Qorin pastiga ogʻriqlar va ulardan qanday xalos boʻlish

Qorin pastiga ogʻriqlar va ulardan qanday xalos boʻlish

Bu hisni biz hammamiz bilamiz. Barchasi yaxshi edi, siz doʻstlaringiz bilan ajoyib vaqt oʻtgakazayotgandingiz, lekin behosdan qorin pastidagi sanchuvchi ogʻriq sizni dovdiratib qoʻydi.

Nima boʻlgani shundogʻam tushunarli boʻldi. Oyning bir necha kunini yoqimsiz menstrual ogʻriq (shuningdek menstrual spazmlar yoki dismenoreya deb nomlanadi) bilan oʻtkazish vaqti keldi.

Bunday muammoga faqat siz duch kelmagansiz. Dunyo ayollarining yarmi bunday ogʻriqlardan aziyat chekadi. Ular nimadan sodir boʻlishini bilasizmi? Menstruatsiyadagi ogʻriqlarni yengillashtirish uchun nima qilishni bilasizmi?

Davomini oʻqing!

MENSTRUATSIYA DAVRIDA OGʻRIQLAR NIMADAN PAYDO BOʻLADI?
Ushbu ogʻriqlar prostaglandin deb nomlanuvchi gormon tufayli vujudga keladi, u aslida menstruatsiya davrida yordamchi hisoblanadi. Ushbu gormonni ishlab chiqarilishi bachadonda hosil boʻlgan shilimshiq qavatni organizmdan chiqarib yuborish uchun bachadonni qisqarishiga olib keladi. Menstruatsiya shunday sodir boʻladi. Barchasi deyarli oddiy!

MENSTRUATSIYA DAVRIDAGI OGʻRIQLAR VA MOS - FARQI NIMADA?
Yodda tutish lozim, menstruatsiya davridagi ogʻriqlar MOSdagi ogʻriqlardan farq qiladi:

  • MOS menstruatsiya boshlanishidan bir necha
    kun oldin sodir boʻladi va menstruatsiya boshlanishi bilan qoʻyib yuboradi.
  • Menstruatsiya davridagi ogʻriqlar odatda sizda menstruatsiya boshlanishi bilan sodir boʻladi. Ushbu ogʻriqlar nasldan naslga oʻtishi mumkin, shuning uchun onangiz bilan maslahatlashib koʻring, ehtimol, u mazkur masala boʻyicha tavsiyalarini berar.


MENSTRUATSIYADAGI OGʻRIQLARNI QANDAY YENGILLASHTIRISH MUMKIN?
Endi siz menstruatsiyada ogʻriqlar qanday paydo boʻlishini bilasiz, lekin bu siz izlagan axborot emas, toʻgʻrimi? Biz siz aynan nimani bilishni istashingizni bilamiz! Va biz hozir menstruatsiyada ogʻriqlarni yengillashtirish usullari haqida aytib beramiz:

  • Mazkur holatda qaynoq suvli butilka har doim qizlarning eng yaxshi yordamchisi boʻlgan.
    Aslida esa, issiqlikning har qanday manbai yordam berishi mumkin, shuning uchun boʻshashtiruvchi vanna qabul qilishingiz mumkin- u ogʻriqlarni kamaytirishga yordam beradi.
  • Shuningdek, menstruatsiya davrida jismoniy mashqlar ham ogʻriqni yengillashtirish mumkinligi isbotlangan.
    Gʻalati eshitiladi, lekin jismoniy mashqlarda endorfinlar ajralib chiqadi, ular stress va mushaklardagi zoʻriqishlarni yechishga yordam beradi.
  • Moychechak va asal bilan bir piyola choy- bu tanangizni boʻshashtiruvchi va tinchlantiruvchi ajoyib usul, shuning uchun damlab, zavq oling.
    U sizga yordam bermasa ham siz baribir zavq olasiz, axir bunchalik mazaliku!
  • Koʻpchilik farmatsevtik kompaniyalar menstruatsiya davrida ogʻriqni davolash uchun retseptsiz ogʻriq qoldiruvchi vositalarni ishlab chiqaradi.
    Dorixonaga borib keling, u yerda siz uchun qutqaruv bor!
  • Miltivitaminli majmualar organizmingizda vitaminlar va minerallar zaxirasini toʻldirishga yordam beradi.
    Tekshirib koʻring, tarkibida omega-3 yogʻli kislotalar, magniy va tiamin boʻlishi kerak.
  • Dam oling va oʻzingizni boʻsh qoʻying- bu yordam berishi kerak.
    Menstruatsiya davridagi ogʻriqlar- bu toʻpolon kunlarda toʻxtab olish uchun yana bir sabab, shuning uchun vaziyatdan
    foydalanib oling va ushbu kunlarda oʻzingizni boʻsh qoʻying. Bu sizni ham jismonan, ham ruhan barqarorlashtiradi.

Yana bir kichkina sirni ochamiz: menstruatsiya davridagi ogʻriqlar yosh oʻtgan sari kuchliroq boʻladi, shuning uchun tayyor boʻling!

MENSTRUATSIYA DAVRIDAGI OGʻRIQLARDA NIMALARDAN VOZ KECHISH KERAK?
Nikotin, qahva va alkogol menstruatsiyadagi ogʻriqlaringizni faqat kuchaytirishi mumkin, shuning uchun oyning shu kunlarida ularning isteʼmolini kamaytirishga harakat qiling.

QACHON XAVOTIRGA TUSHISH MUMKIN?
Agar sizning menstruatsiyangiz shunchalik ogʻriqli boʻlib, siz maktabga borolmasangiz yoki kundalik ishlaringiz bilan shugʻullana olmasangiz, ginekolog-shifokorga murojaat qilishingiz lozim. Menstruatsiya davrida ogʻriqni yongillashtirishga yordam berish uchun shifokor sizga homiladorlikka qarshi tabletkalarni buyurishi mumkin.

Oldingi maqola