Kontrasepsiya turlari

Kontrasepsiya turlari

Biz kontrasepsiya mavzusini unchalik muhokama qilgimiz kelmaydi, lekin bu biz u haqida hech nima bilishimiz shart emas va ushbu mavzuga umuman eʼtibor bermaslik kerak degani emas.

Jinsiy aloqa- bu muhim mashgʻulot, JUDA MUHIM MASHGʻULOT (shuning uchun bu bilan sizni majburlashganida emas, siz bunga tayyor boʻlganingizda shugʻullanish muhim). Siz oqibatlarga tayyor boʻlishingiz kerak, chunki jinsiy aloqa sizning tanangiz uchun deyarli katta emotsional va jismoniy oqibatlarni koʻrsatishi mumkin.
Kontrasepsiya masalasini erkaklarga ishongan vaqtimiz allaqachon oʻtib ketdi. Bu sizning tanangiz va barcha oqibatlarni oʻzingiz yengishingiz kerak, shuning uchun kontrasepsiyaning barcha ehtimolli usullarini bilish muhim.
Baxtingizga biz bormiz va biz mazkur masalada sizga oydinlik kiritishimiz mumkin.

PREZERVATIVLAR
rezinkalar, kondomlar, skafandrlar, gʻiloflar, qopqoqchalar. Odamlar ularga koʻpgina turli nomlarni, ishlab chiqaruvchilar esa- koʻpgina turlarini va oʻlchamlarini oʻylab topgan, lekin ularning barchasi bitta maqsadga moʻljallangan- homiladorlikni va ayrim JYYuQlarni bartaraf etadi.

Prezervativkontrasepsiyaning toʻsiqli usuli hisoblanadi va istalmagan homiladorlikni va jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan ayrim kasalliklarni bartaraf etish imkoniga ega kontratseptivning yagona turi hisoblanadi. Ular erkakning urugʻini (yaʼni spermani) qinga tushirmaslik uchun moʻljallangan. Yodda tuting, har doim jinsiy aloqa qilganingizda yangi prezervativdan foydalanish kerak (qadoqni tishlaringiz bilan ochmang!). Prezervativlar 100% samarali hisoblanmaydi, biroq ulardan foydalanishda jinsiy aloqa xavfsiz boʻladi, albatta, ular birin-ketin va toʻgʻri ishlatilayotganligi shartida. Prezervativ yoʻq = jinsiy aloqa ham yoʻq. Agar siz jinsiy hayot kechirayotgan boʻlsangiz, har doim zaxirada prezervativ boʻlsin.

Prezervativlar jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan BARChA kasalliklarni tarqalishini bartaraf etmaydi. Prezervativ faqat olatni qoplab turadi, JYYuQlarning koʻpgina qoʻzgʻatuvchilari esa olat atrofidagi terida boʻlishi mumkin. Papillomalar kabi koʻpgina JYYuQlar teginish orqali yuqadi!

HOMILADORLIKDAN SAQLOVCHI TABLETKALAR (yaʼni Tabletka)
Bu oral kontratseptivning shakli, uning tarkibida tuxumdonlar tomonidan tuxum hujayralarini ajratilishini bartaraf etuvchi progesteron va estrogen gormonlar mavjud. Ushbu turdagi kontratseptiv ham spermatozoidlar "suzmasligi" uchun bachadon boʻynidagi shilimshiq tiqinni qalinlashtiradi va endometriyni (siklingiz kunlari) ingichkalashtiradi, shuning uchun tuxum hujayrasi urugʻlansa ham, u bachadonga yopishib ololmaydi. T

Tabletkalar bosqichma-bosqich va toʻgʻri qabul qilinganida, ular har kuni bir vaqtda qabul qilinishi va oʻtkazib yuborilmasligi shartida, juda samarali vosita hisoblanadi. Agar siz kasal boʻlib qolib, shifokor sizga qandaydir dorilarni buyuradigan boʻlsa, uni oral kontratseptivlarni qabul qilayotganingiz borasida ogohlantiring.

Ehtiyot boʻling! Tabletkalar sizga shunchaki homilador boʻlmaslikka yordam beradi, lekin JYYuIlardan yoki OIV, xlamidioz, gonoreya yoki gerpes kabi JYYuQlardan himoya qilmaydi.

Lekin ularni qabul qilishdan bir nechta afzalliklar mavjud. Ushbu tabletka kontratseptiv kabi taʼsir qilishidan tashqari u quyidagi holatlarda yordam berishi mumkin:

  • Menstruatsiyani yengilroq
    qiladi (ajoyib!)
  • Menstruatsiyani kamroq ogʻriqli
    qiladi (ikki barobariga ajoyib!)
  • Menstruatsiyani yana ham
    muntazam qiladi (uch barobariga ajoyib!)






Lekin shuni tushunish lozimki, homiladorlikdan saqlovchi tabletkalarni (yoki inʼektsiyalarni) qabul qila turib siz organizmingizni maʼlum nojoʻya samaralarning paydo boʻlish xavfiga duchor qilasiz, shuning uchun, ushbu kontratseptiv muntazam koʻrikdan oʻtish sharti bilan shifokoringiz yoki klinika orqali buyurilishi muhim.

Paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar:

  • Vaznni ortishi
  • Kelajakda bepushtlikning yuqori xavfi
  • Saraton rivojlanishining yuqori xavfi

 


KONTRASEPSIYANING BOSHQA USULLARI
Tanlash imkoni borligi barcha ayollarga yoqadi Shuning uchunkontrasepsiyaning bir nechta boshqa turlarini koʻrib chiqishni taklif qilamiz:

Kontratseptiv implantant
Bu qoʻlingiz terisini ostiga kiritiladigan kichkina plastik boʻlagi. U tabletka kabi taʼsir qiladi va 3 yil ishlaydi.kontrasepsiyaning ushbu turi yaqinda Janubiy Afrikada taqdim etildi. Agarkontrasepsiyaning shu turini tanlamoqchi boʻlsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Diqqat: implantant 3 yil mobaynida organizmga doimiy tarzda gormonlarni tashlab beradi.

Gormonlarni doimiy oshib boradigan darajasi maʼlum turdagi saratonning rivojlanish xavfini, hamda yanada kattaroq yoshga yetganda bepushtlik xavfini oshirishi mumkin. 

Diafragma
Ayollar uchun lateksli "kapyushonni" eslatadi, u bachadon boʻynini qoplaydi. Ulardan faqat jinsiy aloqa payti foydalanish lozim, lekin ularni joylashtirish qiyin. Agar kontrasepsiyaning shu turini tanlamoqchi boʻlsangiz, shifokoringiz

Diqqat: ushbu variant oʻsmirlar uchun uncha yaxshi hisoblanmaydi, chunki ularda har doim ham diafragmani joylashtirish imkoni boʻlmaydi.

Kontrasepsiyaning abstinentli usuli
Huningdek, jinsiy aloqani toʻxtatish kabi ham tanish- bu sperma tushishini oldini olish uchun bevosita eyakulyatsiyadan oldin qindan olatni chiqarib olish amaliyoti. Bu juda xavfli, chunki oʻz-oʻzini nazorat qilishni va ushbu choralarni bajarib, pand bermasligi kerak boʻlgan hamrohiga nisbatan ishonchni talab qiladi. Ushbu usul jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklardan himoya qilmaydi.

Kalendar usuli
Ushbu usul eskirgan va endilikda qoʻllanilmaydi. U simptomli-termik usulga almashtirilgan, ushbu usul fertillik vaqtida jinsiy aloqa qilmaslik uchun, ayollarni oʻzidagi ushbu simptomlarni aniqlashga oʻrgatadi.

Qizlar, xavfsizlik birinchi oʻrinda! Bu sizning tanangiz va sizning hayotingiz. Jinsiy aloqa paytida kontratseptivlardan foydalanish- bu butun hayotimizni oʻzgartiradigan qaror. Siz jinsiy hayot kechirishni boshlashingiz bilanoq,kontrasepsiya hayotingizning bir qismi boʻlib qoladi. Bu masalani hamrohingiz bilan muhokama qiling.

Urugʻlanishga boʻlgan qobiliyatni aniqlash usullari
Ushbu usulni tanlashda siz bazal termometr sotib olishingiz kerak, chunki siz ertalab uygʻonishingiz bilan haroratingizni oʻlchab, uning jadvalini tuzishingiz, yoki oʻlchovni detallashtirish uchun ilovadan foydalanishingiz kerak. U oʻzida kalendar usulini, tananing bazal haroratini va bachadondan suyuqlik chiqarish usulini mujassam etadi. Ushba usuldan foydalanishda siz oʻz tanangizni, urugʻlanishga qachon koʻproq qodir ekanligingizni, keyin esa qaysi kunlarda jinsiy aloqa qilmasligingizni yoki ushbu kunlarda prezervativdan foydalanishingizni yaxshi bilishingiz kerak. Toni Veshler "Farzand kutilganmi?" nomli ajoyib kitobini yozgan, unda ukontrasepsiya toʻgʻrisidagi barcha savollarga ajoyib tarzda javob bergan.

Keyingi maqola