zarur, chunki ko'plab qarshi ko’rsatmalar mavjud va moslashish paytida nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin. Ba'zi hollarda (masalan, implantant haqida gap ketganda), o'rnatish shifokor tomonidan amalga oshiriladi; - ba'zi usullarning ancha yuqori narxi. Quyida gormonal kontrasepsiya usullari bo'yicha qulay jadval berilgan. U turli usullarni solishtirishga yordam beradi. Qulaylik uchun biz homiladorlik ehtimolini foizlarda o'lchaymiz. Raqam qancha yuqori bo'lsa, ishonchlilik shunchalik kam. Raqamlardan biri ideal foydalanishni aks ettiradi – ya'ni barcha tavsiyalardan foydalanish bilan. Ikkinchisi odatiy, ya'ni inson omili tufayli yuzaga keladigan buzilishlar bilan. Eng samarali gormonal kontrasepsiya – bu implantat yoki progesteron + estrogenli inyeksiya. Eng uzoq davom etadigani – implantat. Foydalanishdagi eng osoni – plastirlar.

To'siqli kontrasepsiya

Gormonaldan farqli o'laroq, u ichki omillarga emas, balki tashqi omillarga ta'sir qiladi. Nomidan ko'rinib turibdiki, bunday kontratseptsiya sperma kirib kelishidan jismonan himoya qiladi. Muhim plyus shundaki, to'siq usuli jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qiladi (bachadon bo'yni diafragma/qopqog'idan tashqari), shuningdek, deyarli hech qanday kontrendikatsiyaga ega emas. Quyida to'siqni kontratseptsiya turlari: - erkak prezervativ; - ayol prezervativ; - servikal diafragma / qopqoq. Ushbu toifadagi erkak prezervativ to'g'ri qo'llanilsa, eng samarali hisoblanadi. Va uni sotuvda topish osonroq.

Bachadon ichi kontrasepsiyasi

Ko’proq u spiral nomi bilan ma’lum. U bachadon shilliq pardasida shunday sharoit yaratib beradiki, spermatozoidlar shunchaki yashab qololmaydi. Samarasini qo’llagan zahoti darhol sezish mumkin. Kamchiligi shundaki, ushbu usul jinsiy yo’l bilan o’tuvchi infeksiyalardan himoya qilmaydi. SHuningdek uni qo’yish og’riqsiz bo’ladi. Uni mustaqil ravishda o’rnatish mumkin emas, faqatgina shifokor tomonidan bajarilishi lozim. Bunda spiral noto’g’ri holatda turishi xavfi ham mavjud bo’lib, shuning uchun uni o’rnatgandan keyin holatini UTT orqali tekshirib olish ma’qul. Spirallarning ikki turkumi mavjud: - mis. Juda ishonchli usul (ehtimoliy homiladorlik indeksi atigi 0.6-0.8%). Va uning xizmat muddati ham uzoq – 5-10 yil. Biroq doimo spiralning siljish xavfi mavjud – biroq bunday xavf ehtimolligi uncha yuqori emas. Uningko’p miqdordagi hayz kabi nojo’ya ta’siri ham kuzatilishi mumkin. - gormonal. Uning ham ehtimoliy homiladorlik indeksi juda past, mis singari 0.5-0.7%. Gap shundaki, uning muddati kamrok – 3-5 yil. U turli sabablar bilan mis spiral qo’yish mumkin bo’lmaganlarga qo’yiladi. Misdan farqli ravishda, u ko’p miqdorda hayzni keltirib chiqarmaydi, va hattoki teskari ta’sir qilishi ham mumkin. Biroq boshqa nojo’ya ta’sirlar, ya’ni bosh og’rig’i va h.k. kuzatilishi mumkin.

Tezkor kontrasepsiya

Tezkor kontrasepsiyaning amal qilish tamoyili – homila paydo bo’lishining oldini olish maqsadida ovulyatsiyani orqaga surishdir. Vaqt bo’yicha chklov mavjud: tabletkani vaqtida qabul qilib olish muhim. Qancha erta bo’lsa, shuncha yaxshi, biroq uni jinsiy aloqani sodir etgandan keyin 72 soatdan kechikmay qabul qilish kerak (ma’lum dori vositasiga qarab soatlar soni 120 gacha oshishi mumkin). Tezkor kontrasepsiya – bu doimiy kontrasepsiya degani emas, shuning uchun uni homiladorlikdan himoya qilishning asosiy usuli sifadina ko’rish kerak emas. Biroq organizm va ruhiyat uchun u rejada bo’lmagan homiladorlik, yoki uni buzishga qaraganda yaxshiroq ekanligi aniq. Bunday usul samaralidir: Perl indeksi 1-2%dan kamroq. Nojo’ya ta’sir sifatida siklning buzilishi, o’zingizni his qilishingiz vaqtincha yomonlashuvini keltirishimiz mumkin.

Boshqa usullar

Yuqorida aytilmay qolgan narsalar haqida qisqacha gapirib o’tamiz – chunki ular kontrasepsiyaning yetarli darajada samarali usullari emas. Spermisidlarni krem va gellar ko’rinishida qo’llash mushkul – ular kerakli darajada amal qilishi uchun boshqa kontrasepsiya vositalari bilan birga foydalanilishi kerak, aks holda homiladorlik ehtimollligi mavjud. Spermisidlarga botirilgan gubkalarni dorixonalardan topishning imkoni yo’q, buning ustiga uni to’g’ri qo’llash va qo’yish paytida xato qilish mumkin. Laktatsion amenoreya usulining mohiyati shundan iboratki, u bolani ona ko’krak suti bilan oziqlantirishning dastlabki yarim yilligida ona homilador bo’la olmaydi – bu ham ishonchli emas. Ushbu usul rostdan ham samarali bo’lishi uchun juda ko’p jihatlarni hisobga olish kerak. Taqvim, ya’ni ovulyatsiyani kuzatib borish hamda yuqori fertillik paytida jinsiy aloqaga kirishmaslikka harakat qilish usuli ham uncha maqbul emas. CHunki ko’plab ayollarda sikl bir-ikki kunga siljib turadi, shuning uchun ovulyatsiyaning aniq sanalarini bilish mushkul. Jinsiy aloqani to’xtatish usuli ham gumonli – erkaklar surtmasida spermatozoidlar (garchi spermaga qaraganda kam miqdorda bo’lsa ham) bo’lishi mumkin, buning ustiga erkaklargi o’z fiziologiyasini tartibga solish mas’uliyati bo’ladi, bu esa oson emas. Jarrohlik usuli (boshqacha aytganda erkaklar yoki ayollarni sterillash) juda ishonchsiz, biroq undan juda kam hollarda foydalanishadi. Birinchidan, bu orqaga qaytarib bo’lmaydigan jarayon. Ikkinchidan, ko’plab davlatlarda ushbu muolajani shunchaki bajarish mumkin emas, alohida talablari mavjud: masalan ma’lum bir yoshga yetish kerak. Xalq tabobati usullarini kontrasepsiya deb hisoblab bo’lmaydi – ular hech qanday isbotlangan samaraga ega emas, uning oqibatlarini esa oldindan aytib bo’lmaydi. Hozirda erkaklar gormonal kontrasepsiyasi usuli klinik sinovlardan o’tkazilmoqda, biroq u hali sotuvga chiqqani yo’q.

Kontrasepsiya usulini qanday tanlash kerak

Qaysi kontrasepsiya usulidan foydalanish yaxshiroq ekanligini tanlash uchun barcha omillarni baholab chiqish: samaradorlik, jinsiy yo’l bilan o’tuvchi infeksiyalardan himoya, amal qilish davomiyligi, qiymati va h.k. – va o’zingizning ehtiyoj va imkoniyatlaringiz bilan taqqoslab chiqish lozim. Ba’zi hollarda masalan prezervativ bilan gormonal tabletkalarni birga qo’llash samaraliroq bo’ladi. Eng yaxshisi o’z sohasini hamda sizning salomatligingizning xususiyatlarini biluvchi ginekolog bilan tegishli usulni tanlash kerak.

Xulosalar

Kontrasepsiya – kutilmagan homiladorlikning oldini olish usulidir. Homiladorlikdan yuz foiz himoya qila oladigan kontrasepsiyaning usullari mavjud emas, biroq ularning ko’pchiligi anchagina samarali bo’ladi. Ushbu samaradorlikni baholash uchun Perl indeksi mavjud. Uning turlari ko’p – gormonal, to’siqli va boshqa. Ularning hammasi turlicha amal qiladi va qo’yish usuli hamda amal qilish muddatig qarab farq qiladi. Faqatgina ishonchliligi tibbiy tadqiqotlar bilan isbotlangan usullarni tanlash lozim. Homiladorlikning oldini olishning qaysidir usulini tanlashda shifokor bilan maslahatlashib olish kerak. SHuningdek, bunday usullarga gormonal tabletkalarni qabul qilgandan keyin yoki kontrasepsiyadan keyin kuchli nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lganda, qo’l urish mumkin.

Kimberly-Clark kompaniyasi ma'lumotlarning to'liqligi yoki to'g'riligiga hech qanday kafolat bermaydi. Ushbu ma'lumot faqat qo'llanma sifatida ishlatilishi kerak va maxsus tibbiy maslahat yoki sog'liqni saqlash mutaxassislarining boshqa tavsiyalarini uzgartirmasligi kerak.