Homiladorlik

Homiladorlik 

Oʻsmirlar homiladorligi holatlari oʻsib bormoqda. Yosh qizlar juda kech boʻlmagunicha oqibatlarni har doim ham anglab ololmaydi! Har qanday oʻsmirning onasidan soʻrang va u sizga baʼzida, hattoki maktabni tugatish imkoni boʻlmay turib va oʻzini va boshqalarni koʻnglini qoldirib, bola kabi masʼuliyatni boʻyniga olish shodlik emasligini aytadi. 

JUDA MUHIM! Homiladorlik- bu shunchaki birinchi bor boʻlsa ham va sizda dumbalar orasiga, barmoqlar bilan yoki toʻxtatilgan jinsiy aloqa boʻlgan boʻlsa ham jinsiy aloqaning oqibatlari!

Baxtingizga sizning sirli qurolingiz bor- bu axborotning yaxshi manbalari va bizning maslahatlarimiz. Gap quyidagilar haqida ketganida yoʻlboshchingiz boʻlishimizga izn bering:

  • Qanday qilib homilador
    boʻlmaslik mumkin?
  • Homilador ekanligingizga shubha qilganingizda nima qilish kerak?
  • Rejalashtirilmagan homiladorlik bilan nima qilish kerak?

 



QANDAY QILIB HOMILADOR BOʻLMASLIK MUMKIN

Keling, ochiqchasiga gaplashamiz! Siz homilador boʻlmasligingizning yagona ishonchli usuli- bu umuman jinsiy aloqa qilmaslik. Jinsiy munosabatlarga kirishish qarorini qabul qilish deyarli murakkab narsa, lekin siz bunga qaror qilgan boʻlsangiz, barchasini yarim yoʻlda toʻxtatish qiyin boʻladi! Hamrohingizna boshlangan jarayonni toʻxtatishni istashingizni qanday aytasiz?

Agar siz jinsiy aloqaga kirishgan boʻlsangiz va, agar siz ushbu jarayonni toʻxtata olmasangiz, keyinchalik quyidagilarni bajarishingizga toʻgʻri keladi:

  • Qaysi turdagi kontrasepsiyani- tabletkalar, inʼyeksiyalar yoki prezervativlarni qoʻllaganingiz maʼqulligini maslahat qilish uchun hamrohingiz bilan shifokorga borishingiz kerak
  • Shifokoringiz sizga bu kontraseptivlardan qanday foydalanishni tushuntirib berishi kerak
  • Shifokor, shuningdek, kontratseptivlarni qabul qilishdan nojoʻya samaralar boʻlishi va ushbu nojoʻya samaralarni kamaytirish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ogohlantirishi kerak
  • Qizlar jinsiy aloqa hamrohiga nisbatan emotsional his tuygʻularni... ehtimol sevgini tugʻdirishini tushunishi kerak
  • Har doim prezervativdan foydalaning (boshqa kontratseptivlardan foydalansangiz ham), chunki prezervativlar JYYuQlarni oldini olishda yordam berishi mumkin (ular 100% ishonchli himoya vositasi boʻlmasa ham). Homiladorlik- bu xavotir oladigan yagona narsa, shuning uchun shifokoringiz bilan sizga mos keladigan himoya variantlari toʻgʻrisida gaplashib koʻring.
  • Prezervativlar qinda qichishishni, yalligʻlanishni va allergiyani keltirib chiqarishi mumkin. Agar bu narsa sodir boʻlsa, markasini almashtiring, chunki qinni yalligʻlanishi qiz bolada JYYuQ, ayniqsa OIV yuqishi ehtimolini oshiradi.

Agar sizda himoyalanmagan jinsiy aloqa boʻlgan boʻlsa va siz homilador boʻlishdan juda xavotirlansangiz, dorixonalardan xarid qilish mumkin boʻlgan shoshilinch homiladorlikka qarshi tabletkani ichib olishingiz mumkin. Tabletkani jinsiy aloqadan soʻng 72 soat mobaynida qabul qilish kerak.

ILTIMOS, EʼTIBOR BERING, ushbu tabletkalar kontraseptiv hisoblanmaydi va ularni tez-tez qoʻllash mumkin emas, chunki ularning yoqimsiz nojoʻya samaralari mavjud.

HOMILADOR EKANLIGINGIZGA SHUBHA QILGANINGIZDA NIMA QILISH KERAK?

Siz homilador ekanligingizning belgilari qanday boʻlishi mumkin?

  • Kechikishi- koʻpincha qizlar menstruatsiya
    bir oyga kechikayotganligini ilgʻab qolishi mumkin.
    Kechikish har doim ham homilador ekanligingizni bildirmasa ham, baribir, agar sizda himoyalanmagan jinsiy aloqa boʻlgan boʻlsa bu haqda oʻylab koʻrishingiz kerak.
  • Koʻkrakdagi oʻzgarishlar- homiladorlikning erta belgilaridan biri. Koʻkrak sezuvchan, taʼsirchan va odatdagidan koʻra zichroq boʻlib qoladi.
  • Koʻngil aynishi- ertalabki koʻngil aynishi homiladorlikning odatiy belgilaridan biri hisoblanadi va urugʻlangandan keyin ikki haftadan soʻng boshlanishi mumkin (bu homiladorlikning ERTA belgisi boʻlishi shart emas).
  • Qovuqqa bosishi va tez-tez siyish ehtiyoji.
  • Gormonal fonning oʻzgarishi emotsional koʻtarinki kayfiyatni keltiradi. Doimiy charchoqlik hissi ham homiladorlikning belgisi hisoblanadi.
  • Ayrim qizlarda menstruatsiya boʻladigan paytida "implantatsion qon ketishi" sodir boʻladi va qizlar uni menstruatsiya deb oʻylaydi, aslida esa homilador boʻlgan boʻladi.

Agar sizda jinsiy aloqa boʻlgan boʻlsa va siz tanangizda qandaydir oʻzgarishlarni sezsangiz, homiladorlik testini olish uchun dorixonaga boring. Ular juda qulay va ularni ishlatish oson!

REJALASHTIRILMAGAN HOMILADORLIK BILAN NIMA QILISH KERAK?
Agar siz testni toʻgʻri qilgan boʻlsangiz, ehtimol, u toʻgʻri javobni koʻrsatadi. Lekin test faqat kechikishdan keyin oʻtkaziladi. Agar test juda erta qilinsa, javobi notoʻgʻri chiqishi mumkin. Homiladorlikni kechikishdan avvalroq qon tahlili yordamida tasdiqlash mumkin. Agar siz hayajonlansangiz, shifokordan ushbu tahlilni buyurishni iltimos qiling.

Keyingi bosqich- bu haqda kimdir bilan gaplashish. Asosiysi, yodingizda tuting, siz hozir doʻstlaringizga va oilangizga avvalgidan ham koʻproq muhtojsiz, va ular bilan gaplashib olish imkoniyati hozir juda muhim.

Bolangizning otasi homilador ekanligingizni bilishga haqqi bor, ushbu bolaga javobgarlikni ikkalangiz zimmangizga olishingiz kerak, siz esa, oʻz navbatida, boʻlajak bolangizning otasidan maʼnaviy va moliyaviy yordam olishga haqqingiz bor. Axir bunda ikkalangiz ishtirok etgansiz!

Agar sizning murojaat qilish mumkin boʻlgan oilangiz yoki doʻstlaringiz boʻlmasa, unda google pro-life yoki pregnancy-crises tashkilotlariga murojaat qiling. Ushbu tashkilotlar sizga kerak boʻlgan yashash joyi, tibbiy xizmat, maslahatlar va hattoki bolalar kiyimlarini ham taqdim etadi.

Agar siz homiladorlik toʻgʻrisida koʻproq bilishni istasangiz, unda Huggies saytida siz uchun qadrli va qiziqarli boʻlgan koʻplab maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

Oldingi maqola Keyingi maqola