Mening siklim

Bu yerda siz barcha savollaringizga javob topasiz

Menstruatsiya

Menstruatsiya paytida men qancha qon yoʻqotaman? Menstruatsiya paytida ayol kishi oʻrtacha 3-5 osh qoshiq qon va toʻqimalarni yoʻqotadi. Meʼyorda hajmi 75 ml dan (chashkaning toʻrtdan bir qismi) 125 ml gacha (chashkaning yarmi) boʻladi.

Nima uchun menstruatsiya har oyning bir xil kunida boshlanmaydi?
Bundan xavotirlanmasam boʻladimi? Yoʻq, xavotirlanishga hojat yoʻq! Agar menstruatsiya har oyning bir xil kuniga boshlanmasa buning qoʻrqinchli joyi yoʻq- shuning uchun xavotirlanmang va tashvishlanmang. Bu menstruatsiya sikl boʻyicha kelishi sababli boʻladi- sikl taqvim oylari boʻyicha emas, menstruatsiyaning birinchi kunidan boshlab keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblanadi. Sikl odatda 28 kuni tashkil qiladi, lekin uning davomiyligiga gormonlar, emotsiyalar, parhez, sogʻliq va turmush tarzi taʼsir qilishi sababli, sikl qisqaroq (21 kun) yoki uzoqroq (90 kungacha) boʻlishi mumkin. Bu menstruatsiya siz kutganingizdan ertaroq yoki kechroq boshlanishi mumkinligini bildiradi.

Menda menstruatsiya oyda ikki marta boʻladi, bu meʼyoriy holatmi?
Agar menstruatsiya oyning boshida oʻtib ketib, ikkinchisi esa oyning oxirida boʻlsa- bu siklingizni qisqaligini bildiradi. Sikl menstruatsiyaning birinchi kunidan keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblanadi. Sikllaringiz "joyiga tushishi" uchun vaqt talab qilinishi mumkin, bu demakki, sizda menstruatsiya boshlanganidan keyin dastlabki bir nechta yillar mobaynida ayrim sikllaringiz qisqaroq (ehtimol, 21 kun), ayrimlari esa uzunroq boʻlishi mumkin. Siklning davomiyligi qachon ovulyatsiya boʻlishingizga yoki tuxum hujayrangiz qachon yetilishiga bogʻliq. Agar siz siklning boshida ovulyatsiya boʻlsangiz, unda menstruatsiya ertaroq keladi. Agar kechroq ovulyatsiya boʻlsangiz, menstruatsiya kechroq keladi. Bu deyarli meʼyoriy holat va xavotirga oʻrin yoʻq!

Hayz paytida jinsiy aloqa qilish mumkinmi?
Agar turmush qurgan ayollar menstruatsiya paytida jinsiy aloqa qilsalar, unda bu ularning shaxsiy tanlovi. Ayrim ayollarga qon ketishi paytida jinsiy aloqa qilish qulay boʻlsa ham, turmush qurgan ayol mazkur davrda jinsiy aloqaga rozi boʻlishi kerak degan maʼnoni anglatmaydi. Hamma erlarga ham xotinida menstruatsiya boʻlganida jinsiy aloqa qilish yoqavermaydi. "Tasodifiy" jinsiy aloqalari boʻladigan yoki bir nechta jinsiy hamrohlari boʻlgan yosh ayollar menstruatsiya paytidagi jinsiy aloqa xavfli chora ekanligini va unga yoʻl qoʻymaslik kerakligini bilishlari kerak, va mana nima sababdan: 1. Homilador boʻlib qolish mumkin (agar ayol kishining sikli qisqa boʻlsa). 2 Qindan qon ketishi tufayli jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan infeksiya yuqtirib olish xavfi oshadi. 3. Menstruatsiya paytida bachadon boʻyni (bachadon ogʻzi) ochiq, demak, ushbu davrda barcha- bakterial, zamburugʻli yoki virusli infeksiyalar uchun bachadon, trubalar, tos va qorin boʻshligʻining eshigi ochiq boʻladi. 4. Jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan infeksiyalar koʻp hollarda BIR UMRGA qoladigan venerik kasalliklarga aylanishi mumkin! 5. Odam papillomasi virusi (OPV) kabi ayrim viruslar ayol kishida bachadon boʻyni saratonining rivojlanish xavfini oshiradi, xlamidioz kabi boshqalari esa bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Prokladka/tamponni qanchalik tez-tez almashtirish lozim?
Prokladkalar/tamponlarni har 3-4 soatda almashtirish kerak, lekin buni tez-tezroq qilishga toʻgʻri kelishi ham mumkin (ayniqsa menstruatsiyaning birinchi va ikkinchi kunlari).

Nima uchun qizlarda menstruatsiya boʻladi?
Qizlarda/ayollarda menstruatsiya ular OʻZGAChA ekanligi uchun sodir boʻladi! Qizlarning bachadoni bor, erkaklarda esa yoʻq! Bizda erkaklarda boʻlgan hamma narsa bor, lekin bizda yana bitta qoʻshimcha aʼzo bor (oʻlchami musht bilan teng), u bola koʻtarishga moʻljallangan va u 9 oy mobaynida bolaning oʻsishiga qarab choʻzilib boradi! Ajoyib! Tabiat shunday yaratdiki, qiz bolada menstruatsiya boshlanganida bu tuxum hujayrasi va bachadon homiladorlikka tayyorlanayotganini bildiradi! Juda yosh va hali onalikka tayyor boʻlmagan qizlar oʻrtacha har 28 kunda "qon ketishlar" yoki, aytaylik, bachadon "tozalanishlari" bilan yashashga oʻrganishlari kerak. Buni shunday qabul qiling: menstruatsiya- bu ayolligingizning bayrami- qon ketish sizga tanangiz ishlashi kerak boʻlganday ishlayotganligini bildiradi.

Menda menstruatsiyalar oʻrtasida bir oy oʻtib ketadi. Bu meʼyoriy holatmi?Nima uchun bunday boʻladi?
Ehtimol, sizning siklingiz uzunroq- siklni menstruatsiyaning birinchi kunidan boshlab keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblaymiz. Sizning siklingiz uzunroq boʻlsa buning hech qanday qoʻrqinchli joyi yoʻq. Ayrim holatlarda hayotingizdagi maʼlum hodisalar "ovulyatsiyani" yoki tuxum hujayrasini yetilishini kechiktirishi mumkin. Agar bu narsa sodir boʻlsa, menstruatsiya kechroq boshlanadi. Agar ayol kishi jinsiy hayot kechirmasa, menstruatsiya kechroq boshlanganda xavotirlanishga hojat yoʻq. Ovulyatsiya kechikishining sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin: 1. Stress 2. Juda katta jismoniy yuklama 3. Parhezlar (anoreksiya) 4. Ruhiy kechinmalar.

Hayzlar paytida suzish mumkinmi?
Albatta, menstruatsiya paytida suzishingiz mumkin! Shunchaki prokladkani emas, tamponni qoʻying!

Agar tampon qoʻysam qizligimni yoʻqotishim mumkinmi?
Jinsiy aloqa- bu qizlikni yoʻqotish mumkin boʻlgan yagona narsa. Menstruatsiya paytida sizning himoya vositalarini tanlashingiz ushbu omilga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, shuning uchun tamponlardan jinsiy hayot kechirishni boshlaguningizcha qoʻrqmay foydalanishingiz mumkin.

Menda hayzlar boʻlganida oʻgʻil bolalarning oldida turishim mumkinmi?
Ha, sizda hayzlar boʻlganida siz oʻgʻil bolalarning oldida turishingiz mumkin. Oʻzingiz bu haqda aytmaguningizcha oʻgʻil bolalar bu haqda bilishmaydi.

Menstruatsiya necha yoshdan boshlanadi?
Menstruatsiya 8 yoshdan 18 yoshgacha har qanday vaqtda boshlanishi mumkin! Barchasi turmush tarziga va genetik nasliylikka bogʻliq. Sport bilan shugʻullanadigan, boʻyi balandroq va ozgʻin qizlarda koʻpincha jinsiy yetilish kechroq sodir boʻladi, va menstruatsiya ham kattaroq yoshda boshlanadi. Agar qiz bolaning koʻkragi kichikroq yoshda oʻsishni boshlasa, tegishli ravishda, menstruatsiya ham ertaroq boshlanadi. Qiziqarli dalil- ertaroq yoshda menstruatsiyasi boshlanadigan qizlarda, odatda, u ular 50 yoshdan oshganida toʻxtaydi. Menstruatsiyasi kechroq boshlanadigan qizlarda u ertaroq, 40 yoshdan sal oʻtib tugaydi!

Menda birinchi bor menstruatsiya boshlanganda nima qilishim kerak?
Prokladkani trusiklaringizning chetiga yopishtirib qoʻying. Prokladkani kamida har 4 soatda almashtiring. Ishlatilgan prokladkani tualet qogʻoziga yoki paketga oʻrang. Hech narsa boʻlmaganday ishlaringiz bilan shugʻullanishda davom eting!

Mening singlim 21 yoshda. Bu oyda unda hayz faqat bir kun boʻldi. Bu meʼyoriy holatmi? Nima uchun bunday boʻlishi mumkin? U xavotirlanmasa boʻladimi?
Assalomu alaykum. Agar singlingiz bilan avvallari bunday narsa boʻlmagan boʻlsa, va ushbu bir kunlik menstruatsiyadan ikki hafta oldin unda jinsiy munosabatlar boʻlgan boʻlsa, unda tushuntirishlardan biri uning homilador ekanligi boʻlishi mumkin. Urugʻlangan tuxum hujayrasi bachadonning shilliq qobigʻiga (menstruatsiya boʻladigan endometriy) kirganida, biroz qon ketishi mumkin. Ayol kishi menstruatsiya deb oʻylaydi, aslida esa u homilador boʻladi. Biz unga homiladorlik testini xarid qilishni maslahat berardik. Homiladorlikning boshqa belgilari shishgan koʻkrak, ertalabki koʻngil aynishi, nobarqaror ruhiy holat va yuqori ishtaha boʻlishi mumkin. Bunday qisqa menstruatsiyaning boshqa sabablari- bu konraseptiv inʼektsiyalar (ular biroz vaqtdan soʻng menstruatsiyani deyarli toʻxtatib qoʻyadi), homiladorlikka qarshi tabletkani qabul qilgandan keyin birinchi menstruatsiya yoki yangi homiladorlikka qarshi tizimlarni kiritilishi. Bunday holatda singlingiz bu masalani ginekolog bilan muhokama qilishi lozim, lekin biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, shifokor unga organizmingiz shunchaki kontraseptiv gormonlarga "oʻrganmoqda" deb aytadi. Javobimiz sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

Agar menda hayzlardan bir necha kun oldin himoyalanmagan jinsiy aloqa (toʻxtatib qolish usuli bilan) boʻlsa nima sodir boʻlishi mumkin?
Demak, jinsiy harakatni toʻxtatib qolish bilan jinsiy aloqa xavfsiz emas, chunki spermaning kichkina dumchalari mavjud, ular spermatozoidlarga suzishga yordam beradi. Biroq, siz toʻgʻri himoya borasida oʻylab qoʻysangiz, menstruatsiya boshlanishidan oldin har qanday jinsiy aloqa "xavfsizroq" boʻladi. VA YoDINGIZDA BOʻLSIN, himoyalanmagan jinsiy aloqa shunisi bilan xavfliki, siz jinsiy yoʻl bilan yuqadigan 35 turdagi infeksiyalar uchun ochiq boʻlib qolasiz. Shuning uchun bu unchalik yaxshi gʻoya emas!

Hayzlardan oldin har doim koʻkraklarim ogʻriydi, nima uchun?
Bu koʻkrakning "siklik" oʻzgarishlari deb ataladi, ular ayol kishida hayzlar boshlanganida boshlanadi va menopauzagacha har siklda davom etadi. Koʻkrakdagi oʻzgarishlar gormonlar darajasi yuqori boʻlganda- siklning oʻrtasida boshlanadi. Keyin bevosita menstruatsiyadan oldin, gormonlar darajasi past boʻlganligi sababli menstruatsiya boshlanadi. Shu tufayli sizga koʻkrak ogʻirroq boʻlgandek tuyuladi va unga teginish noqulaylikni olib keladi. Bu davrda yaxshi ushlab turadigan, qulay byustgalterni taqqan yaxshiroq.

Nima uchun menstruatsiya moʻl boʻladi?
Ayrim ayollarda moʻl menstruatsiyaning sababi genetika boʻlishi mumkin. Boshqa soʻz bilan aytganda, ehtimol, onasida ham moʻl menstruatsiya boʻlgandir. Ayrim ayollarda moʻl menstruatsiya estrogen nomli gormonni saqlash uchun yogʻ toʻqimalarining miqdori koʻpligidan boʻlishi mumkin. Estrogen- bu bachadon shilliq qobigʻiga oʻsishga yordam beradigan gormon. Estrogen qanchalik koʻp boʻlsa, shilliq qobiq shunchalik katta, menstruatsiya ham shunchalik moʻl. Kechikkandan keyin ham menstruatsiya moʻl boʻlishi mumkin.

Ayol kishida hayzlarning muddatidan ilgari kelishi nimani anglatadi?
Assalomu alaykum. Agar hayzlar ertaroq kelgan boʻlsa, buning qoʻrqinchli joyi yoʻq. Demak sizda qisqa sikl boʻlgan. Sikl menstruatsiyaning birinchi kunidan keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblanadi- kunlarning oʻrtacha soni odatda 28 kunni tashkil qiladi (baʼzida sikllar qisqaroq, baʼzida esa uzunroq boʻladi). Mazkur holatda xavotirlanishingizga oʻrin yoʻq!