Hurmatli https://www.kotex.uz/ sayti foydalanuvchisi!

https://www.kotex.uz/ saytidan (bundan keyin - Sayt) foydalanishdan oldin Foydalanish shartlari bilan tanishib chiqing.

Saytdan va unda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Shartlarning qo‘llanishiga roziligini bildiradi va quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi:

1. Egalik huquqi va tayinlangan maqsadi.

  • 1.1. Sayt Kimberly-Klark kompaniyasiga (bundan keyin - "Kompaniya") tegishli, saytga u xizmat ko‘rsatadi va qo‘llab-quvvatlaydi;
  • 1.2. Ushbu Shartlarning butun matni bo‘yicha Sayt bilan har qanday tarzda o‘zaro aloqada bo‘ladigan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs Foydalanuvchi deb tan olinadi;
  • 1.3. Sayt Kompaniya tomonidan ma’lumotlar, o‘quv va/yoki texnik materiallar chop etilishi va taqdim etilishi uchun yaratilgan. Shuningdek, Saytdagi ma’lumotlar ko‘ngilochar va kommunikatsiya maqsadlarida taqdim etiladi. Saytga va uning barcha tarkibiy qismlari, shu jumladan, cheklovlarsiz, matn, rasmlar va audio fayllarigas bo‘lgan mualliflik huquqi Kompaniyaga tegishli.

2. Foydalanish cheklovlari.

  • 2.1. Sayt shaxsiy notijorat maqsadlarida foydalanish uchun taqdim etilgan;
  • 2.2. Kompaniyaning vakolatli shaxsi va/yoki organining to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yozma ruxsatisiz Sayt yoki uning tarkibiy qismlaridan nusxa ko‘chirish, ularni asliday aks ettirish, qayta chop etish, chop etish, tarqatish, uzatish yoki boshqa biron-bir tarzda o‘zgartirish taqiqlanadi.

3. Tovar belgilarining belgilanishlari.

  • 3.1. Barcha tovarlar, xizmatlar va aksiyalarning nomlari, shuningdek logotiplar va tovar belgilari Kompaniyaning mulki hisoblanadi (bundan keyin - Sayt materiallari deb yuritiladi);
  • 3.2. Foydalanuvchi Kompaniyaning vakolatli shaxsi va/yoki organining to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yozma ruxsatisiz qandaydir bir maqsadda Sayt materiallaridan foydalana olmaydi.

4. Taqdim etilgan g‘oyalar.

  • 4.1. Kompaniya o‘z siyosatlariga muvofiq Foydalanuvchidan sharhlar, g‘oyalar, maslahatlar, tavsiyalar va o‘zga ma’lumotlar olish imkoniyatlarini hurmat qiladi va qadrlaydi. Biroq Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan Saytda taqdim etilgan tovarlar va/yoki xizmatlarni ishlab chiqish, loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq so‘ralmagan sharhlar, g‘oyalar, maslahatlar, tavsiyalar va shu kabi boshqa turdagi ma’lumotlar taqdim etilishini nafaqat so‘ramaydi, balki ularning taqdim etilishini istamaydi ham;
  • 4.2. Ushbu siyosatga amal qilgan holda Kompaniya ishlab chiquvchisi va/yoki ishlab chiqaruvchisi va/yoki tarqatuvchisi bo‘lib hisoblanadigan mahsulotlar, g‘oyalar, rejalar va boshqa turdagi tovarlar va/yoki xizmatlar to‘g‘risida sharhlar, g‘oyalar, maslahatlar, tavsiyalar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etadigan jamoatchilik va/yoki jamiyatlar va/yoki tashkilotlarning vakillari bilan kelgusida nizolar va/yoki tushunmovchiliklarning yuzaga kelmasligiga umid qiladi;
  • 4.3. Saytda taqdim etilgan ma’lumotlarning har qanday qismi, moddasi va/yoki boshqa tarkibiy qismi Kompaniya tomonidan mehnat shartnomasi, uning bir qismi va/yoki mavjud mehnat shartnomasiga qo‘shimcha sifatida ko‘zda tutilmasligi kerak, ko‘zda tutilishi mumkin emas va ko‘zda tutilmaydi;
  • 4.4. Saytda qilingan bayonotlar, ishontirishlar va e’lonlar Kompaniyaning majburiyatlari bo‘lib hisoblanmaydi. Kompaniya ishchilar bilan munosabatlarni faqat mehnat shartnomalarini tuzish va bajarish orqali amalga oshiradi va tartibga soladi.

5. Yozishmalarning oshkor etilishi va ulardan foydalanish.

  • 5.1. Foydalanuvchi tomonidan Kompaniyaga yuborilgan elektron xatlar, shuningdek, Saytda taqdim etilgan har qanday bildirish va/yoki boshqa ma’lumotlar maxfiy ma’lumot bo‘lib hisoblanmaydi;
  • 5.2. Kompaniya va Foydalanuvchi o‘rtasidagi elektron xabarlarning butun tarixi va mazmuni Kompaniyang mulki bo‘lib hisoblanadi.
  • 5.3. Axborot materiallari jumlasiga Sayt orqali yoki Kompaniya manziliga elektron pochta orqali yuboriladigan izohlar, g‘oyalar, maslahatlar, tavsiyalar va boshqa ma’lumotlar kiradi va ular bilangina cheklanmaydi, ular Kompaniyaning mutlaq mulki bo‘lib hisoblanadi va Kompaniya tomonidan muallifga haq to‘lamasdan, har qanday maqsadlarda foydalanilishi mumkin.

6. Yurisdiksiya.

  • 6.1. Saytda aytib o‘tilgan va/yoki aytib o‘tiladigan mahsulotlar Kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan davlatda sotiladi va Foydalanuvchi joylashgan mamlakatda mavjud bo‘lmasligi mumkin;
  • 6.2. Sayt Kompaniyaning xodimlari tomonidan va vositalari bilan nazorat qilinadi va unga ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladi;
  • 6.3. Kompaniya Saytdagi materiallarning, shu jumladan va cheklashlarsiz Saytda mahsulotni reklama qiladigan axborot va boshqa materiallarning boshqa mamlakatlarda foydalanish uchun yaroqliligi yoki mavjud bo‘lishi to‘g‘risida hech qanday kafolatlar bermaydi va/yoki tasdiqlamaydi;
  • 6.4. Bundan tashqari ushbu saytda ma’lum dasturiy ta’minotdan foydalanish, eksportni nazorat qilish yoki Kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatda tasdiqlangan boshqa nazorat qoidalari bilan tartibga solinishi mumkin;
  • 6.5. Ushbu Shartlarning 6.4-qism-bandida ko‘rsatilgan dasturiy ta’minot yuklab olingan va/yoki foydalanilgan holda Foydalanuvchi shunday mamlakatda emasligi va/yoki shunday mamlakatning qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan shaxs emasligi, shuningdek, Saytda taqdim etilgan axborot turlaridan foydalanish va/yoki egalik qilish taqiqlangan va/yoki foydalanishga boshqacha cheklov o‘rnatilgan yurisdiksiyada emasligini ma’lum qiladi va kafolatlaydi.

7. Kafolatlar va tasdiqlashlarni taqdim etishdan bosh tortish.

  • 7.1. Kompaniya Sayt materiallarining aniqligi, ishonchliligi va to‘liq ekanligi borasida kafolatlar bermaydi;
  • 7.2. Kompaniya, qonun tomonidan ruxsat berilgan darajada, tovar ko‘rinishi va maqsadli foydalanilishi uchun yaroqliligiga doir barcha aniq va ko‘zda tutilgan kafolatlar va tasdiqlar, shu jumladan va cheklovlarsiz ko‘zda tutiladigan kafolatlar va tasdiqlarni rad etadi;
  • 7.3. Bundan tashqari Kompaniya Sayt yoki Saytga xizmat ko‘rsatadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan, shuningdek, axborot taqdim etilishiga yordam beradigan server(lar)da kompyuter viruslari va shunga o‘xshash raqamli dasturlar yo‘q ekanligiga kafolat bermaydi.

8. Javobgarlikning cheklanganligi.

  • 8.1. Kompaniya har qanday zarar, shu jumladan, lekin cheklovlarsiz ishning alohida holatlari bilan aniqlangan haqiqiy ziyonlar va Foydalanuvchi tomonidan Saytga kirish va/yoki undan foydalanish natijasida, shuningdek, Saytga kirish va/yoki undan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, unga va/yoki Sayt materiallariga ishonganlik tufayli kelib chiqadigan kelgusidagi zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi;
  • 8.2. Kompaniya Sayt va Sayt materiallarini yangilash, hozirgi kunga moslashtirish va/yoki boshqa tarzda o‘zgartirish majburiyatini olmaydi.
  • 8.3. Kompaniya sayt va/yoki Sayt axborotining kelgusida yangilanishlari bo‘lmasligi uchun javobgar bo‘lmaydi;
  • 8.4. Kompaniya Foydalanuvchi Saytdagi havolalar orqali o‘tgan bo‘lish ehtimoli bor boshqa veb-saytlardan foydalangani uchun javobgar bo‘lmaydi. Saytda ko‘rsatilgan boshqa veb-saytlarga va boshqa manbalarga havolalar Internet tarmog‘ida erkin kirish uchun taqdim etiladi va ularning Saytga qo‘shilishi va/yoki ularning Sayt materiallariga kiritilishi Kompaniya tomonidan ulardan foydalanish tavsiya etilishini yoki Kompaniya ular bilan bog‘liqligini bildirmaydi.

9. Internet-translyatsiyalar.

  • 9.1. Taqdim etilgan internet-translyatsiyalar Saytda investorlar va boshqa manfaatdor taraflar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ochiq bo‘lishi mumkin;
  • 9.2. Internet-translyatsiyalardagi axborot ular chiqqan sana e’tibori bilan taqdim etilgan, Kompaniya o‘z navbatida ushbu axborotning yangilanishi va/yoki hozirgi kunga moslashtirilishi bilan bog‘liq har qanday majburiyatlarni rad etadi.

10. Chetdan olingan moliyaviy ma’lumotlar.

  • 10.1 Kompaniya Foydalanuvchilarga ushbu Shartlarning 9-bandida ko‘zda tutilgan ma’lumotlarni faqat foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun taqdim etdi va uning yangilanishi va/yoki hozirgi kunga moslashtirilishi (yoki bularning yo‘qligi) uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

11. Bolalar va muomalaga layoqatsiz shaxslar.

  • 11.1 Agar Foydalanuvchi 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs bo‘lsa yoxud u yoki bu sababga ko‘ra muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, Saytga uning nomi, pochta yoki elektron manzilini yoki boshqa axborotni taqdim etish 18 yoshga to‘lmagan shaxsning ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan, yoxud muomalaga layoqatsiz shaxs vasiysining roziligi bilan amalga oshirilishi kerak.

12. Boshqa qoidalar.

  • 12.1 Kompaniya o‘z xohishiga ko‘ra boshqa har qanday shaxslarni ogohlantirmasdan quyidagilarga haqli:
    • 12.1.1 Ushbu Shartlarni o‘zgartirish;
    • 12.1.2 Saytning har qanday materiallarini kuzatish, o‘zgartirish va yo‘q qilish;
    • 12.1.3 Saytni yopish (yo‘q qilish) va/yoki arxivlash va/yoki Internet tarmog‘i orqali umumiy erkin kirishni boshqa usulda bekor qilish;
    • 12.1.4 Agar Sharlarning istalgan bir sharti yoki qoidasi noqonuniy, haqiqiy emas, yuridik kuchga ega emas va/yoki istalgan bir sababga ko‘ra bajarib bo‘lmaydi, deb topilsa, bu ushbu Shartlarning boshqa qoidalarining haqiqiyligiga va amalga oshirish imkoniyatiga ta’sir qilmaydi va ularni hech qanday tarzda cheklamaydi;
    • 12.1.5 Ushbu Shartlar, Foydalanuvchi va Kompaniya o‘rtasidagi ushbu Shartlarning mavzusiga taalluqli - Sayt va/yoki Sayt materiallari bilan bog‘liq Kompaniyaning barcha kelishuvlarini to‘liq o‘z ichiga oladi;
    • 12.1.6 Sayt bilan har qanday maqsadda o‘zaro aloqaga kirishar ekan, Foydalanuvchi ushbu shartlarning qoidalariga rozi bo‘ladi;
    • 12.1.7 Agar Foydalanuvchi ushbu Shartlarga to‘liq rozi bo‘lmasa, u holda Foydalanuvchi Saytdan har qanday maqsadda foydalanish huquqiga ega emas.