Birinchi menstruatsiya

Birinchi menstruatsiya

Siz qizchadan yosh qizga aylanmoqdasiz, va ushbu ajoyib dunyo sari birinchi qadam- bu menstruatsiya. Ushbu sababga koʻpgina xayplar mavjud, lekin bu har bir ayol oʻtadigan oddiy jarayon.

Bunga boshqa tarafdan qarashga harakat qiling. Siz yosh qiz boʻlmoqdasiz. Siz endi kichkina chittak emas, QIZ BOLASIZ! Magʻrurlansa boʻladi!

MENSTRUATSIYA NIMA DEGANI?
Menstruatsiya- bu qiningizdan biroz qon ketishi. Qon ketishi bir necha kun davom etadi va sikllar boʻyicha keladi- taxminan har 28 kunda. Sikl menstruatsiyaning birinchi kunidan keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblanadi. Ayrimlarda sikllar qisqaroq, boshqalarda esa uzunroq. Shuning uchun menstruatsiya kunma-kun kelmayotganligidan xavotir olishning hojati yoʻq.

NIMA UCHUN QIZLARDA HAYZLAR BOʻLADI!
Bu eng koʻp tarqalgan savol! Javob juda oddiy. Bu dunyoda ayolning asosiy maqsadi- ona boʻlish.

Nima boʻlibdi?- deb soʻraysiz. Qiz bolada menstruatsiya sodir boʻlganida bu organizm yetilganligini, tuxumdonlarning ichida kichkina tuxum hujayralari yetilganligini anglatadi. Lekin ularning hammasi birdaniga yetilmaydi! Ular barcha tuxum hujayralari toʻliq tugatilmaguncha har siklda bittadan yetiladi. Qiz bolada hayzlar toʻxtaydigan taxminan 45-55 yoshlarda sodir boʻladigan menopauzagacha yetadigan tuxum hujayralari koʻp boʻlsa yaxshi.

Agar homiladorlik sodir boʻlmasa, homiladorlik uchun tayyorlangan bachadon shilliq qavati kerakmas boʻlib qoladi. Va menstruatsiya paytida u chiqib ketadi.

BIRINCHI MENSTRUATSIYA
Bu muhim hodisa, uni olimlar "menarxe" deb atashadi. Ayrim qizlar katta boʻlganidan xursand boʻladi, ayrimlarini esa bu narsa qoʻrquvga soladi. Ayrim qizlar ularda "bu kunlar" umuman boshlanishini xohlamaydi!
Har qanday reaktsiya mutloq tabiiy, lekin menstruatsiya borasida tasavvurga ega boʻlib, siz oʻzingizni ishonchli his qilishingiz va vaziyatni nazoratga olishingiz mumkin.

HAYOTINGIZDAGI BIRINCHI MENSTRUATSIYA YAQINDA BOSHLANISHINI QANDAY BILISH MUMKIN?
Menstruatsiya 9 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oraliqda boshlanishi mumkin, lekin aksariyat qizlarda birinchi hayzlar taxminan 12 yoki 13 yoshda keladi. Esingizda boʻlsin, bu narsa birinchi bor aniq sodir boʻladigan sana va vaqtni aniq aytib boʻlmaydi; menstruatsiya tanangiz bunga tayyor boʻlgan vaqtda boshlanadi.

Menstruatsiya boshlanishidan oldin qiz bola jinsiy yetilish davridan oʻtishi kerak, bu esa taxminan ikki yilni egallaydi. 

Bu davr ichida siz quyidagilarni sezasiz:

  • Koʻkrak uchlari oʻzgaradi va koʻkraklaringiz oʻsishni boshlaydi
  • Qoʻltiqlar ostida va qovda tuklar oʻsishni boshlaydi
  • Siz balandroq boʻlasiz va yonboshlaringiz kengayishni boshlaydi
  • Sochlar teri kabi yana ham yogʻliroq boʻladi
  • Boʻjimalar
  • Kayfiyat oʻzgarishi va ruhiy nobarqarorlik
  • Koʻproq dugonalaringizga ishonasiz (onangizga emas)
  • Menstruatsiya boshlanishidan oldin siz quyidagilarni sezishingiz mumkin:
  • Trusiklarda oq dogʻlar yoki jigarrang shilimshiq
  • Oshqozon buzilishi
  • Tos sohasidagi tirishishlar
  • Koʻkrak ogʻrishi
  • Ishtahani koʻtaralishi, masalan, siz juda ham shokoladni istaysiz

 

 

Agar sizda shunga oʻxshash narsalar sodir boʻlayotganligini sezsangiz, buni onangiz, opangiz, xolangiz, katta dugonangiz, oʻqituvchingiz yoki siz ishonadigan boshqa odamingiz bilan maslahatlashishni oʻylab koʻring. Axir qizlar birga boʻlishlari kerak!

BIRINCHI MENSTRUATSIYAGA TAYYORLANAMIZ
Har ehtimolga qarshi qoʻl ostingizda bir nechta narsalar boʻlgani yaxshi!

Oldindan tamponlar, prokladkalar va kundaliklar kabi gigiyenik ashyolarni xarid qiling. Boshlanishida biz Kotex® Designer Ultra Young prokladkalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Har ehtimolga qarshi ryukzagingizga bir nechtasini solib qoʻying.

Doʻkonlarda prokladkalarni yashirish mumkin boʻlgan kichkina hamyonlar sotiladi.
Menstruatsiyadagi ogʻriqni kamaytirish uchun grelka yoki ogʻriq qoldiruvchi vositalarni tayyorlab qoʻying.

Birinchi menstruatsiya siz uchun fojia boʻlmasligi kerak, bunga yengilroq qarang va keling, yosh qiz boʻlganingizni nishonlaymiz! Tashvishlanmang, oʻzingizni qoʻlga oling va yodingizda boʻlsin- siz bu narsa sodir boʻladigan birinchisi ham, oxirgisi ham emasssiz.

Oldingi maqola Keyingi maqola