Menstruatsiya paytidagi ogʻriqlar

Bu yerda siz barcha savollaringizga javob topasiz

Menstruatsiya paytidagi ogʻriqlar

Menstruatsiya paytida ogʻriqlardan qanday xalos boʻlish mumkin?
Menstruatsiya ogʻriqlari biron bir katta narsaga aylanmasidan ulardan xalos boʻlgan yaxshiroq. Har kuni ertalab 1 choy qoshiqdan qaynoq suvda eritilgan shinni (patoka) qabul qiling (organizmingizga zarur minerallarni olish uchun). Siz shuningdek, menstruatsiya boshlanishidan bir kun avval aspirin qabul qilishingiz mumkin. Ogʻriqni kamaytirish uchun issiqdan foydalaning, masalan, grelka, qaynoq vanna yoki dush. Sizga ogʻriq qoldiruvchi vositalarni maslahat berishi uchun farmatsevtga murojaat qilish mumkin.

Hayzlar paytida mening qornim juda qattiq ogʻriydi, bu nimadan boʻlishi mumkin?Sizning qorningiz ogʻriydimi, yoki bachadon joylashgan joymi?
Ayrim ayollarda menstruatsiya boshlanishidan bir kun oldin "oshqozon buzilishi" boʻladi, menstruatsiya kuni esa ayrim ayollar koʻngil aynishidan aziyat chekadi. Tosdagi ogʻriq esa odatda bachadon qisqarishida sodir boʻladi, lekin bu shuningdek, siydik chiqarish yoʻllari infeksiyasi yoki boshqa tos infeksiyalari sababli ham boʻlishi mumkin. Agar shu bilan birga haroratingiz ham oshsa, bu aniq infeksiyaning belgisi, va uning tabiatini oʻrganish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Agar issiqlik qoʻlanilganda (issiq vanna, dush va qaynoq suvli butilka) ogʻriq oʻtib ketsa, ehtimol bu yaqinda oʻtib ketadigan "menstrual ogʻriq". Farmatsevtingizdan sizga ushbu qiyin kunlarni oʻtkazishda yordam beradigan ogʻriq qoldiruvchi vositani maslahat berishini soʻrang!

Bevosita menstruatsiyadan oldin menda har doim menstrual ogʻriqlar boʻladi, xavotirlanish kerakmi?
Qon ketishidan oldin menstrual ogʻriqlar organizmning deyarli meʼyoriy reaksiyasi, va bunga xavotirlanishingizning keragi yoʻq- shunchaki uni yengishga oʻrganing. Mushtingizga teng keladigan bachadonni tasavvur qiling- endi "toʻlgʻoqlarni" imitatsiya qilish uchun qoʻlni mushtlang, chunki bu menstruatsiya oldidan bachadon bajaradigan narsa- u endometriy deb nomlanuvchi ichki qobiqni parchalab, uni menstruatsiya paytida ajralib chiqadigan qon va toʻqimalardan iborat boʻlgan suyuqlikka aylantirish uchun siqiladi (yoki qisqaradi).

Menstruatsiya davrida ogʻriqlar nimadan paydo boʻladi?
Menstruatsiya davrida ogʻriqlar odatda bachadon "qisqarishi" sababli sodir boʻladi. Bachadon- bu mushtingizga teng keladigan ichi boʻsh mushakli organizm, u siz homilador boʻlmaganligingiz uchun bachadonni tark etishi kerak boʻlgan endometriy deb ataluvchi ichki qobiqni parchalashi uchun "qisqarishi" kerak boʻladi. Prostaglandin deb ataluvchi gormon bachadon qisqarishiga yordam beradi, lekin, agar ayolning organizmida ushbu gormon juda koʻp boʻlsa, qisqarishlar haqiqatan ham kuchli va ogʻriqli boʻlishi mumkin. Prostaglandin darajasini hayzlardan bir kun oldin aspirinni qabul qilib nazorat qilish mumkin.

Menstruatsiya davridagi ogʻriqlar mening homilador boʻlish imkoniyatlarimga taʼsir qiladimi? Yoʻq, menstruatsiya davridagi ogʻriqlar sizning homilador boʻlish imkoniyatlaringizga taʼsir qilmaydi.

Menstruatsiyadan bir kun oldin har doim mening belim ogʻriydi. Bu nimadan boʻlishi mumkin?
Menstruatsiyadan oldin beldagi ogʻriq gavdani yaxshi tutmaslikdan boʻlishi mumkin. Ayrim holatlarda bu narsa bachadonning joylashishi sababli sodir boʻladi, u oldinga emas, orqaga engashganda. Eng yoqimsiz sabab esa- bu endometrioz.