Menstruatsiya davridagi umumiy muammolar

Menstruatsiya davridagi umumiy muammolar

Keling ular haqida suhbatlashamiz. Menstruatsiya- bu deyarli murakkab missiya, va siz uni uddalashga qiynalayotganingizda shu paytda dunyoda bitta siz bunaqa emasligingizni va yana kimdir ushbu missiyani bajarayotganligini eslang. Nima uchun ayrim qizlar menstruatsiyalarni yengilroq, boshqalari esa ogʻirroq kechiradi!

Biz hammamiz har xilmiz, va menstruatsiya ham bizda har xil oʻtadi, lekin bu savolga baribir javob bor, va sabablari shunday:

  • Turmush tarzi
  • Genetika
  • Vazn
  • Yosh
  • Sezgirlik darajasi




 

Koʻpgina qizlar menstruatsiya paytida juda aziyat chekadi, shuning uchun biz oʻzimizga ularga yordam berish vazifasini oldik, va biz shu yerdamiz, yoningizda... Ushbu boʻlimda siz menstruatsiya davrida ularni yomonlashtirishi mumkin boʻlgan eng koʻp tarqalgan muammolar haqida bilib olasiz, hamda eʼtiboringizga oyning "qiyin kunlari" kelganda sizga yordam berishi mumkin boʻlgan ayrim maslahatlarni taqdim etamiz.

  • Menstruatsiya davrida eng koʻproq tarqalgan muammolar quyidagilar:
  • Moʻl menstruatsiya
  • Menstruatsiyadagi ogʻriqlar
  • Muntazam boʻlmagan menstruatsiya





MOʻL MENSTRUATSIYA (MENNORAGIYA)
Ayrim ayollarda yanada davomliroq va moʻl menstruatsiya boʻladi. Moʻl qon ketishi dastlabki bir necha kun mobaynida siz prokladkalarni tez-tez almashtirishingizni nazarda tutadi. Moʻl menstruatsiyada koʻpchilik ayollar oʻzini juda charchagan his qiladi, shuning uchun ularga ozuqa qoʻshimchalarini yoki temirga boy ovqatlarni, masalan, goʻsht, yongʻoq, jigar, kungaboqar urugʻlari yoki ismaloq kabi toʻq-yashil bargli sabzavotlarni qabul qilish tavsiya etiladi.

Moʻl qon ketishi genetika, vazn, parhez va jismoniy mashqlarning yetishmovchiligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Davomli qon ketishi- 10 kundan ortiq qon ketishlar yoki menstruatsiyalar orasidagi qon ketishlar poliplar yoki bachadon miomasining belgisi boʻlishi mumkin, bunday holatda albatta shifokorga murojaat qilish lozim. Yosh ayollarda bunday kasalliklar kamdan-kam uchraydi!

Moʻl qon ketishda qachon xavotirlanish kerak:

  • Agar sizda jinsiy aloqadan keyin
    qon ketishlar boʻlsa
  • Agar sizda koʻp qon quyqasi chiqsa
  • Agar sizda jinsiy munosabatlar boʻlib,
    menstruatsiya navbatdagi siklda boshlanmagan boʻlsa,
    ehtimol, siz homilador boʻlgansiz va
    sizda bola tushib qolgan,
    va bu haqda bilmagansiz.
  • Agar siz menstruatsiyadan keyin charchoqlik
    yoki holsizlikni sezsangiz-
    sizda kamqonlik boʻlishi mumkin

 






Moʻl qon ketishini oʻtkazish uchun mana bir nechta maslahatlar:

  • Jismoniy mashqlar va vazningizni boʻyingizga mos keladigan koʻrsatkichgacha tushirish yoʻli bilan estrogenlar darajasini tushirish (bu gormon yogʻ toʻqimalarida mavjud).
  • Oziqlanish ratsionini oʻzgartirish ham muhim ahamiyatga ega. Boʻsh kaloriyalar, masalan, pirojniylar, qovurilgan ovqat va gazlangan ichimliklar isteʼmolini pasaytiring. Har kuni koʻproq yangi meva va sabzavotlarni isteʼmol qiling, bu vazningizga, salomatligingizga, oʻzingizga boʻlgan ishonchingizga va tashqi koʻrinishingizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.











Ha, biz bu oson demaymiz, lekin siz aniq ajoyib natijani koʻrasiz. Sizni qoʻllab-quvvatlaydigan hamfikrni toping!

MENSTRUATSIYA DAVRIDAGI OGʻRIQLAR (DISMENOREYA)

Ayrim qizlar ushbu katta muammodan aziyat chekadi- menstruatsiya paytida oʻldirib qoʻyadigan darajadagi ogʻriqlar muammosi. Koʻpchiligimizga bu meʼyoriy hodisa, ayrim qizlarni esa ushbu ogʻriq bir necha kunga yoʻldan chiqarib yuboradi.

Prostaglandin deb nomlanuvchi gormon ortiqcha boʻlib ketganida menstruatsiya davrida kuchli ogʻriq paydo boʻladi. Ushbu gormon shilimshiq qavat (endometriy) menstruatsiya paytida organizmdan chiqib ketishi uchun bachadonni qisqarishiga va shilliq qavatni parchalashiga yordam beradi. Menstruatsiya boshlanishidan bir kun oldin aspirinni qabul qilish prostaglandin darajasini nazorat qilishga yordam beradi.

Menstruatsiya paytidagi ogʻriq ayrim hollarda tos tirishishlari va beldagi ogʻriqlar bilan kuzatiladi. Ayrim hollarda ularga quyidagi simptomlar bilan kuzatiladigan MOS qoʻshiladi (menstruatsiyadan oldingi sindrom):

  • Bosh ogʻriqlari
  • Koʻngil aynishi (ayrim hollarda hattoki qusish bilan)
  • Holsizlik hissi va bosh aylanishi
  • Asabiylik va jizzakilik

Ushbu simptomlar odatda menstruatsiyaning eng boshida "yorqinroq" namoyish boʻladi.

Ularni qanday yengish mumkin?

  • Suzish, velosiped haydash yoki yurish
    kabi muntazam jismoniy mashqlar
    prostaglandinlar darajasini nazorat qilishd
    yordam beradi va bu, tegishli ravishda,
    menstruatsiya davrini kamroq ogʻriqli qiladi.
  • Menstruatsiya davrida maxsus ogʻriqni qoldirish
    uchun moʻljallangan retsepturasiz ogʻriq
    qoldiruvchi vositalar ham ushbu davrda sizning
    ajoyib yordamchingiz boʻlishi mumkin.
  • Qaynoq suvli butilka yoki mikrotoʻlqinli pechda
    qizdiriladigan qorin uchun issiq yostiqcha- eski, tekshirilgan vosita.


Agar usullardan hech biri yordam bermasa, ogʻriq esa kuchayib, siz oʻzingizni yomonroq his qilsangiz, unda yordam uchun ginekolog-shifokorga murojaat qilganingiz maʼqul.

MUNTAZAM BOʻLMAGAN MENSTRUATSIYALAR
Muntazam boʻlmagan menstruatsiya "mushkul kunlar" siz kutganingizdan ertaroq yoki kechroq kelganini anglatadi. Menstruatsiya oyda bir marta kelmaydi- u sikllar boʻyicha keladi. Sikl menstruatsiyaning birinchi kunidan keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblanadi. Muntazam boʻlmagan menstruatsiya- bu meʼyoriy holat, ayniqsa oʻsmirlar uchun va ayniqsa menstruatsiya boshlanganidan keyin dastlabki ikki yil mobaynida.

Muntazam boʻlmagan menstruatsiyalar bir nechta sabablarga koʻra sodir boʻlishi mumkin:

  • Stress, maʼlumki, muntazam boʻlmagan
    menstruatsiyaning asosiy sababi hisoblanadi,
    chunki stress tufayli ovulyatsiya (tuxum hujayrasini yetilishi)
    kechikishi mumkin. Siz oʻgʻil bola doʻstingiz
    bilan endigina ajrashdingizmi? Ishda yoki
    maktabga stressli vaziyatga tushdingizmi?
    Siz bulardan "oʻzingizga" kelishingiz uchun
    va hislaringiz va fikrlaringizni tartibga
    keltirishingizga vaqt berish uchun organizmning
    oʻzi menstruatsiya davrini oʻtkazib yuborishi mumkin.
    Shuning uchun xavotir olmang!
  • Ortiqcha jismoniy yuklamalar yoki sport
    bilan jadal shugʻullanish ovulyatsiyani
    kechiktirishi mumkin, va bu muntazam boʻlmagan
    menstruatsiyaga olib kelishi mumkin. Agar ovulyatsiya
    sodir boʻlmasa, unda menstruatsiya ham ayrim
    vaqt kelmaydi. Agar siz muhim sport
    tadbirini kutib, unga har kuni tayyorlanayotgan
    boʻlsangiz, behosdan sizda kechikish kuzatilsa hayron boʻlmang.
  • Ortiqcha parhezlar ham ovulyatsiyaga salbiy
    taʼsir koʻrsatishi mumkin, bu ham kechikish
    yoki menstruatsiya kelmasligining sababi boʻlishi
    mumkin- ayniqsa qiz bola anoreksiyadan
    aziyat cheksa. Bu notoʻgʻri va mazkur holatda
    mutaxassisning yordami kerak boʻladi.


Muntazam boʻlmagan menstruatsiya biroz vaqt oʻtib muntazam boʻlib qolishi mumkin. Ayrim ayollarda hech qachon "muntazam hayzlar" boʻlmaydi, va bu meʼyoriy holat. Bu bepushtlikka olib kelmaydi.

Agar sizda 5 oydan ortiq kechikish boʻlsa (va siz hamrohingiz bilan jinsiy hayot kechirmayotgan boʻlsangiz) va, agar siz shuning yuzasidan haqiqatan ham qaygʻurayotgan boʻlsangiz, qon tahlilini topshirishni tavsiya qilamiz. Lekin menstruatsiya bilan boʻlgan muammolarda kuchli xavotirlanish kerak boʻlmasa ham, keyin muammoga qoʻl siltaganligingizdan afsuslangandan koʻra tekshiruvdan oʻtgan yaxshiroq. Muammoga qanchalik tez javob bersangiz, asoratlar paydo boʻlishining ehtimoli shunchalik kam boʻladi.

Oldingi maqola Keyingi maqola