Toksik shok sindromi nima degani?

Toksik shok sindromi nima degani?

Toksik shok sindromini oltinsimon stafilokokk deb nomlanuvchi bakteriyalar chaqiradi, va u erkaklarda ham, ayollarda ham namoyon boʻlishi mumkin.

TShS NIMADAN KELIB CHIQADI?
Oltinsimon stafilokokk- eng keng tarqalgan bakteriyalardan biri. Tamponlar endi paydo boʻlgan payti ulardan foydalanishda TShSning rivojlanish xavfi oshadi deb hisoblangan. Ayollarni tamponlardan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish ushbu xavfni ancha pasaytirdi.

SIMPTOMLARI
Simptomlari juda tez paydo boʻlishi mumkin va ogʻir gripp simptomlariga oʻxshash. Ehtimolli simptomlari:

  • Toʻsatdan bosh ogʻrigʻi
  • Ayrim mushakli ogʻriqlar
  • 39°C yoki undan yuqori
    boʻlgan toʻsatdan yuqori harorat
  • Bezgak va sovuq ter
  • Qusish yoki diareya, yoki ikkalasi ham
  • Bosh aylanishi va hushdan ketish
  • Holsizlik yoki vaqtga va atrofga nisbatan dezoriyentatsiya
  • Quyoshdan kuyishda boʻladigan kabi toshma

Yodda tuting, TShS hammada turlicha namoyish boʻladi, va hammadan ham yuqorida sanab oʻtilgan simptomlar boʻlavermaydi. Agar siz tamponlardan foydalanishda yuqorida sanab oʻtilgan simptomlar paydo boʻlganini sezsangiz, zudlik bilan shifokoringizga/poliklinikaga/shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling.

Agar sizda oldin TShS namoyon boʻlgan boʻlsa, tamponlardan foydalanish tavsiya etilmaydi, agar siz ulardan qisqa muddatga, masalan, suzish paytida foydalanmasangiz.

QANDAY QILIB TShSni BARTARAF ETISH MUMKIN?
Toksik shok sindromining rivojlanish xavfini pasaytiruvchi bir nechta usullar:

  • Tamponni kiritishdan oldin va keyin har doim qoʻllaringizni yuving.
  • Ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tamponga tegmasdan uni oʻramini yeching.
  • Oʻramni ochish uchun tamponni aylantiring.
  • Oʻramni pastdan yechib, tamponni yumaloq uchini yuqoriga qaratib ushlang.
  • Ipni toʻgʻrilang.
  • Keyin tamponni pastki qismidagi ipidan ushlang (muz sumalagi kabi) va yumaloq uchidagi oʻramni yeching.
  • Agar siz tamponga tegmagan boʻlsangiz, uni joylashtirish mumkin.
  • Boshqa tamponni joylashtirishdan oldin har doim ishlatilganini chiqarib tashlang.
  • Menstruatsiyaning oxirgi kunlari
  • yaxshisi tampolardan foydalanmang,
    chunki bu kunlarda qin quruq boʻladi- va siz
    tampon qoʻyganingizni esdan chiqarib qoʻyishingiz mumkin.
  • Tamponni har 4 soatda yoki, agar sizda ajralmalar moʻl boʻlsa, undan tezroq almashtirish lozim.
  • Tamponning shimuvchi xususiyatini oʻzingizga moslab tanlang, masalan, ularni tez-tez almashtirmaslik uchun super-tamponlardan foydalanmang.
  • Tunda tamponlarni qoʻymang. Birinchidan, ularni har 4 soatda almashtirish kerak, ikkinchidan esa, siz yotganingizda tegishli gravitatsiyaning yoʻqligi sababli qon tamponga shimilmaydi, chunki bu narsa kun boʻyi yurgan holatda sodir boʻladi.
  • Tamponni kuch bilan joylashtirmang. Agar sizga noqulay boʻlsa, yaxshisi prokladkalardan foydalaning.

Tamponlardan faqat menstruatsiya paytida foydalaning. Boshqa har qanday holatlarda ulardan foydalanmang.

Oldingi maqola