Muvozanatlashtirilgan oziqlanish

Muvozanatlashtirilgan oziqlanish

Agar siz sogʻlom boʻlishni, semirmaslikni va organizmingiz soat kabi ishlashini istasangiz ovqatda koʻproq yangi uzilgan meva va savzavotlarni, oqsillar va sut mahsulotlarini isteʼmol qiling. Agar siz sogʻlom va tinch boʻlsangiz, ovulyatsiya muntazam sodir boʻladi va, albatta, menstruatsiya ham muntazam boʻladi.

ORGANIZMINGIZGA OʻZIGA KERAKLI BOʻLGAN NARSANI BERING
Sogʻlom ovqatni yeng- faqat menstruatsiya paytida emas:

  • Pechda pishirilgan yoki qovurilgan baliq,
    tovuq koʻkragi va goʻsht- oqsilga boy ozuqa
  • Yangi uzilgan meva va sabzavotlar-
    vitamin va minerallar manbai
  • Qoʻngʻir guruch, arpa, makkajoʻxori,
    javdar noni yoki suli kabi butun donli mahsulotlar-
    bu kletchatka va murakkab uglevodlar
  • Kalsiyga boy mahsulotlar, masalan, sut mahsulotlari va yashil bargli sabzavotlar.
  • Bosh ogʻrigʻi, tirishishlar, charchoqlik hissi va depressiyada ozuqa qoʻshimchalari yordam berishi mumkin- lekin ularni faqat menstruatsiya paytida qabul qilish kerak. Kalsiyning ortiqchasi organizm uchun xavfli.
  • Goʻsht, ismaloq, bargli koʻkat, tofu
    va nonushta uchun temir bilan boyitilgan
    parchalar kabi temirga boy mahsulotlar.
  • Biroz miqdorda yogʻ boʻlgan murakkab uglevodlar, masalan, yeryongʻoq yogʻi bilan donli non

Temir va aminokislotalar isteʼmolini oshirish uchun multivitaminli qoʻshimchalarni qabul qilish mumkin. Hammasini koʻp miqdordagi suv bilan ichishni unutmang. Tanangiz sizdan rozi boʻladi!

ISHTAHANI NIMA QILISh MUMKIN?
Hammasiga gormonlar aybdor! Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, menstruatsiyadan oldin ishtahangizning "feʼl-atvori" oʻzgarar ekan. Bu progesteron va serotonin darajasini toʻsatdan tushishi bilan bogʻliq. Taxminan shu vaqtda metabolizmingiz ham biroz tezroq ishlashni boshlaydi, shuning uchun siz ochlikni tezroq his qilasiz, va sizda nimalargadir maʼlum istaklar paydo boʻladi.

Endi qahvaga nisbatan istaklaringiz haqida gaplashib olaydik. Kofeinning koʻp miqdori koʻkrakda ogʻriq hissini, menstruatsiyada ogʻriqlarni uygʻotadi, uyqu rejimini buzadi va sizni serzarda/va bexavotir qilib qoʻyadi. Shuning uchun, agar menstruatsiya paytida siz yuqorida sanab oʻtilgan belgilarni sezsangiz, ushbu davrda qahva, koka-kola va shokoladni isteʼmol qilmaslikka urinib koʻring. Boshqa tomondan, lahzani tuting!

Ushbu davrda oʻzingizga "aybga qoʻl urishga" ruxsat bering. Nimadir shirin yoki, aksincha, shoʻr narsani istaysizmi? Oʻzingizni mehmon qiling! Lekin oshirib yubormang. Barchasini meʼyori boʻlishi kerak.

Oldingi maqola Keyingi maqola