Menstruatsiya nima degani

Menstruatsiya nima degani?
Qizlar, oʻzlaringizni aldamang. Menstruatsiya- bu shunchaki gʻaroyib soʻz, aslida biz uni "hayz" deb ataymiz. Birinchi hayzlar menarxe deb ataladi, va ular qizlar 9 yoshda boʻlganida kelishi mumkin, ayrimlarda esa ular 16 yoshdan keyin boshlanadi. Oʻrtacha yosh- 13 yosh.

Hayzlar oyda bir marta kelmaydi- ular sikllar boʻyicha keladi. Sikl hayzlarning birinchi kunidan boshlab keyingi hayzlarning birinchi kunigacha hisoblanadi. Hayzlar har oyning bir xil kunida kelishini kutmang. Ayrim hollarda menstruatsiyalar oraligʻi qisqa boʻladi (taxminan 21 kun), ayrim hollarda esa uzoq boʻladi (60 kungacha), lekin oʻrtacha sikl 28-30 kun davom etadi.

Sizda hayzlar boshlangandan keyin dastlabki bir necha yil ular muntazam boʻlmasligi mumkin. Bu meʼyoriy holat! Sizda menopauza boshlanganida (menstruatsiyani yakunlanishi), menstruatsiya yana bir necha yil davom etadi, lekin muntazam emas.

Albatta, yaqinda sizda menstruatsiya boshlanishidan havotirga tushasiz, lekin yodingizda boʻlsin, u faqat tanangiz bunga tayyor boʻlganida boshlanadi. Menstruatsiyani ertaroq yoki kechroq kelishga majburlab boʻlmaydi.

MENDA HAYZLAR BIRINCHI BOR BOSHLANGANIDA NIMANI KUTISHIM MUMKIN?
Har bir qiz uchun birinchi menstruatsiya- bu noyob hodisa. Ayrim qizlarda boshida menstruatsiya oʻzi bilan jigarrang shilimshiq ajralmalarni ifoda etadi, ular faqat bir-ikki kun kelishi mumkin, shu qatorda boshqalarda, afsuski, ular juda moʻl kelishi mumkin- ayrim hollarda 10 kungacha! Onangizdan uning birinchi hayzlari qanday oʻtganini soʻrang. Ehtimol, uning hikoyasi sizni biroz tinchlantirar.

UMUMAN, NIMA UCHUN HAYZLAR BOʻLADI?
Koʻpchilik qizlar ularda menstruatsiya boshlanishi borasida xavotirga tushadi. Qizlar, vahima qilmang, biz shu yerdamiz, biz yoningizdamiz, biz yordam beramiz! Buning barchasi ayolning organizmi bola tugʻishga (yoki tugʻmaslikka) moʻljallanganligi bilan bogʻliq. Qizlar har bir tuxumdonining ichida minglab kichkina tuxum hujayralari bilan tugʻiladi (sizda 2 tuxumdon- bachadonning har bir tarafida bittadan). Jinsiy yetilish boshlanganida, miyangiz shu tuxum hujayralarining biriga "uygʻonish" kerakligi haqida xabar yuboradi!

Kichkina tuxum hujayrasi uygʻonadi va estrogen nomli gormonni ishlab chiqarishni boshlaydi. Estrogen qoningizga tushib, koʻkragingizda, bachadoningizga va qinga "tuxum hujayrasiga tayyor turishga" signal beradi! Barchasi tayyor boʻlganida (bu taxminan 14 kunni oladi) tuxum hujayrasi bachadon trubasiga tushadi va bu ovulyatsiya deyiladi.

Tuxum hujayrasi fallop trubasida bilasizmi nimani kutadi... spermatozoidni! U koʻp yashamaydi- deyarli 24 soat holos va, agar u tuxum hujayrasini urugʻlantirishi mumkin boʻlgan spermatozoid kelmasa, trubada xalok boʻladi. Shu paytda bachadon urugʻlangan tuxum hujayrasiga tayyorgarlik koʻradi va u uchun yaxshi qulay shilliq qobiqni yaratadi, lekin, agar tuxum hujayrasi "syurpriz" bilan qaytmasa, qobiqqa organizmni tark etishdan boshqa ish qolmaydi.

Keyin esa, 14 kundan soʻng (oʻrtacha) bachadon "Tozalov" operatsiyasi uchun qisqarishni (siqilishni) boshlaydi, tayyorlab qoʻyilgan qobiq qin orqali oqib ketishi uchun suyuqlikka aylanadi.

Aynan shu narsa hayz deyiladi.

MENSTRUATSIYA QANDAY OʻTADI?
Menstrual ajralmalar moʻl yoki kam, pushti, qizil donachalar bilan yoki jigarrang shilimshiq boʻlishi mumkin. Ular 3 kundan 7 kungacha davom etadigan menstruatsiya kunlariga qarab koʻrinishini oʻzgartirishi mumkin. Sizga qon koʻp hajmda chiqayotgandek tuyulishi mumkin, aslida esa menstruatsiyaning bitta davrida 2 osh qoshiqdan 6 osh qoshiqqacha qon yoʻqotasiz! Bu unchalik koʻp emas! Bu yerda siz Kotex mahsulotining assortimenti bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Endi sizda doim "mushkul kunlar" boʻlishiga, albatta, oʻrganishingiz kerak. Ular ayniqsa kechaga, klubga yoki dugonalaringiz bilan basseynga borishni rejalashtirgan paytingiz kutilmagan mehmondek kelganida jahlingiz chiqadi. Hamma qizlarga bunga koʻnikishga toʻgʻri keladi (ularni bu narsa bezovta qilmayotgandek koʻrinsa ham). Albatta, menstruatsiya kelishi bilan hayotingiz oʻzgaradi, tashvishlanmang, bunga tez koʻnikasiz.

MENSTRUATSIYA VA MENSTRUATSIYADAGI OGʻRIQLAR.
Siz menstruatsiyadagi ogʻriqlar haqida eshitganmisiz? Ayrim qizlarda umuman ogʻriqlar boʻlmaydi (baxtli), ayrimlari esa bundan juda aziyat chekadi. Yaxshi yangilik shundan iboratki, ogʻriqni yenguvchi vositalar mavjud, va ushbu vositalar haqiqatan taʼsir qiladi!

Menstruatsiya paytida ogʻriqlar qizlar tugʻmagunicha sodir boʻladi. Agar sizda kundalik hayotdan zavqlanishga xalaqit beradigan jiddiy, kuchli, oʻtib ketmaydigan ogʻriqlar boʻlsa, unda shifokorga murojaat qilish lozim.

NIMA UCHUN BIZ BUNDAN AZIYAT CHEKISHIMIZ KERAK?
Yaxshi, tan olamiz: Hayzlar- bu quvonarli emas! Va siz nima haqida oʻylayotganingizni bilamiz: nima uchun bundan yigitlar emas, qizlar aziyat chekadi? Yigitlarning boshqa muammolari bor. Masalan, buning uchun umuman toʻgʻri kelmaydigan vaziyatda behosdan va nazorat qilinmaydigan erektsiya! Oʻzingizga shunday bosh ogʻriqni istarmidingiz? Xoʻl choyshab muammosi-chi... Oʻgʻil bolalar aytishga uyaladigan koʻpgina muammolar mavjud.

Sizda hayzlar boshlaganida yoqimli biron narsa bilan shugʻullanishni tavsiya qilamiz, masalan: Qoʻshiq tinglash Dugonangiz bilan suhbatlashish. Yoqimli jurnalingizni oʻqish. Kayfiyatingizni koʻtarish uchun oʻzingizga turli shaqildoqlarni osib olish. Axir siz ajoyib koʻringaningizda oʻzingizni ajoyib his qilasiz! Sizda hayzlar boshlanganida yodingizda boʻlsin, bu narsa siz boshqacha, siz- AYOL boʻlganingiz uchun sodir boʻldi.

Menstruatsiya davrida paydo boʻladigan koʻpgina muammolarni yengishda Kotex sizga yordamga keladi- va muammolar tongdagi shudring kabi yoʻqolib ketadi!

Keyingi maqola