Shaxsiy gigiyena

Shaxsiy gigiyena

Qizlar, biroz shaxsiy narsalar haqida suhbatlashish vaqti keldi! Siz qiningizning sogʻligʻi haqida oʻylab koʻrmagan boʻlsangiz kerak, biroq, ham tashqaridan, ham ichkaridan uning sogʻligʻini qoʻllab turish- tozalikni, qulaylikni, infeksiya yoʻqligini taʼminlovchi eng yaxshi usul.

Sizning vaginangiz har doim sogʻlom va baxtli boʻlishi uchun biz tananing pastki qismini qanday parvarishlash borasida bir nechta ajoyib maslahatlarni ishlab chiqdik.

TASHQI JINSIY AʼZOLAR
Balki ushbu masala sizni biroz hijolat qilib qoʻyar, lekin biz uni siz bilan muhokama qilishimiz kerak: vaginangiz- bu qorin ichiga kiradigan yoʻl, tashqarisidagi soha va uning atrofi esa tashqi jinsiy aʼzolar deb nomlanadi.

VAGINAL BEZOVTALANISHDAN QANDAY SAQLANISH MUMKIN
Hammaga qulaylik hissi yoqadi. Bunga qanday erishish mumkin?

  • Ushbu sohani antiseptik vositalar, oddiy sovun yoki shampun bilan yuvmang.
    Uni oddiy suv bilan yuvgan afzal.
  • Xoʻl choʻmilish kiyimlarida yoki sport
    kiyimlarida koʻp yurmang.
  • Juda tor jinsalarni koʻp kiymang- ayniqsa sizda qichishtiruvchi ajralmalar boʻlsa.
  • Prokladka va tamponlarni muntazam ravishda almashtirib turing.

 

 


JINSIY AʼZOLAR BEZOVTALANISHINI QANDAY DAVOLASH MUMKIN

Yodingizda boʻlsin, tashqi jinsiy aʼzolar- bu teri, shuning uchun tanangizning har qanday sohasidagi kabi unda ham yalligʻlanish, bezovtalanish yoki toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Ahvolingiz yomonlashsa darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Shu kabi nohushliklarni oldini olish uchun mana sizga bir nechta maslahatlar:

  • Kir yuvish kukuni qoldiqlarini yoʻqotish uchun ichki
    kiyimlaringizni yaxshilab chayib tashlang.
  • Ichki kiyim uchun sifati yaxshi boʻlgan chayish
    vositasidan foydalaning yoki umuman foydalanmang.
  • Qashlamang! Qichishish joyini qashlab siz shu sohadagi sezgir terini shikastlab qoʻyishingiz mumkin,
    bu esa qichishishni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
    Qichishishni kamaytirish uchun antiseptik talkdan foydalaning.
  • Shu sohadagi qichishishni kuchaytirish mumkin boʻlgan tor kiyimni kiymaslikka harakat qiling.
  • Qichishish oʻtib ketmaguncha bu sohani tukini qirmang va depilyatsiya qilmang.

Qinning ichida va atrofida shu sohani sogʻlom holatini qoʻllab turuvchi turli-tuman bakteriyalar (maʼlum shaklda), drojjalar va boshqa mikroorganizmlar mavjud. Laktobatsillalar- bu yaxshi bakteriyalar, ular boshqa bakteriyalarni "jilovlab" turadi. Ular qinda biroz nordon florani ushlab turishga yordam beradi, bu esa oʻz navbatida vaginal infeksiyalarni bartaraf etishga yordam beradi.

Lekin ayrim holatlarda tashqi omillar (stress, kasalliklar, gastrit, antibiotiklar) ushbu mikroorganizmlarni haddan tashqari oʻsishiga olib kelishi mumkin va bu molochnitsa kabi kasallikka olib kelishi mumkin.

Mana sizga jinsiy aʼzolaringizni tozalikda saqlab turishga va sizni infeksiyalardan himoya qilishga yordam beradigan bir nechta maslahatlar:

  • Tamponni kiritishdan oldin
    va keyin qoʻllaringizni yuving.
  • Hojatdan keyin jinsiy aʼzolaringizni
    oldindan orqaga qaratib arting.
  • Har kuni shaxsiy gigiyenaga
    rioya qiling- kuniga
    bir marotaba dush,
    vanna yoki shunchaki tahorat qilish.
  • Upa yoki duxi kabi vaginal
    kosmetikadan foydalanmaslikka harakat qiling.
  • Bu sohani yuvganingizda xush boʻylashtirgichlarsiz
    sovundan foydalaning.
  • Hech qachon birovning sochigʻidan foydalanmang.
  • Sport bilan muntazam ravishda shugʻullaning va toʻgʻri ovqatlaning.
  • Imkon qadar 100% paxtali ichki kiyim kiying.













QINDAGI MUAMMOLARNING BELGILARI

Vaginal muammolarning belgilari:

  • infeksiyalar- ayniqsa jinsiy yoʻl bilan yuqadiganlari
  • Kir ichki kiyim, vannalar, dush kabinalari
  • Kontratseptivlar
  • Kasalliklar, masalan, qandli diabet
    yoki zaiflashgan immunitet
  • Prezervativlar bezovtalikni chaqirishi mumkin,
    ayniqsa lateksga boʻlgan allergiyani
  • Homiladorlik

Agar siz quyidagi sanab oʻtilgan simptomlarni hech boʻlmaganda birontasini sezgan boʻlsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling:

  • Qin ogʻzi atrofida
    bezovtalanish yoki ogʻriqlik
  • Siyishda achishish hissi
  • Koʻp miqdordagi yoki
    noodatiy rangdagi ajralmalar
  • Jinsiy aʼzolar sohasidagi shish
  • Qon ketishi
  • Yoqimsiz hid







Sizning jinsiy aʼzolaringiz mutloq sogʻlom ekanligini bilish juda muhim, shuning uchun nimadir boshqacha ekanligini sezsangiz darhol kerakli choralarni qoʻllang.

Esingizda tuting, JYYuKlarni oldini olish mumkin- kontrasepsiya toʻgʻrisidagi boʻlimni oʻqing, u yerda barchasi batafsil taʼriflangan.

Oldingi maqola Keyingi maqola