Ajralmalarning turlari

Ajralmalar

Qindan chiqadigan ayrim ajralmalar meʼyoriy hisoblanadi, chunki qin har doim nam boʻlib turishi kerak. infeksiyalar paydo boʻlmasligi uchun qindagi flora biroz nordon boʻlishi kerak.

Ajralmalar hamma qizlarda boʻladi, lekin bu muhokama qilish biroz noqulay mavzu ekanligini tan olamiz.

Agar sizda aytaylik "meʼyordagi ajralmalar" boʻlsa, unda xavotirga oʻrin yoʻq. Ammo, agar ular qichishish yoki yoqimsiz hid bilan kuzatilsa, unda shifokorga murojaat qilish lozim, ayniqsa siz jinsiy hayot kechirayotgan boʻlsangiz.

AJRALMALARNING TURLARI:

  • Meʼyoriy ajralmalar: odatda ushbu ajralmalar menstruatsiyadan ikki hafta oldin keladi va xom tuxum oqiga oʻxshaydi. Ulura suyuq va yopishqoq, hech qanday qichishish yoki yoqimsiz hid bilan kuzatilmaydi va sizga xoʻl trusiklar hissini "hadya" qiladi. Bu meʼyoriy hisoblanadi
    va xavotirlanishga hojat yoʻq.
  • Jigarrang shilimshiq: odatda bu sizda menstruatsiya tugallanishi yoki boshlanishining alomati. Bu "yomon qon" emas, bu shunchaki sizning ichingizda, ehtimol bir kundan ortiq qolib ketgan qon xolos. Eski qon har doim jigarrang boʻladi.
  • Qichishtiruvchi ajralmalar: odatda bu sizda zamburugʻli infeksiya, masalan molochnitsa borligini anglatadi.
  • Baliq hidli ajralmalar: odatda bu bakterial vaginit deb nomlanuvchi infeksiya. U jinsiy yoʻl bilan yuqmaydi.
  • Yoqimsiz hidli koʻpiksimon, yashil/sariq/oq ajralmalar- bu odatda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyaning belgisi. Ajralmalarning ushbu turida tekshiruvdan oʻtish va davolanish juda muhim.


Agar sizda hali menstruatsiya boʻlmagan boʻlsa, vaginal ajralmalar sizda yaqin orada menstruatsiya boshlanishidan darak berishi mumkin. Shuning uchun sizga kerak boʻladigan prokladkalar, Kotex tamponlari va boshqa shunga oʻxshash mahsulotlarni gʻamlash vaqti keldi.

OQ VA SARIQ AJRALMALAR
Qizlarda menstruatsiyadan oldingi davrda yopishqoq yoki biroz sargʻish vaginal ajralmalar boʻladi, bu meʼyoriy holat. Bu holat jinsiy yetilish davrida qiz bolaning tanasi oʻzgarishi tufayli paydo boʻlishi mumkin. Buning uchun xavotir olmang. Bu demakki, sizning tanangiz yetilib, oʻzgarmoqda va sizda yaqin orada menstruatsiya boshlanishiga tayyorlanmoqda.

SIKL PAYTIDA AJRALMALAR
Sikl menstruatsiyaning birinchi kunidan keyingi menstruatsiyaning birinchi kunigacha hisoblanadi. Menstrual qon ketish oʻtishi bilan bir necha kun mobaynida vagina quruq boʻlib turadi.

Biroz vaqtdan keyin esa siz "meʼyordagi" ajralmalarni koʻrishingiz mumkin (ular haqida yuqorida aytib oʻtilgan). Ushbu ajralmalar organizmingizni urugʻlanishga tayyorligini bildiradi. Siz ovulatsiyalandingiz- tuxum hujayrasi yetildi. Ushbu davrda odatda ayol kishining kayfiyati koʻtarinki va u oʻziga ishongan boʻladi. Bu narsa gormonlaringiz (estrogen va progesteron) choʻqqisiga erishgani uchun sodir boʻladi, shuning uchun siz oʻzingizni aʼlo his qilasiz!

Siz buni koʻrishingiz bilanoq ushbu kunni taqvimda belgilab qoʻying. Keyin oldinga 14 kun sanang, va siz keyingi menstruatsiya qachon boshlanishini hisoblab chiqishingiz mumkin.

AJRALMALARNI NIMA QILISH MUMKIN?
Sizda ajralmalar boʻlganida oʻzingizni qulayroq his qilishingizga yordam beradigan usullar mavjud. Mana bir nechta maslahatlar:

  • Kundaliklar yoki ingichka tagliklar- menstrual
    ajralmalarning birinchi va oxirgi kunida
    va boshqa har qanday ajralmalarda
    trusiklaringizga oqib ketishidan himoya
    qiluvchi aʼlo darajadagi usul.
    Kotex mahsulotining assortimenti juda keng,
    shuning uchun siz albatta oʻzingizga mos keladiganini tanlay olasiz.
  • Har kuni yuvining va toza trusiklarni kiying.
  • Tor jinsalarni kiymang.
  • Hojatdan keyin jinsiy aʼzolaringizni har doim oldindan orqaga qaratib arting.
  • Vanna uchun suvga pufakchalar yoki xushboʻylashtirilgan moylarni qoʻshmang.
  • Ayniqsa sizda qichishtiruvchi ajralmalar kuzatilsa, shirinliklar va pishiriqlar isteʼmolini qisqartiring.
  • Sizni qiziqtirayotgan masalalarni, masalan dugonangiz yoki onangiz yoki opangiz bilan muhokama qiling. Agar sizda bunday masalalarni muhokama qiladigan kimingizdir boʻlsa juda ajoyib. Lekin yodingizda boʻlsin, Kotex jamoasi har doim yordamga kelishga tayyor, shuning uchun uyalmang, sizni qiziqtirayotgan barcha narsalarni soʻrayvering!
Oldingi maqola Keyingi maqola