Ginekologga tashrif

Ginekologga tashrif

Ginekolog- bu ayol kishining reproduktiv salomatligiga qaygʻuradigan mutaxassis. Agar siz jinsiy aloqaga kirishishga qaror qilayotgan boʻlsangiz, siz oilaviy shifokoringizga yoki terapevtga murojaat qilishingiz mumkin, va u sizga menstruatsiya paytidagi muammolarni yengishga yordam berishi va kontratseptivlarni tanlab berishi mumkin. Munitsipal poliklinikada ishlaydigan maxsus oʻqitilgan hamshiralar va akusherlar reproduktiv salomatlikni himoya qilish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatadi. Ushbu poliklinikalarda shuningdek, ayollarga tibbiy muammolarni hal qilishda yordam berishi mumkin boʻlgan shifokorlar bor, poliklinikalar qandaydir masalada yordam berolmasa, ular ayol kishini mahalliy shifoxonaga yuboradi. Poliklinikalarda xizmatlar bepul taqdim etiladi. Agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, agar siz homilador boʻlsangiz, agar sizda ayollar aʼzolarida qandaydir muammolar boʻlsa yoki agar:

  • Siz 16 yoshga toʻlib, sizda
    menstruatsiya boshlanmagan boʻlsa
  • Sizda menstruatsiya paytida
    kuchli ogʻriqlar boʻlsa
  • Sizda menstruatsiya juda
    uzoq va/yoki moʻl kelsa
  • Menstruatsiyalar orasida
    sizda qonli ajralmalar kelsa
  • Sizda oy davomida qon
  • kelishlar koʻp uchrasa
  • Siz tos sohasida vaqt oʻtib
    kuchayib boradigan ogʻriqni sezsangiz
  • Oilangizdagi ayollarda ginekologik muammolar koʻp uchrasa
  • Sizda yoqimsiz hidli ajralmalar paydo
    boʻlsa (siz jinsiy aloqani boshlamagan boʻlsangiz ham)
  • Sizda jinsiy aloqadan keyin ajralmalar paydo boʻlsa
  • Siz jinsiy aloqaga kirishishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz (unda hamrohingizni oʻzingiz bilan olib boring, birgalikda koʻrikdan oʻtishlaring kerak) ginekologga murojaat qilishingiz mumkin.


Agar sizda yuqorida sanab oʻtilgan qandaydir muammolar boʻlsa, siz oilaviy shifokoringizga, terapevtga yoki mahalliy poliklinikaga murojaat qilishingiz mumkin. Akusher ayollar- bu homilador ayollarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan hamshiralar. Ular tugʻruqlarni qabul qilishga va ayollarga tugʻruqdan keyin tiklanishga oʻrnatilgan.

GINEKOLOGGA, POLIKLINIKAGA YOKI SHIFOKORGA QACHON BORISH KERAK?
Jinsiy aloqaga kirishishga qaror qabul qilishdan oldin ginekologga, poliklinikangizga yoki shifokorga tashrif buyuring. Siz jinsiy munosabatlarga kirishganingizdan soʻng bunday tashriflarni muntazam asosda rejalashtirib qoʻyishingiz kerak boʻladi. Bunday uchrashuvlarni oʻtkazib yubormaslik juda muhim, ayniqsa agar:

  • Sizda yoqimsiz hidli koʻpiksimon, yashil,
    sariq, oq va/yoki qichishtiruvchi ajralmalar
    (yoki qaysidir bitta turi) paydo boʻlsa
  • Sizda kechikish boʻlsa, yoki menstruatsiyalar
    orasida qon ketishlar boʻlsa, yoki menstruatsiya toʻxtamasa
  • Siz noqulaylikni yoki ogʻriqni sezsangiz







Ayol kishi odatda, turmushga chiqib, birinchi bolasini tugʻgan paytidan boshlab murojaat qilishga qulay boʻlgan doimiy ginekologini tanlaydi. Bitta ginekologga borishning sababi- bu shifokor kasalliklaringizning tarixini biladi va sizni yaxshi tushunadi. Ayollar hattoki oʻzining ginekologiga ham ishonishni oʻrganadi.

GINEKOLOGNING KOʻRIGIDA, POLIKLINIKADA YOKI SHIFOKORDA ODATDA NIMA QILINADI?
Agar siz hali bokira boʻlsangiz va vaginal koʻrikdan oʻtish uchun hech qanday tibbiy koʻrsatmalar boʻlmasa, unda mazkur muolajadan oʻtishning keragi yoʻq.

Odatda qabulda sizning oʻtmishingiz va bolalikdagi kasalliklaringiz haqida savol beriladi, hamda sizda jarrohlik operatsiyalar boʻlganligini soʻraydi.

Sizda qandaydir infeksiyalar bor-yoʻqligini tekshirish uchun siz qon topshirishingiz kerak.

Agar siz jinsiy munosabatlarni boshlashni rejalashtirmoqchi boʻlsangiz, siz OIVga tahlil topshirishingiz mumkin. Siz bilan jinsiy aloqaga kirishishdan oldin sizning hamrohingiz ham
OIVga va boshqa venerik kasalliklarga tahlil topshirishi kerak.

Shifokor koʻkragingizni oʻsimtalarga tekshirishi kerak.

  • Agar siz jinsiy aloqaga
    kirishishga qaror qilgan
    boʻlsangiz, shifokor bilan
    kontrasepsiya usulini
    muhokama qilishingiz kerak.
    Toʻgʻri tanlov qilish uchun siz kontraseptivlar
    qanday ishlashini, ulardan qanday foydalanishni,
    hamda ulardan foydalanishdan kelib
    chiqadigan oqibatlarni bilishingiz kerak.
  • Agar siz inʼyeksiyalarni tanlagan boʻlsangiz,
    siz klinikaga muntazam ravishda inʼyeksiya olish uchun kelishingiz kerak boʻladi.
    Agar sizda menstruatsiya muddatlari oʻzgarib ketsa,
    bilingki, bu inʼyeksiyalar tufayli.
  • Agar siz tanlovingizni tabletkalarda toʻxtatsangiz, yodingizda boʻlsin, tabletka qabul qilishni bir kun ham qoldirish mumkin emas, chunki bu homiladorlikka olib kelishi mumkin.
  • Poliklinikada sizga bir nechta pachka prezervativlarni berishi mumkin, ulardan siz jinsiy aloqa qilish vaqtida foydalanishingiz mumkin.
    Shuningdek, sizga keyingi kelishingizning muddatini aytishlari kerak. 

Har bir qabulda sizning qon bosimingizni oʻlchaydi va siz siydik tahlilini topshirishingiz kerak boʻladi. Agar siz kontraseptivlardan foydalanayotgan boʻlsangiz, kundalik tuting, u yerda siz menstruatsiyangiz, kayfiyatingiz, ishtahangiz va vazningiz toʻgʻrisidagi maʼlumotni yozib borasiz.

Oldingi maqola Keyingi maqola