Kayfiyatning oʻzgarishlari

Kayfiyatning oʻzgarishlari

Ayollar gormonlari- ular halinchakka oʻxshaydi- shamol esishiga qarab bir yuqoriga koʻtariladi, bir pastga tushadi. Yigitlarda asosiy gormon testosteron boʻlishi bilan bir vaqtda, ayollarga sutkalab 8 gormon bilan til topishishga toʻgʻri keladi. Bu gormonlar ayollarning fertilligini tartibga soladi va ularning kayfiyatiga taʼsir koʻrsatadi- ayniqsa menstruatsiya paytida. Aqldan ozish mumkin, toʻgʻrimi? Bu aniq! 

Mana nima uchun:
gormonlarimiz koʻrinmas-qalpoq ostida kabi yoʻqolib ketgandan keyin menstruatsiyamiz boshlanadi: kreks peks feks! Bu bevosita menstruatsiyadan oldin gormonlar darajasi minimumgacha tushib ketishini, shu sababli ayol kishida tez-tez yomon kayfiyat boʻlishini anglatadi.

Gormonlarning ikki hafta oldin sodir boʻlgan mushakbozligi va portlashi (ovulyatsiya boʻlgan va kayfiyat ajoyib boʻlgan vaqt) oʻtib ketdi, progesteron endi umuman ishlab chiqarilmay qoldi. Boshqa soʻz bilan aytganda, sizning bola tugʻish aʼzolaringiz endi oʻzini kerakmas va tashlandi kabi his qilmoqda.

Shu kabi gormonal tushishlar tufayli quyidagi simptomlar bilan kuzatiladigan MOS (menstruatsiyadan oldingi sindrom) sodir boʻladi:

  • Qorin shishishi hissi
  • Bosh ogʻriqlari
  • Diareya
  • Koʻkrak ogʻrishi
  • Depressiya





Kayfiyat oʻzgarishlarini nima qilsa boʻladi? Kayfiyat oʻzgarishlarini yengish juda ogʻirligi hammamiz tushunamiz, lekin, mana sizga bunday vaziyatda yordam berishi mumkin boʻlgan bir nechta maslahatlar:

  • Juda yomon kayfiyat yaqinlashib kelayotgan menstruatsiya bilan bogʻliqligini tushunishingiz kerak. Shunday boʻlib turadi! Keyingi menstruatsiyani qachon kutishni bilishingiz uchun siklingizni kundaligini yuriting.
  • Har kuni kamida 30 daqiqa jismoniy mashqlarni bajaring. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va endorfinlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi.
  • Ratsioningizni yaxshilash uchun isteʼmol qilayotgan barcha narsalaringizni yozib boring.
  • Tanangizni tushunishga harakat qiling va uni yaxshilash uchun oʻzingizning ustingizdan ishlang. Erinmang- oʻzingizning ruhiy va jismoniy salomatligingiz uchun faqat oʻzingiz javobgarsiz.
  • Stressni musiqa, oʻqish va yoga, yurish yoki suzish kabi jismoniy mashqlar yordamida yengish mumkin.











Hissiyotlaringizni dugonalaringiz bilan baham koʻring- axir birgalikda hech narsa qoʻrqinchli emas.

Oldingi maqola Keyingi maqola