PMS nima va uning belgilari qanday?

PMS nima va uning belgilari qanday?

PMS nima va uning belgilari qanday?

Hayz ko'rish ayol hayotidagi odatiy jarayondir, ammo u bilan bog'liq tanadagi o'zgarishlar noqulaylik tug'dirishi mumkin. Ba'zida yoqimsiz hislar ushbu siklning birinchi kunida emas, balki undan ham oldinroq paydo bo’lishi mumkin. Bunday ko'rinishlar "predmenstrual sindrom" (PMS) deb ataladi. PMS nima ekanligini, uning belgilari va uni yengillashtirish usullari haqida ushbu maqolada gaplashamiz.

Predmenstrual sindrom nima

Predmenstrual sindrom, nomidan ko'rinib turibdiki, hayzdan oldin paydo bo'ladigan yoqimsiz belgilar birligi. Ular jismoniy va hissiy belgilarni o'z ichiga oladi. Mutaxassislarning taxminicha, bu hayz ko'rishdan oldin ayollarning gormonal o'zgarishlarni boshdan kechirishlari bilan bog'liq. Ammo bu faqat bir variant bo’lib, anig’i hech kimga ma’lum emas. PMS belgilariga hamma ham duch kelavermaydi. Ba'zi qizlar bunga deyarli duch kelmaydilar, ammo boshqalari har bir siklda qiyin holatdan aziyat chekishadi. 30 yoshgacha bo'lgan ayollarda PMS odatda 30 yoshdan oshgan ayollarga qaraganda kamroq namoyon bo’ladi. Keyin esa, menopauzaga yaqinroq davrda, PMS belgilari asta-sekin yo'qolib boradi.

PMS belgilari

Predmenstrual sindromning belgilari quyidagilar:
  • bosh og’rishi;
  • qorin shishishi;
  • ko'krak yanada sezgir bo’lib, bo’rtadi;
  • qattiq qichishish xususiyati hatto kichik narsalarda ham paydo bo'ladi;
  • uyqu yomonroq bo’lib, miriqib uxlash qiyinroq kechadi;
  • doimiy charchoq va zaiflik hissi;
  • ko'pincha sababsiz tashvish hissi qamrab oladi;
  • yomon kayfiyat;
  • ishtaga yoki yo’qoladi yoki aksincha, juda kuchayib ketadi;
  • ko'proq terlash boshlanadi;
  • diqqatni jamlash qiyinlashadi;
  • ich qotishi yoki ich ketishi paydo bo'ladi;
  • husnbuzar paydo bo'lishi mumkin;
  • qorin bo'shlig'idagi cho’ziluvchan og'riqlar.
Kam sonli ayollarda alomatlar shunchalik sezilarli va namoyon bo'ladiki, ular oddiy hayot kechirish jrayoniga ham xalal beradilar. PMSning ushbu og'ir shakli uchun alohida atama mavjud - PMDB (predmenstrual disforik buzilish). PMDBda ruhsizlik depressiya darajasiga yetishi mumkin. Qon tomirlar og'riydi, hazm qilishda sezilarli buzilishlar paydo bo'ladi. PMDB qizni hayz boshlanishidan hatto 2 hafta oldin ham bezovta qilishi mumkin. Bunday holda, u deyarli butun oyni jismoniy va hissiy noqulaylikda o'tkazadi.

PMSni qanday yengillashtirish mumkin

Simptomlarni yengillashtirish uchun birinchi navbatda bir narsani tushunib olish kerak: bu haqiqatan ham PMSmi yoki boshqa narsami? Axir, ba'zi belgilar qo’zg’algan ichak sindromi, qalqonsimon bez kasalliklari va klinik depressiyaga ham xos bo'lishi mumkin. Asosiy farq: PMS hayz davriga bog'liq. Simptomlar kutilgan hayz boshlanishidan 5-10 kun oldin paydo bo'ladi (PMDB holatida – sikl o'rtasida) va hayz boshlanganidan keyin 4 kun ichida o’tib ketadi. Boshqa kasalliklar bilan bunday aloqadorlik payqalmaydi. Simptomatik jihatdan yordam berilishi mumkin:
  • sog'lom ko’lamda sport bilan shug’ullanish; bu davrda aerobik mashqlar (tez yurish, velosipedda uchish, suzish) eng yaxshisidir;
  • yetarlicha ovqatlanish, lekin kichik porsiyalarda;
  • yomon odatlardan voz kechish;
  • shakar, tuz, yog'li ovqatlar, qahvani kamroq iste'mol qilish;
  • ko'proq meva va sabzavotlar iste'mol qilish va umumiy ovqatlanish xilma-xilligi;
  • ko'proq suv ichish;
  • sifatli uyqu.
PMDB haqida gap ketganda, shifokorga uchragan ma’qul. U ma'lum bir guruhning gormonal kontratseptivlarini yoki antidepressantlarini buyurishi mumkin – bu depressiyani davolash yoki kontrasepsiyani ta'minlash uchun emas, balki PMS alomatlarini yengillashtirish uchun amalga oshiriladi. Lekin, individual yon ta'sirlar paydo bo’lishi mumkinligi sababli, hech qanday holatda ham ulardan shifokor retseptisiz foydalanish mumkin emas. Shifokorlar, shuningdek, ba'zida diuretiklarni – shishish va bo’rtish uchun hamda steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilarni – qorin bo'shlig'i spazmasi uchun buyuradilar.

Xulosalar

PMS hayz ko'rishning darakchisi bo'lib, undan hech kim xursand bo’lmaydi. Garchi bu tibbiy buzilish emas, balki norma bo'lsa-da, bu holat o’zini his qilishdagi noxush o'zgarishlarni keltirib chiqaradi va noqulaylik tug'diradi. PMSning belgilari qanday? Ular jismoniy va hissiy belgilarga bo'linadi. Jismoniy belgilarga bosh og'rig'i, ich qotishi, husnbuzarlar kirishi mumkin. Hissiylariga – ruhiy tushkunlik holati, diqqatni jamlashda qiyinchilik va boshqalar kiradi. Qiyinchilik bilan o’tuvchi PMS holati PMDB deb ataladi. Uning ham yengil, ham og'ir shakllarida ayolga yordam berish mumkin: birinchi holda, bu hayot tarzini o'zgartirishni, ikkinchidan, medikamentoz qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi.

EmptyView