Menstruatsiya davridagi muammolar

Bu yerda siz barcha savollaringizga javob topasiz

Menstruatsiya davridagi muammolar

Agar menda hayz kelmasa, bu homilador ekanligimni bildiradimi?
Agar qiz bolaning jinsiy munosabatlari boʻlsa va kerakli vaqtda uning menstruatsiyasi boʻlmasa, uning birinchi oʻylaydigan narsasi bu homiladorlik ekanligi. Har bir dorixonada homiladorlikni aniqlash uchun testlar sotiladi, shuning uchun kallangizga homilador ekanligingiz haqidagi fikr kelishi bilan testni oʻtkazing. Agar qiz bolada jinsiy munosabatlar boʻlmasa va menstruatsiya 2 oy davomida boshlanmasa, unda umuman boshqa sabablar boʻladi. 1. Stress. Balki siz imtihonlarni topshirayotgandirsiz yoki boshqa sabablarga koʻra stressga tushgandirsiz? 2. Balki siz sport musobaqalariga tayyorlanib charchab qolayotgandirsiz? Ayollarda koʻpincha sport musobaqalari yoki tadbirlari tugamaguncha menstruatsiya boshlanmaydi. Bu meʼyoriy holat 3. Siz parhezda koʻp oʻtirib, vazn yoʻqotmoqdasizmi? Bu ham menstruatsiya yoʻqligining sababi boʻlishi mumkin 4. Siz kasalmisiz yoki yaqinda kasal boʻldingizmi? Bu ham menstruatsiyani biroz vaqtga kechiktirishi mumkin.

Menstruatsiya 3 haftadan ortiq davom etsa, bu meʼyoriy holatmi?
Yoʻq. Bu menstruatsiyadan ortiq davom etadigan qon ketish. Agar keyingi safar sizda xuddi oʻsha muammo paydo boʻlsa, klinikaga yoki oʻzingizning shifokoringizga murojaat qiling.