Menopauza nima degani?

Menopauza nima degani?
Sizda endi menstruatsiya boʻlmaydi, va bunday oʻzgarishlarga suyunish kerakdek. Siz ushbu hodisani nishonlashga tayyor edingiz, lekin afsuski, nimadir sizni xavotirga solmoqda. Ushbu davrda koʻpchilik ayollar aralash tuygʻularni his qiladi, shuning uchun tayyor boʻlib turing va mazkur masala boʻyicha axborotni oldindan yaxshilab oʻrganib chiqing. Boʻlajak hodisaga oldindan tayyorlanib, siz yangi hayotga boʻlgan ushbu sayohatni yengilroq kechirasiz...

MENOPAUZA QACHON BOSHLANADI?
Menopauza taxminan 45-55 yoshda boshlanadi. Ovulyatsiya toʻxtaydi, gormonlar darajasi oʻzgaradi, organizm qayta sozlanadi, kayfiyat oʻzgaradi va shuningdek, sizning ayol va ona sifatidagi rolingiz ham oʻzgaradi... Lekin bu nihoya emas! Ayrim ayollar menstruatsiya bilan xursandchilik bilan xayrlashadi va homilador boʻlish haqida qaygʻurmay qoʻyadi, ayrimlari esa fertillik va yoshlik yoʻqolishiga koʻz yosh toʻkadi. Menopauza davrida ayollar ham glamurli va jozibador boʻlishi mumkin!

MENOPAUZA PAYTIDA JISMONIY OʻZGARISHLAR
Bu davr shunchaki "Oʻzgarishlar davri" deyilmaydi! Premenopauza paytida tanangiz asta-sekin yetilishdan va tuxum hujayralarini chiqarishdan toʻxtaydi, bu demakki, menstruatsiya muntazam boʻlmaydi. Qayta qurilish davri taxminan ikki yil davom etishi mumkin, lekin shuningdek, kutilmaganda sodir boʻlishi ham mumkin. Menopauza- bu menstruatsiyaning nihoyasi va u sodir boʻlganda homilador boʻlishning iloji yoʻq.

MENOPAUZANING SIMPTOMLARI
Premenopauza davrida gormonlar darajasi oʻzgarishi tufayli quyidagi simptomlar paydo boʻlishi mumkin:

  • Doimiy boʻlmagan yoki muntazam boʻlmagan menstruatsiya, u odatdagidan koʻra yengilroq yoki ogʻirroq kechishi mumkin
  • Quyilishlar
  • Kayfiyatning oʻzgarishlari
  • Qinning ogʻrishi va qurishi


Bu simptomlarni menopauza boshlanganda boshlanishi mumkin boʻlgan kasalliklarning simptomlari bilan adashtirmaslik kerak!

Ayrim ayollarda menopauza oldinroq boshlanib va ularning sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Nasliy yoki tibbiy kasalliklari (masalan, uzoq
    vaqt dorilarni qabul qilish)
  • Onkologik kasalliklarni mavjudligida radiatsiya
    yoki kimyoviy terapiya vositalarining taʼsiri
  • Tuxumdonlarni jarrohliq yoʻli bilan olib tashlanishi
  • Qonni tuxumdonlarga quyilishini buzadigan
    har qanday boshqa jarrohlik

MENOPAUZADAN OLDIN VA MENOPAUZA DAVRIDA NIMA QILISH KERAK
Oʻzingizga hayotingizning ushbu bosqichini biroz yengillashtirish uchun quyida bajarilishi kerak boʻlgan bir qator choralar taqdim etilgan.

  • Menstruatsiyadagi oʻzgarishlarga
    tayyor turing:
    u tez tugashi yoki aksincha, oldingidan koʻra
    uzoqroq davom etishi, ogʻirroq yoki
    yengilroq oʻtishi mumkin 
  • Har doim qoʻl ostingizda bir nechta prokladka
    yoki tamponlar boʻlsin
  • Menstruatsiya kunlarini hisobini yuriting
  • Agar quyilishni sezsangiz, sovuq suv iching
  • Mayda narsalarga asabiylashmang!
  • Depressiya- bu menopauzaning sinonimi- bu
    boshqa muammoning simptomi
  • Agar uddalay olmayotgan boʻlsangiz, maslahat
    uchun shifokorga murojaat qiling- menopauzaning
    birinchi simptomlari paydo boʻlganida oʻrindosh gormonal
    terapiya (OʻGT) buyuriladi.

Tarkibida progesteron boʻlgan tabiiy kremlar kasallik simptomlarini yengillashtirishi mumkin.

SIMPTOMLARNI QANDAY QILIB YENGISH MUMKIN
Kun tartibingizga ayrim oʻzgartirishlarni kiritish simptomlaringizni yengillashtirishga yordam berishi mumkin:

  • Toʻgʻri ovqatlanish estrogenlar darajasi pasayganda yurak-qon tomir kasalliklar rivojlanishining oshib boradigan xavfini tushirishi mumkin. Sogʻlom, oqsil bilan boyitilgan taomlar, yangi uzilgan sabzavotlar, hamda har ovqatlanganda biroz miqdorda yangi uzilgan mevalarni isteʼmol qilish ratsioningizdagi asosiy komponent boʻlib qoladi.
  • Muntazam jismoniy mashqlar ortiqcha vazn bilan, yogʻ qatlamlari bilan kurashishga yordam beradi, uyquni yaxshilaydi, mushaklarni mustahkamlaydi va kayfiyatni koʻtaradi. Hech boʻlmaganda kuniga 30 daqiqa shugʻullaning.
  • Stressni tushirish texnikasi, masalan, meditatsiya, yoga yoki yangi xobbi sizga holi boʻlishga va ushbu yoqimsiz simptomlardan oʻtishga yordam beradi.
  • Uxlashdan oldin xonangizni shamollating yoki xonadagi havo haroratini ventilyator yoki konditsioner yordamida nazorat qiling. Quyilish boshlanganda siz ustingizdagi kiyimni yechib, sovushingiz uchun ustingizga bir nechta kiyim kiying. Kafe yoki restoranda oʻzingizga muzli choy yoki boshqa qaynoq emas, sovuq ichimlikni buyurishga harakat qiling.

Menopauza davri oʻtishi bilan simptomlari kamroq jadal boʻlishi, keyin esa bir necha yillar mobaynida umuman yoʻqolib ketishi kerak. Unda olgʻa- yangi choʻqqilar sari!

Oldingi maqola Keyingi maqola