Pap-surtma

Pap-surtma
Jinsiy hayot bilan yashayotgan ayol yiliga ikki marta oʻzining oilaviy shifokorida, oʻzining poliklinikasida yoki oʻzining ginekologida pap-surtma topshirishi kerak. Jinsiy hayot bilan yashamaydigan ayol pap-surtma topshirishi shart emas. Pap-surtma- biroz hayajonli muolaja, biroq bu bachadoningizning boʻynida- jinsiy aloqadan ham, infeksiyalardan ham, kontraseptivlardan foydalangandan ham shikastlanishlar yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun juda yaxshi usul. Muolajaga atigi bir necha daqiqa ketadi, va u hayotingizni saqlab qolishi mumkin!

PAP-SURTMA OʻZI NIMA?
Papanikolau surtmasi yoki pap-surtma (Papanikolau testining qisqachasi) boʻyicha bachadon boʻynidan (bachadon ogʻzidan) olingan hujayralar mikroskop ostida tekshiriladi. Bu hujayralar qin orqali kiritiladigan maxsus choʻtka yordamida bachadon boʻynidan qirib olinadi. Anomal hujayralar saratonli (xatarli) boʻlishi mumkin, shuning uchun, agar siz jinsiy hayot kechirayotgan boʻlsangiz ushbu tahlilni muntazam topshirib turish muhim hisoblanadi.

UMUMIY MUOLAJA
Papanikolau testi bachadon boʻyni saratonini erta ogohlantiruvchi belgilarini tekshiradi. Bir vaqtning oʻzida qin shilimshigʻining jinsiy yoʻl bilan yuqadigan boshqa infeksiyalarga testlari oʻtkaziladi. Shuningdek, ushbu tashrif chogʻida shifokor odatda salomatligingizning umumiy holatini tekshiradi va turmush tarzingiz borasida savollar beradi.

PAP-TEST QANDAY OʻTKAZILADI?
Pap-test paytida sizga biroz yoqimsiz boʻlishi mumkin, lekin ogʻrimaydi. Shifokor bachadon boʻynini koʻrishi uchun oyna deb nomlanadigan instrument qinga kirgiziladi.

Keyin kichkina choʻtka yordamida bachadon yuzasidan hujayralar yigʻiladi, bu hujayralar shishali predmetli oynaga joylashtiriladi va laboratoriyaga yuboriladi. Bir yoki ikki haftadan keyin siz natijalarni shifokoringizdan/poliklinikangizdan bilib olishingiz mumkin.

Ushbu maqsadda shifokorga borganingizda siz shuningdek, oʻzingizni tinchlantirish uchun quyidagi muolajalardan oʻtishingiz mumkin:

  • Boshqa JYYuQlarga qon tahlili
  • Koʻkrak bezini oʻsimtalar mavjudligiga nisbatan tekshirish

BU MUOLAJANI KIM OʻTKAZADI?
Barcha ginekologlar va aksariyat umumiy amaliyot shifokorlari (UASh), hamda koʻpgina poliklinikalar pap-testni oʻtkazishi mumkin. Koʻpchilik ayollar tahlillarni ayol shifokorga topshirishni afzal koʻradi, bu beadablik emas!

PAP-TESTNI QACHON TOPSHIRISH KERAK?
Agar siz jinsiy hayot kechirayotgan boʻlsangiz, har doim prezervativdan foydalanishni talab qiling. Birinchi pap-testni siz jinsiy hayot kechirishni boshlaganingizdan bir yil oʻtib topshirishingiz kerak, lekin, agar sizda JYYuQ simptomlari boʻlsa, unda testni ertaroq topshirishingiz kerak. Jinsiy aloqa paytida vaginal ajratmalar, yaralar va ogʻriq hislari simptomlari boʻlishi mumkin. Ayrim JYYuQ, masalan OIV, faqat grippga oʻxshash simptomlar bilan namoyon boʻladi!

NIMA UCHUN PAP-TEST TOPSHIRISH MUHIM?
Bachadon boʻyni saratoni Janubiy Afrika ayollari orasida eng koʻp tarqalgan saraton turlarining oʻntaligiga kiradi. Lekin, saratonning ushbu turini davolash mumkinligi quvontiradi. Uni erta bosqichda aniqlash muhim, shuning uchun organizmingizning salomatligini nazorat qilib turish uchun muntazam ravishda koʻriklardan oʻtib turing.

Oldingi maqola Keyingi maqola