Salomat boʻling

Bu yerda siz barcha savollaringizga javob topasiz

Salomat boʻling

Menstruatsiya davrida men qusaman. Bu meʼyoriy holatmi?
Ayrim qizlar koʻngil aynishini his qiladi. Siz hayzlarning birinchi kuni ovqat yemasangiz ham qoʻrqinchli emas. Shunchaki yetarli miqdorda suyuqlik, jumladan shoʻrva va qaynoq shokolad iching.

Mening siklim oyning 5-chidan 8-chi sanasigacha oʻtadi, shunda koʻkragimdan sariq suvga oʻxshash ajralmalar chiqadi, va koʻkragim ogʻriydi. Bundan xavotirlanmasam boʻladimi?
Keling, aniqlab chiqamiz. Sikl menstruatsiyaning birinchi kunidan keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblanadi- kunlarning oʻrtacha soni odatda 28 kunni tashkil qiladi (baʼzida sikllar qisqaroq, baʼzida esa uzunroq boʻladi). Biz sizning yoshingizni bilmaymiz va nima bilan kasal boʻlganingizni yoki kasal ekanligingizni bilmaymiz, lekin koʻkrak ogʻrimasligi kerak va hech qanday ajralmalar boʻlmasligi kerak. Shuning uchun bu yerda xavotirlanish kerak. ILOJI BORICHA TEZROQ shifokorga/poliklinikaga boring.

Menda yoqimsiz hidli ajralmalar mavjud. Bu nima boʻlishi mumkin?
Yoqimsiz hidli ajralmalar- bu infeksiyaning alomati, shuning uchun siz tezroq shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Hamma vaginal infeksiyalar ham jinsiy yoʻllar orqali yuqavermaydi, masalan, bakterial vaginit. Lekin, agar ayol kishi jinsiy aloqada boʻlib, keyin yoqimsiz hidli ajralmalarni sezgan boʻlsa, bu jinsiy yoʻl orqali yuqadigan infeksiya boʻlishi mumkin. Siz davolanishni qanchalik tezroq boshlasangiz, shunchalik yaxshi boʻladi!

Menda yoqimsiz hidli va qandaydir boshqa rangdagi ajralmalar mavjud. Bu nimadan boʻlishi mumkin?
Yoqimsiz hidli, qichishtiruvchi, bezovtalovchi ajralmalar va qin va jinsiy lablarning qizarishiga olib keluvchi ajralmalar infeksion ajralmalar boʻladi. Ajralmalarning rangi sariq, yashil yoki oq boʻlishi mumkin, ular shuningdek, koʻpiksimon boʻlib, yoqimsiz hidli boʻlishi mumkin. Mazkur holatda yordam uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Agar siz jinsiy hayot kechirayotgan boʻlsangiz, sizning hamrohingiz ham siz bilan birga davolanishi kerak. Agar infeksiya davolanmasa, asoratlari paydo boʻlishi mumkin.

Har doim hayzlardan keyin menda toshma paydo boʻladi, u qizdirib, qichishtiradi. Bu nimadan boʻlishi mumkin?
Bizning tushunishimizcha, toshma jinsiy lablar yoki jinsiy aʼzolarda paydo boʻladi. Qizdiradigan va qichishtiradigan har qanday toshma (siklning har qanday bosqichida) bu shifokorga murojaat qilishning sababi. Bu molochnitsa ham, jinsiy aʼzolarning infeksiyasi ham boʻlishi mumkin. Uning tabiatini aniqlab, davolash uchun keyingi safar shunday toshma paydo boʻlganida shifokoringizga murojaat qiling. Ushbu masalani qanchalik keyinga sursangiz, asoratlarning paydo boʻlish ehtimoli shunchalik oshib boradi. Ehtimol, sizga bir kurs antibiotiklarni ichishning oʻzi yetarli boʻlar.

Hayz paytida sport bilan shugʻullanish mumkinmi?
Albatta, menstruatsiya paytida siz sport bilan shugʻullanishingiz mumkin. Tamponlar bilan buni qilish osonroq va oddiyroq.

Hayzlar paytida sut mahsulotlarini va tuxumlarni isteʼmol qilish mumkinmi? Ha, hayzlar paytida har qanday sogʻlom ovqatni isteʼmol qilish mumkin?
Homiladorlik paytida hayzlar kelishi mumkinmi? Menstruatsiya va homiladorlik paytida qon ketishi oʻrtasida farq bor. Ayrim ayollarda homiladorlik paytida biroz qon ketishi sodir boʻladi, u "implantatsion qon ketishi" deb ataladi. Odatda, bu oʻzi bilan katta muammoni ifoda etmaydi. Lekin, agar homiladorlik paytida ayol kishida qon ketishi sodir boʻlsa, bu tezda shifokorga murojaat qilishning sababi boʻladi. Agar homiladorlik paytida sizda qon ketishi sodir boʻlsa, bu qandaydir muammo bor degani.