Public hair - yes or no?

Qovdagi tuklar- olish kerakmi yoki yoʻqmi?

Har qanday ayol har doim va har joyda, hattoki eng intim joylarda ham chiroyli boʻlgisi keladi.

Qov tuklari shunchaki oʻsmaydi, va hammada ular har xil. Qov tuklari qoʻshimcha namlikni (terlash tufayli ajratib chiqariladigan) tortib oladi va ostidagi aʼzolarni himoya qiladi. Ayrim qizlarda ular koʻp oʻsadi, ayrimlarida esa oz, ayrim hollarda oʻsimlik oʻta qalin boʻladi! Xavotir olmang, bu meʼyoriy holat, va uyalishga hojat yoʻq!

Bu tuklarni nima qilish kerakligini- har bir kishi oʻzi hal qilishi kerak. Ayrim qizlar tabiiy boʻlib qolishni istab ularni qoldiradi, ayrimlariga ega bu yoqmaydi va ularni olib tashlaydi.

QOV TUKLARINI QANDAY OLISH KERAK?
Qov tuklarini olish- deyarli murakkab vazifa. Tuklar yana oʻsishni boshlaganda juda noqulay hislar paydo boʻladi. Bikini chizigʻi boʻylab tuklarni albatta kesish, qirish yoki mum bilan olib tashlash lozim, chunki bu zona baʼzida koʻrinib turadi.

Ustarada olishda:

  • Silliq yuzani taʼminlash uchun ustarangiz toza va yetarlicha oʻtkir ekanligiga ishonch hosil qiling, lekin kesib olmaslik uchun ehtiyot boʻling.
    tuklarni yumshatish va silliq olinishi uchun moylovchi teksturani yaratish uchun tozalash sohasiga koʻpikni surting

  • Ustarani biroz vaqt mobaynida oqayotgan qaynoq suv ostida ushlab turib, uni isiting 

  • Ustaradan kuyishni va teriga tuk oʻsib kirishini bartaraf etish uchun tuklarni oʻsishi boʻylab qiring

Agar qirish sizga toʻgʻri kelmasa, tuklarni yoʻqotish boʻyicha sizga mos keladigan boshqa arzon variantlari ham mavjud:

  • Tuklarni yoʻqotish uchun losyonlarni retseptsiz xarid qilish mumkin, va odatda, ular qirishga qaraganda tuklarni uzoqroq muddatga yoʻqotadi. Izoh: qov sohasidagi teri juda sezgir, shuning uchun vositani oyogʻingizda sinab koʻring, va agar qichishish boʻlmasa, unda vositani qov tuklariga surtishingiz mumkin.

  • Mumli epilyatsiya ham tuklarni uzoq muddatga yoʻqotishning yaxshi vositasi hisoblanadi. Mazkur muolaja professionallar tomonidan maʼlum spa-salonlar yoki goʻzallik salonlarida oʻtkaziladi. Shuni nazarda tutingki, bu deyarli ogʻriqli muolaja!

Siz uchun qaysi usul qulayroq ekanligi aniqlang va, harakat qiling!

INTIM SOHASIDA SKRABLASH
Qinni yopib turuvchi jinsiy lablarning terisi juda sezgir, shuning uchun uni faqat yumshoq sovun va suv bilan yuvish lozim- qoʻshimcha tozalash va skrablash odatda talab etilmaydi. 

Bikini sohasidagi tuklarni yoʻqotadigan koʻpchilik ayollar tuklarni ogʻriqli oʻsib kirishini bartaraf etish uchun teri boʻylab skrab yuritishni afzal koʻradi. Mazkur maqsad uchun vanna yoki dush qabul qilishda biz mochalka yoki gubkadan foydalanishni tavsiya qilamiz, ularning yordamida qin sohasiga tegmasdan, bikini chizigʻidagi terini sekin artish zarur.

Oldingi maqola Keyingi maqola