JYYuK - jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklar

JYYuK

Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar, venerik kasalliklarni chaqiradi- ularning koʻpi bir umrga qolib ketadi. 

Ular "jinsiy yoʻl bilan yuqadiganlar" deb ataladi, chunki ular odamdan odamga jinsiy aloqa paytida yuqadi. Ona oʻz farzandiga homiladorlik va tugʻruq paytida yuqtirishi mumkin.

Shuning uchun qizlar, aqlli boʻlinglar! Oʻzingizni JYYuKlardan himoya qilishning ENG YAXSHI usuli- hamrohingiz bilan munosabatlaringiz jiddiy ekanligiga ishonch hosil qilmaguningizcha, jinsiy aloqa qilmaslik. Agar jinsiy aloqa qiladigan boʻlsangiz ham, har bir jinsiy aloqa paytida yangi, sifatli prezervativdan foydalanishni talab qiling. Prezervativ yoʻq = jinsiy aloqa ham yoʻq. Oral jinsiy aloqada ham (jinsiy aʼzodan ogʻizga va ogʻizdan jinsiy aʼzoga) yuqtirib olish mumkin. Agar sizda himoyalanmagan jinsiy aloqa boʻlgan boʻlsa va siz oʻzingizda JYYuK simptomlarini kuzatsangiz, iloji boricha tezroq shifokorga yoki klinikaga murojaat qilishingiz juda muhim.

Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar- juda jiddiy kasalliklar! Ularning aksariyatini bugungi kunda davolab boʻlmaydi. Har bir JYYuK oʻzi bilan OIV yuqishi xavfini ifoda etadi. Kasallikning bitta turida simptomlari boʻlsa, boshqa kasalliklarda (masalan, xlamidiozda) ular boʻlmasligi mumkin. Bitta kasalliklarni davolash mumkin boʻlsa (masalan, gonoreya va sifilis), boshqa kasalliklar (masalan, gerpes) siz bilan bir umrga qoladi! Ayrim infeksiyalar asoratlarsiz oʻtishi mumkin, boshqalari esa reproduktiv tizimga toʻgʻrilab boʻlmaydigan ziyon yetkazishi mumkin va ayol kishi bola tugʻa olmaydi. Eng ogʻir kasallik- bu OIV. U hayot uchun xavfli. Ayrim kasalliklar ham, shuningdek tugʻilmagan bolalarda anomaliyalarni rivojlantirishi mumkin.

PASTDAGI SIZNI QIZIQTIRAYOTGAN BOʻLIMGA OʻTING:

  • OIV va OITS
  • GONOREYA
  • OʻTKIR UCHLI KONDILOMA (PAPILLOMALAR)
  • SIFILIS
  • GERPES
  • ODAM PAPILLOMASI VIRUS (OPV)
  • XLAMIDIOZ
  • TRIXOMONOZ
  • GEPATIT B
  • QOV BITLARI

 JINSIY YOʻL ORQALI YUQADIGAN KASALLIKLARNING SIMPTOMLARI

  • Birinchi yuqishida grippga oʻxshash simptomlari
  • Ajralmalar- yoki qindan, yoki jinsiy aʼzodan
  • Jinsiy aʼzolarning har qanday joyidagi yaralar
  • Jinsiy aʼzolardagi papillomalar
  • Jinsiy aʼzolardagi ogʻriqli yaralar va boʻjamalar
  • Chotdagi limfotugunlarni kattalashishi
  • Jinsiy aʼzolar sohasidagi qichishish
  • Ayrim JYYuKlarning hatto simptomlari ham yoʻq!

JYYuKLARNI DAVOLASH

  • Qon tahlili yoki ajralmalarning surtmasiga
    qarab infeksiyaning turini aniqlash mumkin, shundan keyin davolashning toʻgʻri turini tanlash mumkin.
  • Bakteriyalarni antibiotiklar yordamida davolash mumkin. Toʻliq davolash kursini oʻtish zarur. Afsuski, sifilis va gonoreya koʻpgina antibiotiklarga turgʻun boʻlib qoldi, va ularni davolash qiyinlashib bormoqda. Barcha jinsiy hamrohlar ham davolanishlari kerak boʻladi.
  • Izoh: viruslar davolanmaydi. Gerpesning papillomalarini va OPVlarni kuydirish mumkin, lekin ular qaytadi- ayniqsa odam boshqa infeksiya bilan kasallanganda.
  • Zamburugʻlar zamburugʻlarga qarshi surtmalar bilan davolanadi.
  • Qov bitlaridan ("krablardan") tuklarni yoʻqotib va maxsus sovun yordamida xalos boʻlish mumkin.
  • Agar hamrohlardan birida infeksiya aniqlansa, unda jinsiy hayotni toʻxtatib turish lozim.
  • Tugʻishdan oldin shifokorning birinchi qabulida homiladorlar odatda JYYuKlarga tekshiruvdan oʻtadi.
  • OPV (odam papillomasi virusi) kabi ayrim virusli infeksiyalarni yuqishini oldini olish uchun oldindan vaksinatsiya qilish mumkin, lekin vaksina toʻliq himoyani kafolatlamaydi, chunki u faqat virusning faqatgina 4 turiga taʼsir qiladi, biroq ushbu virusning 100 dan ortiq turlari mavjud!
  • Prezervativlar 100% himoya qilmaydi, chunki ular faqat olatni qoplaydi, koʻpgina infeksiyalar esa jinsiy aʼzolarning terisida boʻladi va jinsiy aloqa paytida teridan teriga oʻtadi (hech qanday ochiq jarohat boʻlmasa ham).

 

Jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklar- bu hazil kasalliklar emas, va koʻpchilik bu kasalliklardan uyalib, shifokorga bormaydi. Afsuski, bu faqat vaziyatni ogʻirlashtiradi! Bundan tashqari, davolashga hamrohingiz bilan birga borish juda muhim- aks holda bitta hamroh davolanib chiqqanidan keyin, ikkinchisi yana yuqtirishi mumkin... undan ham yomoni, yana boshqasi bilan jinsiy aloqaga kirishib, infeksiyani tobora tarqatishidir!

Agar ayol kishida infeksiya simptomlari paydo boʻlib, u davolanishga bormasa, u bepusht boʻlib qolishi xavfi mavjud, bu haqda u bola tugʻishni istagan paytida bilib qolishi mumkin. Bu niqohdagi koʻpgina baxtsizliklar va ruhiy kechinmalarning sababi boʻlib qolishi mumkin.  Yoshlarga jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar va ular keltirib chiqaradigan umrbod kasalliklar toʻgʻrisida haqiqatni aytish lozim.

OIV va OITS

OIV OʻZI NIMA?
Odam immun tanqisligi virusi (OIV)- bu organizmning immun tizimiga javob beruvchi leykotsitlarga hujum qilib, ularni oʻldiradigan virus. Bu narsa sodir boʻlganida, odatda organizmning immun tizimi qarshi kurashadigan infeksiyalar, sogʻligʻingizni oʻz nazoratiga oladi. Agar odamni davolamasa, u ogʻir kasal boʻlib va hattoki oʻlib qolishi ham mumkin.

OITS OʻZI NIMA?
OITS- orttirilgan immun tanqisligi sindromi, u oʻzi bilan immun tizimini shikastlaydigan yoki zaiflashtiradigan holatlar majmuini ifoda etadi. OITSning paydo boʻlish sabablari:

 

  • OIV
  • Ochlik (bu kambagʻallikdan, anoreksiyadan yoki uzoq muddatli kasallikdan boʻlishi mumkin)
  • Surunkali kasalliklar va surunkali kasalliklarni davolash uchun dori preparatlari
  • Saratonning ayrim turlari (masalan, leykemiya) va saratonni davolash uchun dori preparatlari
  • Autoimmun kasalliklar



  

   

OIVNI QANDAY YUQTIRISH MUMKIN?

OIV jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasallik sifatida tasniflanadi, u asosan odamdan odamga jinsiy aloqa paytida, seksual suyuqliklar (sperma va qin shilimshigʻi) almashinuvi sodir boʻlayotgan paytida yuqadi. Virus shuningdek, ochiq jarohatga tushganida ham tarqalishi mumkin. U shuningdek, bolaga tugʻruq paytida yoki homiladorlik paytida qon ketishi mavjudligida yuqishi mumkin. Agar emizikli ayol ARVlarni (antiretrovirusli preparatlarni) qabul qilmasa, u virusni sut orqali farzandiga yuqtirishi mumkin.

OIV yuqishini oldini olishning yagona usuli- bu hamrohingiz bilan munosabatlaringiz jiddiy ekanligiga ishonch hosil qilmaguningizcha va hamrohingiz bilan birga OIVga testdan oʻtmaguningizcha jinsiy aloqaga kirishmaslik.  Agar er-xotinlardan biri OIV-ijobiy boʻlsa, jinsiy aloqa paytida albatta prezervativlardan foydalanish kerak. Juftlik nikohdan oʻtib boʻlgan boʻlsa ham! Agar ikkala tarafda ham OIV boʻlsa, baribir prezervativlardan foydalanish kerak, chunki har bir jinsiy aloqa virus yuklamasini oshiradi. 

 OIV YUQISH XAVFIGA KIM KOʻPROQ DUCHOR BOʻLADI? 

 

  • Kontraseptivlardan foydalanayotgan ayollar OIV yuqishining yuqori xavfiga ega, chunki kontraseptivlar bachadon boʻyni (bachadon ogʻzi) hujayralarini oʻzgartiradi, shuning uchun OIV ularga oson hujum qiladi.
  • 25 yoshdan kichik ayollar ham OIV yuqishining yuqori xavfiga ega, chunki ularda bachadon boʻyni hali yosh va toʻliq rivojlanmagan.
  • Menstrual siklning fertil kunlari paytida ayollar OIV yuqishining koʻproq xavfiga duchor boʻladi, chunki bu vaqtda ularning bachadon boʻyni ochiq boʻladi.
  • Sunnat qilinmagan erkaklarda ham jinsiy aloqadan keyin yuqtirishning yuqori xavfi mavjud, chunki eng chetidagi terida virus qolishi mumkin, u jinsiy aloqadan keyin infeksiyani keyinchalik yuqish xavfini oshirib boradi.

 

SIMPTOMLARI
Virus yuqqanidan soʻng darhol bir necha kundan keyin odamda grippga oʻxshash simptomlar paydo boʻlishi mumkin. Shundan keyin koʻp yillar mobaynida, odam kasal boʻlmaguncha yoki ayol kishi homilador boʻlmaguncha simptomlar namoyon boʻlmasligi mumkin. Tashxis qon tahlili- jumladan OIV testi oʻtkazilgandan keyin qoʻyilishi mumkin.

Odam shifokorga murojaat qilishi mumkin boʻlgan ayrim simptomlari:

 

  • Bezgak (har doim isib yoki sovib ketish hissi)
  • Bosh ogʻriqlari
  • Mushaklardagi ogʻriqlar
  • Diareya
  • Shishib qolgan limfatik bezlar
  • Teri toshmasi

 

OIVni DAVOLOVCHI
Dorilar mavjud emas. Odamning immun tizimi (CD4 miqdori) juda past boʻlsa (350dan kam), qonda viruslar soni esa juda katta boʻlsa (virusli yuklama), ARV-preparatlari yoki virusga qarshi preparatlar buyuriladi. ARV-preparatlar OIVni davolamaydi- ular faqatgina virusni nazorat ostida ushlashga yordam beradi. Odam oʻzini yaxshi his qilsa ham- ularni butun umri davomida har kuni ketma-ket bir vaqtda qabul qilishi kerak.

Odam OIV-yuqtirgan boʻlsa ham, oʻzining salomatligi yaxshilab olishi mumkin:

 

  • Agar har kuni yangi uzilgan meva va sabzavotlar, oqsillar va murakkab uglevodlardan tarkib topgan sogʻlom ovqatni yesa
  • Agar vitaminli va mineral qoʻshimchalarni qabul qilsa
  • Agar faol turmush tarzini olib borsalar, sport, yurish, suzish, raqs yoki yoga bilan shugʻullansa
  • Agar ishda va uyda maqsadlarga ega boʻlsa
  • Agar xobbisi boʻlsa va yangi koʻnikmalarni oʻzlashtirsa
  • Agar shifokori bilan muntazam maslahatlashib borsa (masalan, chekishni tashlash borasida), muntazam ravishda qon tahlillarini topshirib, tekshiruvdan oʻtsa, hamda dorilarni har kuni jadval boʻyicha qabul qilsa
  • Agar jinsiy hamrohini hurmat qilib, virus yuqtirmaslik uchun barcha choralarni qoʻllasa
  • Agar ijobiy yashab va boshqalarga shuni bajarishga yordam berib, jamiyatga oʻrnak koʻrsatsa

 

Janubiy Afrikada va butun dunyoda OIV endi oʻlim hukmi hisoblanmaydi Shunchaki OIV boʻlgan odam yangi turmush tarziga oʻtadi. OIV-yuqtirgan odamlardan qochmaslik yoki ayblamaslik kerak- ularga yordam berib, kasalligini yengishga qiziqtirish kerak. Afsuski, OIVni nazorat qilish va davolash juda qimmatga tushadi, lekin kasallikni bartaraf etish mumkin. Oldini olish- bu OIVni davosi.

GONOREYA

GONOREYA OʻZI NIMA?
Gonoreya erkaklarda siydik yoʻllarini va ayollarda qinni shikastlovchi eng koʻp tarqalgan JYYuK hisoblanadi. U shuningdek, tananing boshqa qismlariga ham tarqalishi va tos aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklariga (TAK) va ayollarda bepushlikka olib kelishi mumkin. Ushbu kasallikda shuningdek, septik artritning rivojlanish xavfi oshishi mumkin.  Gonoreyada infeksion ajralmalar tomoq uchun (tomoqqa yuqishi oral jinsiy aloqada sodir boʻlishi mumkin) va toʻgʻri ichak uchun (toʻgʻri ichakka yuqishi anal jinsiy aloqada sodir boʻlishi mumkin), hamda tugʻruq paytida bolaning koʻzlari uchun juda xavfli. 

GONOREYA NIMADAN KELIB CHIQADI?
Gonoreya ajralmalar bilan birga chiqadi va jinsiy aloqalarning har qanday turida, jumladan, oral jinsiy aloqada tarqaladi. U shuningdek, tugʻruq paytida bolaga ham yuqishi mumkin.

SIMPTOMLARI

Gonoreyada jinsiy aʼzolardan yoqimsiz hidli ajralmalarni chiqishi kuzatiladi. Ajralmalarni koʻrganingizda yuqtirganligingizni darhol tushunib yetasiz.

 

  • Yoqimsiz hidli vaginal ajralmalar
    (yoki erkaklarda ""tomchilar" deb nomlanadi)
  • Qinning qichishishi yoki shishishi
  • Qorindagi ogʻriq
  • Jinsiy aloqa paytidagi ogʻriq
  • Siydik chiqarishda achishish hissi
  • Tomoqdagi ogʻriq





DAVOLASH

Gonoreya antibiotiklar bilan davolanadi. Davolashning toʻliq kursidan oʻtish muhim, va ikkala hamroh ham davolanishi kerak (va agar boshqa hamrohlar ham boʻlsa, ular ham davolanishi kerak). Agar sizda qandaydir simptomlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling va koʻrikdan oʻting. Yodingizda boʻlsin, eng yaxshi va eng oddiy profilaktika- siz ulgʻayib, jiddiy munosabatlar qurmaguningizcha, jinsiy aloqa qilishni kechiktirib turishdir. Biroq, agar siz jinsiy aloqaga kirishishga qaror qilgan boʻlsangiz, prezervativdan foydalanishni talab qiling. Prezervativ yoʻq = jinsiy aloqa ham yoʻq.

SIFILIS

SIFILIS OʻZI NIMA?
Sifilis- bu jinsiy yoʻl orqali yuqadigan va bakteriyalar sabab vujudga keladigan infeksiya. Sifilis yuqtirgan odamlarning jinsiy aʼzolarida ogʻriqsiz yaralar paydo boʻladi. Yaralar ogʻriqsiz boʻlganligi sabab ularni koʻrmasligi yoki ularga ahamiyat bermasligi mumkin. Keyinchalik yaralar yoʻqolib ketgandek tuyulishi mumkin, biroq, shu paytda sifilis organizmning oʻzida kuchayadi va qoʻllarning kaftida va oyoqlarning tovonida toshma sifatida namoyon boʻladi. Agar kasallik davolanmasa, u miyaga yetib borib, uni jiddiy jarohatlashi mumkin.

Shuning uchun kasallikni albatta davolash kerak, aks holda oqibatlari ayanchli boʻlishi mumkin.

SIFILIS NIMADAN KELIB CHIQADI? 
Sifilis erta bosqichida juda yuqimli, bu demakki, kasallangan odam bilan jinsiy aloqa qilganda yuqtirib olish mumkin. Prezervativlar 100%ga xavfsiz emas, chunki ular faqat olatni yopib turadi, yaralar esa olatning har qanday joyida boʻlishi mumkin. Infeksiya teridan teriga yuqadi. Yaralari yaqqol boʻlgan odamlar yoki sifilisdan davolanayotganlar javobgarlik haqida unutmasliklari kerak va shifokor yoki klinika infeksiya tuzalganligini tasdiqlamaguncha, jinsiy aloqadan voz kechishlari kerak.

SIMPTOMLARI
Ogʻriqsiz yaralardan boshqa simptomlari yoʻq- va aynan shuning uchun sifilis aniqlanmaydi va davolanmaydi, odamlar esa jinsiy hayot kechirishda va infeksiyani tarqatishda davom etaveradi! Odam sifilis yuqtirganligini qon tahlilidan aniqlash mumkin.

DAVOLASH
Infeksiya antibiotiklar bilan davolanadi, lekin oxirgi paytlarda bakteriyalar ularga turgʻun boʻlib qoldi. Bu demakki, ushbu kasallikni davolash uchun yana ham jiddiyroq nojoʻya samaralari boʻlgan yana ham kuchliroq antibiotiklardan foydalanish lozim. 

Davolashdan koʻra oldini olgan afzalroq! 

OʻTKIR UCHLI KONDILOMA (PAPILLOMALAR)

OʻTKIR UCHLI KONDILOMALAR OʻZI NIMA?
Oʻtkir uchli kondilomalar- bu teri soʻgali kabi narsa emas. Oʻtkir uchli kondilomalar jinsiy aloqada tarqaladigan virus- asosan OPV yoki odam papillomasi virusi sababli vujudga keladi. Ushbu kondilomalar ogʻriqsiz, lekin butun qin va toʻgʻri ichak boʻylab tarqalib ketishi mumkin.

Kondilomalarni masalan, lazer bilan yoʻqotish mumkin, lekin ular baribir yana paydo boʻlaveradi! Ushbu illat bir umrga qolib ketadi! Tanada hech qanday kondilomalar koʻrinmasa ham, odam baribir yuqumli hisoblanadi.

Bachadon boʻyniga tarqaladigan OPV ayollarda bachadon boʻyni saratoni rivojlanishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

OʻTKIR UCHLI KONDILOMALAR NIMADAN BOʻLADI?
Oʻtkir uchli kondilomalar shunchaki teginishdan yuqishi mumkin! Ular odamdan odamga jinsiy aloqa paytida, teri teriga teginganda yuqadi. Prezervativ faqat olatni yopadi- bu demakki, u 100%ga himoya qilmaydi. Yodingizda boʻlsin, kasallangan odamda har doim ham kondilomalar boʻlavermaydi. Koʻzga koʻringan kondilomalari boʻlmaganlar ham ushbu infeksiyani tarqatuvchilari boʻlishi mumkin. Shu kabi infeksiyani yuqtirgan odamda kondilomalar paydo boʻlishi shart emas, ular paydo boʻlib, keyin yoʻqolib ketishi mumkin. OPV- bu umrbodga. Siz jinsiy aloqaga kirishadigan har kim infeksiyani yuqtirishi mumkin.

Takroriy OPV infeksiyasining eng katta xavflaridan biri shundan iboratki, u onkologik shaklga oʻtishi mumkin, ayniqsa, bunga bachadon boʻyni (bachadon ogʻzi) moyil. Oʻsmir-qizlarda bachadon boʻyni yetilmagan, bu demakki, kattaroq yoshdagi ayollarga qaraganda ularda bachadon boʻyni saratoni bilan kasallanish xavfi anchagina yuqori.

SIMPTOMLARI 
Boshqa JYYuKlarga qaraganda, ushbu kasallikda koʻpincha simptomlar boʻlmaydi. Ayrim hollarda kondilomalar hattoki qinning ichida paydo boʻladi, shuning uchun ularni koʻrish deyarli qiyin. Ular shuningdek, jinsiy aʼzolarning tashqi tomonida teri qatlami rangidagi oʻsimtalar koʻrinishida paydo boʻlib, kuchli ogʻrishi, qichishishi yoki jinsiy aloqadan keyin (hattoki prezervativ bilan ham) qonashi mumkin.

DAVOLASH 
Kondilomalar paydo boʻlib, yoʻqolib qolishi mumkin, biroq, agar ular qaytadan paydo boʻlsa ahamiyatli oʻlchamlarga yetishi mumkin. Bachadon boʻyniga tarqalgan OPVni Pap-test yordamida aniqlash mumkin.

Barcha JYYuKlar darhol davolanishi kerak. 

GERPES

GERPES OʻZI NIMA?
Gerpes- oʻsmirlarda eng keng tarqalgan JYYuKlardan biri hisoblanadi! Bu juda yoqimsiz kasallik. Gerpes- bu virus, barcha viruslar kabi u yuqishi bilan odam organizmida qulay joylashib oladi. Katta boʻlmagan ogʻriqli paysalar hosil boʻladigan ikki turdagi gerpes mavjud: 

 

  • I turdagi oddiy gerpes virusi (OGV), u odatda ogʻiz atrofidagi gerpes sababli vujudga keladi (bu JYYuK emas)
  • II turdagi OGV, u jinsiy aʼzolarda juda ogʻriqli yaralarni/paysalarni/kondilomalarni hosil qiladi.

 

GERPES NIMADAN KELIB CHIQADI?
Gerpes oʻta yuqumli!

 

  • I turdagi OGV odatda oʻpishish orqali yuqadi
  • II turdagi OGV har qanday jinsiy aloqa orqali yuqadi

 

Agar odamda yoki uning jinsiy hamrohida tanada gerpes yaralari koʻzga koʻrinmasa, bu uning yuqumli emasligini anglatmaydi.

Prezervativlar yuqtirishni oldini olishga yordam berishi mumkin, biroq ular har doim ham samarali emas, chunki virus terining prezervativ bilan yopilmagan joyida boʻlishi mumkin. Jinsiy aloqaga kirishishdan oldin yetarlicha katta yosh boʻlib, buning uchun yetilish zarur. Agar hayotingizni bogʻlashga qaror qilgan hamrohingizda siz ham birinchisi boʻlsangiz, unda bir-biringizga jinsiy yoʻl orqali oʻtadigan infeksiya yuqtirishdan, yoki sizlarda infeksiya sababli qandaydir asoratlar paydo boʻlishidan qoʻrqmasligingiz mumkin.

SIMPTOMLARI

 

  • Yuqori tana harorati, bosh ogʻriqlari va shishgan bezlar bilan umumiy simptomlar
  • Jinsiy aʼzolarning har qanday joyidagi ogʻriqli yaralar
  • Ogʻriqli siydik chiqarish

DAVOLASH

Aslida gerpes davolanmaydi, faqat simptomlardan xalos boʻlish mumkin:

 

  • Yaralarga qarshi ogʻriq qoldiruvchi vositalar
  • Yaralarni makkajoʻxori kraxmali yordamida yoʻqotish va quritish mumkin
  • Keng ichki kiyim
  • Zoviraks preparati buyuriladi (juda qimmat). U infeksiyani nazorat qilishga yordam beradi, lekin davolamaydi.

 

Gerpes tashxisi paydo boʻlgan paysalarga qarab qoʻyiladi. Uni davolash juda muhim. Yaralar qurishi bilan ularni aniqlash qiyin boʻladi. Shuning uchun, agar qandaydir simptomlari paydo boʻlsa, darhol shifokorga  murojaat qiling.

ODAM PAPILLOMASI VIRUSI
-
bu haqda maʼlumot oʻtkir uchli kondilomalar boʻlimida keltirilgan

OPV OʻZI NIMA? 
OPV- bu virusning 100 toifasidan biri, u oʻtkir uchli kondilomalar paydo boʻlishini keltirib chiqaradi. Kuchayib boruvchi infeksiyalar ayollarda bachadon boʻyni saratoni rivojlanishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu virus ham ogʻiz boʻshligʻi va tomoq saratonini paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin, chunki virus oral aloqada ham yuqishi mumkin.

OPV NIMADAN KELIB CHIQADI?
Jinsiy aloqa qilish (jumladan, dumbalar, barmoqlar orasiga aloqa qilish, petting, oral va anal aloqa) turli xil virusli infeksiyalar yuqish imkonini oshiradi.

SIMPTOMLARI
Oʻtkir uchli kondilomalar- bu ushbu venerik kasallik namoyishining usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu virusda odatda boshqa simptomlar yoʻq.

DAVOLASH 
Organizmning immun tizimi "yuqori xavfdagi" OPVning maʼlum turlari bilan kurasha oladi, lekin virus organizmda "ushlanib qolsa", bu bachadon boʻyni hujayralarida oʻzgarishlarga, keyin esa bachadon boʻyni saratoniga ham olib kelishi mumkin.

Shifokor bilan OPVga qarshi vaksinatsiya qilish masalasini muhokama qilib koʻring.

XLAMIDIOZ

XLAMIDIOZ OʻZI NIMA?
Xlamidioz- bakteriyalar tufayli vujudga kelgan simptomsiz JYYuK, agar u davolanmasa, tos aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklariga (TAK) olib kelishi mumkin. TAKda tos aʼzolari shikastlanadi, bunda trubalar/uretra yoki erkaklarda urugʻ chiqarish yoʻllari toʻsilib, erkaklarda va ayollarda keyinchalik bepushtlikka olib kelishi mumkin. Homiladorlar bu kasallikni tugʻruq paytida bolasiga yuqtirishi mumkin, u esa oʻz navbatida chaqaloqlarda konʼyunktivitni (koʻz infeksiyasi) va/yoki pnevmoniyani paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

XLAMIDIOZ NIMADAN KELIB CHIQADI?
Xlamidioz kasallangan odam bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish orqali yuqadi (ham vaginal, ham oral aloqada). Odam kasal ekanligini bilmasligi ham mumkin, shuning uchun prezervativdan foydalanish siz uchun soʻzsiz bajariladigan qonundek boʻlib qolishi kerak.

SIMPTOMLARI
Aksariyat odamlar hech qanday simptomlarni umuman sezmaydi, lekin sizni quyidagi narsa xavotirga solishi kerak:

  • Qindan noodatiy ajralmalar va/yoki qon ketishi- ayniqsa jinsiy aloqadan keyin
  • Grippga oʻxshash simptomlar
  • Qorinning pastki sohasidagi ogʻriqlar
  • Ogʻriqli siydik chiqarish va har doim "kichik hojat"ga borish istagi

Sizda xlamidioz borligini bilishning eng yaxshi usuli- bu tahlillarni topshirish. Bu siydik tahlilini yoki shifokorda bachadon boʻyni surtmasini topshirish kabi sodda.

DAVOLASH
Xlamidioz antibiotiklar bilan davolanadi. Ikkala hamroh ham tekshirilib, davolash kursidan oʻtishi juda muhim. Davolashdan koʻra oldini olgan afzalroq! Jinsiy aloqaga kirishishdan oldin siz bunga tayyor ekanligingizga va maʼlum yoshga yetganligingizga ishonch hosil qiling.

TRIXOMONOZ

TRIXOMONOZ OʻZI NIMA?
Trixomonoz- bu qin, bachadon boʻyni, siydik chiqarish kanali va qovuqni shikastlaydigan infeksiya. Koʻpchilik odamlar trixomonoz nimaligini bilishmaydi, shuning uchun biz u haqida hikoya qilishga qaror qildik. Oʻqing va oʻzingizni ushbu JYYuKdan himoya qiling.

TRIXOMONOZ NIMADAN KELIB CHIQADI?
Kasallangan odam bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish orqali trixomonoz oson yuqadi. Takrorlanamiz, har qanday infeksiyadan oʻzingizni himoya qilishning eng yaxshi usuli bu vaqtidan ilgari jinsiy aloqaga kirishmaslik, lekin siz jinsiy aloqaga kirishib boʻlgan boʻlsangiz, HAR BIR jinsiy aloqada prezervativlardan foydalanish zarur.

Yodingizda boʻlsin, agar kimdir himoyalanmagan jinsiy aloqa bu odatiy narsa deb ishontirishga urinayotgan boʻlsa, ishonmang, chunki bunday emas!

SIMPTOMLARI

  • Yashil-sargʻish ajralmalar, ular koʻpiksimon va yoqimsiz hidli boʻlishi ham mumkin
  • Qichishish
  • Siydik chiqarishda achishish hissi

DAVOLASH
Trixomonoz antibiotiklar bilan davolanadi. Shifokor kichik tos aʼzolarini tekshirib, infeksiya mavjudligini aniqlash uchun vaginal ajralmalardan namuna oladi. Ikkala hamroh ham tekshirilib, davolash kursidan oʻtishi juda muhim.

GEPATIT B

GEPATIT B OʻZI NIMA?
Gepatit B- bu juda jiddiy va davolanmaydigan virus, u jigarni yalligʻlantiradi va ayniqsa gomoseksualistlar oʻrtasida keng tarqalgan. Agar jigar funksiyasi buzilsa, odam ogʻir va uzoq vaqt kasal boʻladi.

GEPATIT B NIMADAN KELIB CHIQADI?
Gepatit B organizmning quyidagilar kabi suyuqliklari orqali yuqadi:

  • Urugʻ
  • Vaginal suyuqlik
  • Soʻlak
  • Siydik
  • Koʻkrak suti
  • Qon
  • Iflos ignalar (narkomanlarda)
  • Tatu uchun sterillanmagan ignalar
  • Boshni qirtishlashda ishlatiladigan kir ustaralar

Aksariyat JYYuQlar kabi, ushbu kasallik shuningdek, himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali ham yuqishi mumkin. U shuningdek, bolaga homiladorlik paytida onaning qornida yoki chaqaloqqa tugʻruq paytida yuqishi mumkin.

SIMPTOMLARI
Koʻpincha simptomlari umuman boʻlmaydi, shuning uchun aksariyat odamlar kasallangan ekanligini ham bilishmaydi. Agar sizda quyida sanab oʻtilgan simptomlardan biri kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling va tahlillarni topshiring:

  • Charchoqlik
  • Qorindagi ogʻriq
  • Toʻq rangdagi siydik


DAVOLASH
Bu kasallikni qanday davolash kerakligi hozircha nomaʼlum, lekin gepatit Bga qarshi deyarli xavfsiz va samarali vaksina mavjud. Sizning organizmingiz ushbu virus bilan uzoq vaqt kurashib, infeksiyani nazorat qilishi mumkin, biroq uni oxirigacha davolashga bugungi kunda tibbiyotning kuchi yetmaydi.

Hamma bolalar bepul emlanadi. Jinsiy hayot kechirayotgan oʻsmirlar ham ushbu kasallikka qarshi vaksinani olishlari mumkin.

QOV BITLARI

QOV BITLARI OʻZI NIMA?
Qov bitlari- bu qovdagi tuklarda yashaydigan mayda hasharotlar. Ehtimol, siz ularni krablar deb atashini ham eshigandirsiz. Qov bitlari soch va tana bitlaridan farq qiladi. Bu mayda kutilmagan mehmonlar, ular siz yotogʻiga yotgan odamning oʻrin-koʻrpasidan sizga "yashash" uchun oʻtishi mumkin. Qizlar, aqlli boʻlinglar, oldini olish har qanday davolashdan afzal!

QOV BITLARI NIMADAN KELIB CHIQADI?
Qov bitlari tana bilan yaqin aloqa orqali oʻtishi mumkin va hattoki oʻrin-koʻrpa, sochiqlar yoki shunday bitlari boʻlgan odam ishlatgan boshqa narsalar orqali ham oʻtishi mumkin.

Afsuski, jinsiy aloqa paytida prezervativ sizni qov bitlaridan himoya qila olmaydi, lekin bu undan foydalanmaslikka sabab boʻlmaydi!

SIMPTOMLARI
Ularni koʻrish uchun sizga, ehtimol, mikroskop kerak boʻlardir, lekin ularni sezishingiz aniq. Tana yuzasidagi bitlarni dagʻal tuk qoplamalarida, masalan oyoqlar va qoʻltiqlar ostida kurish mumkin. Qov bitlari faqat qov tuklarida uchraydi. Hasharotlar teridan qon soʻradi va tuklarga tuxum qoʻyadi. Tuxumlar ochilganda, bitlar hasharotning hayotiy tsiklini davom ettiradi. Bitlar soʻrish uchun teshgan joylar qichishishni boshlaydi, va ularda yaralar paydo boʻlishi mumkin.

Bitlarni chaqishga allergik reaktsiya sababli butun qov sohasida kuchli qichishish rivojlanishi mumkin. Ehtiyot boʻling! Qashlashda siz qov bitlarini tananing boshqa joylariga oʻtkazishingiz mumkin.

DAVOLASH
Sizda bitlarni bor yoki yoʻqligini va agar ular boʻlsa nima qilish kerakligini faqat shifokor aniqlashi mumkin. Odatda tuklar qirib tashlanganidan va maxsus losyon (shampun) ishlatilganidan keyin ular yoʻqolib ketadi.

Oldingi maqola Keyingi maqola