Koʻkrakdagi ogʻriq

Koʻkrakdagi ogʻriq

Siz qachondir MOS (menstruatsiyadan oldingi sindrom) taʼsiri ostida boʻlganmisiz? Hammasi asabga tegadi, belingiz ogʻriydi, tananing pastki qismida tirishishlarni his qilasiz, koʻkragingiz ogʻir, ogʻriqli va sezgir boʻlib qoladi!

Agar koʻkragingiz oʻsishni boshlagan boʻlsa, bu jinsiy yetilishning birinchi belgilaridan biri. Ehtimol, maktabda ayrim qizlar byustgalter taqishni boshlaganini sezgandirsiz. Agar shunday boʻlsa, yaqin orada sizning ham koʻkragingiz oʻsishni boshlaydi. Koʻkrak oʻsayotganda u juda ogʻriydi. Kimdir toʻsatdan koʻkragingizni itarsa yoki shunchaki teginib ketsa ogʻriqdan qichqirgingiz keladi. Nima uchun bunday boʻladi?

OGʻRIQLI KOʻKRAK MOSNING SABABI BOʻLISHI MUMKIN
Menstruatsiya boshlanishidan oldin tuxumdonlaringiz estrogen va progesteron deb nomlanuvchi ikkita gormonni ishlab chiqara boshlaydi. Estrogen koʻkragingizga taʼsir koʻrsatadi, chunki estrogen koʻkrakni homiladorlikka tayyorlaydi va siz qachondir homilador boʻlganingizda koʻkrakni emizishga tayyorlab beradi. Bu narsa hozir sizga kerak emasligini bilamiz, lekin organizm bu haqda bilmaydiku.

Eng qiziqarlisi, ayrim holatlarda ogʻriq oʻtib ketadi, koʻkrak oʻzini juda yaxshi his qiladi, sizning yodingizdan chiqib ketadi, oynaga qarab oʻzingizni jozibador- hattoki ishvatli his qilasiz! Odatda bu narsa menstruatsiyaning birinchi kunidan 14 kundan keyin oʻtib ketadi, unda tanangiz endigina "ovulyatsiya" davridan oʻtadi yoki tuxum hujayrasini chiqarib yuboradi. Bu narsa estrogen darajasi choʻqqiga erishganda va organizmingiz shuningdek progesteron ishlab chiqarishni boshlaganda sodir boʻladi. Ushbu gormonlar tanangizni oʻzini
AJOYIB his qilishga majburlaydi!

Keyin, tuxum hujayrasi urugʻlanmaganda (oʻlganda) tanangiz menstruatsiyaga tayyorlana boshlaydi, gormonlar darajasi pasayadi, kayfiyat yomonlashadi, koʻkrak sezgirroq va ogʻriqliroq boʻladi, bularning barchasi sizda menstruatsiya boshlanib, sikl yangidan boshlanmaguncha sodir boʻladi.

KOʻKRAK OʻSISH PAYTIDA OGʻRISHI MUMKIN
Koʻkrak oʻsishni boshlaganda unga joy kerak, koʻkrak qafasining toʻqimasi tashqariga itariladi, shuning uchun koʻkrak ogʻriydi. Ayrim hollarda bitta koʻkrak boshqasiga qaraganda tezroq oʻsayotgandek tuyuladi. Vahimaga tushmang, yaqin orada hammasi toʻgʻrilanadi.

Koʻkrak oʻsayotganda nimaga ahamiyat berish lozim?

  • Dastlab koʻkraning uchi oʻzgaradi. Ular shishib, kichkina "boʻjima" bilan qoplanadi, aslida ular boʻjimalar emas. Bu kichkina moylovchi bezlar, ular bir kun kelganda bolani emizish paytida sizga yordam beradi. Ularni siqmang!
  • Koʻkrak terisi qichishishi, qoʻzgʻalishi mumkin, bularning barchasi ularning choʻzilishidan sodir boʻladi. Tarkibida E vitamini yoki aloe vera boʻlgan namlantiruvchi kremni xarid qiling. U qoʻzgʻalishni tinchlantirishga yordam beradi.
  • Byustgalter taqish muhim, chunki kun boʻyi koʻkrak ushlab turilishiga ehtiyoj sezadi.
    Byustgalterni tunda taqmang. Yumshoq kosachali byustgalterlar futbolkalarning tagidan kiyishga yaxshi, ular koʻkrak uchlarini yashirib turadi.

Sizga qulay boʻlishi juda muhim, shuning uchun onangizdan yoki dugonangizdan siz bilan doʻkonga borib byustgalter xarid qilishga yordam berishini iltimos qiling. Har doim xarid qilishdan oldin byustgalterni oʻlchab koʻring!

KOʻKRAK YANA NIMADAN OGʻRISHI MUMKIN?
Homiladorlik koʻkrakning shaklini va oʻlchamini oʻzgartiradi. Ikkinchi bor homilador boʻlgan ayollar koʻpincha homiladorlik testini oʻtkazishdan oldin sezadi, chunki ular homiladorlik paytida koʻkrakdagi hislarni biladi. Koʻkrak faqat 6 oydan (chala tugʻilgan bola yashab ketishi mumkin boʻlgan paytdan) boshlab ogʻiz sutini yoki "birinchi sutni", hamda bola tugʻilishi bilan emadigan ertangi sutni ishlab chiqara boshlaydi.

Agar siz byustgalter taqmasangiz, siz noqulaylikni va koʻkrakdagi ogʻriqni his qilishingiz mumkin, ayniqsa sport bilan shugʻullanayotganingizda. Byustgalter sizda yaxshi oʻtirishi va qulay boʻlishi kerak. Agar u katta boʻlsa, tasmalari har doim yelkalaringizdan tushib ketadi, agar u juda zich boʻlsa, u terida qizil izlarni qoldiradi.

KOʻKRAKDAGI OGʻRIQ BORASIDA QACHON XAVOTIRGA TUSHISH MUMKIN?
Koʻpgina yosh qizlar koʻkrakdagi ogʻriqni his qilib, undan-da yomoni- koʻkrakda shishni topib, darhol vahimaga tushadi va koʻkrak bezi saratoni kabi muammoga duch kelishidan xavotirlanadi. Bu yoshda koʻkrak bezidagi shishlar saraton hisoblanmaydi- ular "fibroadenoma" yoki "koʻkrak sichqoni" deb nomlanadi, chunki ular harakatchan (ular sichqon emas). Vahima qilmang! Agar sizni shu shishlar xavotirga solsa, unda shifokorga tashrif qiling, u sizni, ehtimol, tinchlantiradi, agarda jarrohlik aralashuvi talab qilinsa (shishlar 4 sm oshgan holatda), jarrohlikni oʻtkazib, sizni bezovta qilayotgan bezni olib tashlaydi. Bu holatda kichkina chandiqdan boshqa asoratlar boʻlmaydi! Bundan tashqari, jarrohlik aralashuvi faqat kam hollarda talab qilinadi!

Agar siz homiladorlikka qarshi vositalardan foydalangan boʻlsangiz yoki, agar yaqinda abort qilgan boʻlsangiz va shundan keyin koʻkrakda shishni paypaslab topgan boʻlsangiz, siz shifokorga murojaat qilishingiz lozim.

KOʻKRAKDAGI OGʻRIQDA NIMA YORDAM BERISHI MUMKIN?
Sizga toʻgʻri tanlangan byustgalter yordam beradi. Byustgalterlarning, ular tayyorlangan materiallarning, oʻlchamlarining koʻpgina turlari mavjud, shuning uchun sizga mukammal darajada mos keladiganini tanlash muammo tugʻdirmaydi. Suyakli byustgalterlarni faqat maxsus holatlarda taqish lozim- ularni har doim taqish mumkin emas! Suyaklar koʻkrak ostidagi terini qoʻzgʻatishi mumkin.

Oldingi maqola Keyingi maqola