“Kotex®dan Kupon” aksiyasi qoidalari (Keyingi o‘rinlarda “Qoidalar”)

1. Umumiy qoidalar

1.1. “Kotex®dan Kupon” nomi ostida oʻtkaziladigan reklama aksiyasi (mazkur Qoidalar matnida keyingi oʻrinlarda mos ravishda “Aksiya” deb nomlanadi) isteʼmolchilar oʻrtasida Kotex® savdo belgisini targ‘ib qilishga, Kotex® savdo belgisi ostida chiqarilgan mahsulotlarga isteʼmolchilarning diqqatini jalb etishga, isteʼmolchilarga tovarlarni sinab koʻrish uchun koʻproq imkoniyatlarni taqdim etishga, Oʻzbekistonda sotish hajmining oʻsishini ragʻbatlantirishga qaratilgan.

1.2. Aksiya shartlariga koʻra, isteʼmolchiga uning Aksiya qoidalariga va shaxsiy maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlashga rozilik bildirishi orqali iste’molchi tomonidan olingan elektron kupon asosida, shuningdek, quyida Qoidalarda batafsil tavsiflanganidek, Telegram messenjeridagi Kotex Uzbekistan chat-boti (keyingi o‘rinlarda “Chat-bot”) internet-resursida zarur maʼlumotlarni kiritish va zarur harakatlarni bajarishda Qoidalarning 1.4 bandida ko‘rsatilgan “Kotex®” savdo belgisi ostida chiqarilgan mahsulotlarni (keyingi oʻrinlarda “Mahsulot” deb yuritiladi) xarid qilishda, qo‘shimcha muntazam (promo) chegirmalarni hisobga olmagan holda, do‘kon tomonidan o‘rnatilgan uning bir oʻrami narxiga 50 (ellik) % miqdorda chegirma taqdim etiladi. Chegirma iste’molchiga Qoidalarning 4.2-bandida ko‘rsatilgan u tanlagan har qanday savdo nuqtaning birida taqdim etiladi.

 

 

 

1.3. Isteʼmolchi elektron kuponni olganidan soʻng, Aksiya ishtirokchisiga aylanadi, bu haqda quyida Qoidalarning 5.2-bandida batafsilroq bayon etiladi. 

 

1.4. Mahsulot tavsifi

 

Mahsulot nomi

Oʻramdagi prokladkalar soni, dona

 

Kotex® Ultra Normal prokladkalari

10 dona

Kotex® Ultra Soft Normal prokladkalari

10 dona

Kotex® Ultra Soft Super prokladkalari

8 dona

Kotex® Ultra Super prokladkalari

8 dona

Kotex® Ultra Tungi prokladkalari

7 dona

Kotex® Young Normal prokladkalari

10 dona

 

2. Aksiyani oʻtkazish hududi

2.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida (keyingi o‘rinlarda “Aksiyani o‘tkazish hududi”) quyidagi shaharlarda o‘tkaziladi: Toshkent, Samarqand.

2.2. Aksiya Chat-bot orqali o‘tkaziladi.

 

3. Aksiyani oʻtkazish muddati

3.1. Aksiya 2022 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi, shu bilan birga 2021 yil 31 dekabrgacha olingan kuponlarning (shu kun ham kiradi) amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha (shu kun ham kiradi) o'zgarishsiz qoldi. Aksiyani o'tkazish muddati yoki uning bosqichlarini o'tkazish muddatlari mijozning xohishiga ko'ra, hech kimni oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirilishi mumkin. Har qanday o'zgarishlar Buyurtmachi tomonidan Chatbot-da e'lon qilinadi. 2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha berilgan Makro tarmog‘ining elektron kuponidan iste'molchi 2022-yil 31-dekabrgacha foydalanishi kerak.

2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 30-iyungacha berilgan Korzinka tarmog‘ining elektron kuponidan iste'molchi 2022-yil 30-iyungacha foydalanishi kerak.

 

4. Aksiyaning buyurtmachisi, tashkilotchisi va hamkorlari

4.1. Aksiyaning Buyurtmachisi – “Kimberli-Klark” MChJ (keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi”). Manzil: 142800, Moskva viloyati, Stupino shahri, Sitenka koʻchasi, 15-egalik; STIR: 7709222373; ADROR: 1037739499270.

 “MCCANN-GROUP TASHKENT” MCHJ, “Umniye Texnologicheskiye Resheniya” MCHJ va “InfoBip” MCHJ Aksiyaning tashkilotchilari sanaladi. 100070, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 12 manzilida joylashgan “MCCANN-GROUP TASHKENT” MCHJ onlayn boshqaruv bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini, shuningdek Buyurtmachi bilan shartnoma asosida boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi.  117218, Moskva shahri, Cheryomushkinskaya B., koʻchasi, 34-uy, A621-binomanzilida joylashgan, telefon raqami +7 (495) 115-82-19 bo‘lgan “Umniye Texnologicheskiye resheniya” MCHJ chat-bot ishlab chiqish, promokodlar yaratish, texnik tomonlama qo‘llab-quvvatlash va Buyurtmachi bilan shartnoma asosida boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi. “Infobip” MCHJ Aksiya doirasida iste’molchilarga SMS-xabarlar yuboradi.

 

4.2. Aksiyaning hamkorlari Oʻzbekiston hududidagi Makro savdo nuqtalari (keyingi o‘rinlarda “Hamkorlar”) hisoblanib, ular quyidagi do‘konlardan istalgan kassada ishtirokchi tomonidan mahsulotni xarid qilishda taqdim etilgan elektron kuponni faollashtiradi:

(Keyingi o‘rinlarda — “Do‘kon”)

Mahsulotni xarid qilishda, chegirmani olish uchun do‘kon Qoidalarning 4.2-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatdan Ishtirokchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi.

4.3. Buyurtmachi, Tashkilotchi va Hamkorlar mazkur Qoidalarga amal qilinishi yuzasidan, shu jumladan uchinchi shaxslar oldida hamda isteʼmolchilar oldida, shuningdek oʻz xodimlarining, oʻzlari tomonidan jalb etilgan uchinchi shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgar hisoblanadi. Buyurtmachi va Tashkilotchi Hamkorlarning harakatlari (harakatsizligi) uchun, ularning xodimlari va pudratchilari uchun javobgar emas.

4.4. Buyurtmachi Aksiyaning oʻtkazilishini, shu jumladan Ishtirokchilarga qoʻngʻiroq qilish orqali nazorat qilish huquqiga ega.

4.5. Buyurtmachi istalgan vaqtda, Chat-botda Aksiya qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar haqida nashr etish yoʻli bilan hech kimga oldindan xabar bermasdan, hech qanday ogohlantirishsiz Aksiya qoidalarini oʻzgartirish, shuningdek, hech kimga oldindan xabar bermasdan, istalgan vaqtda, Chat-botda tegishli xabarni nashr etish bilan Aksiyani bekor qilish yoki toʻxtatib turish huquqiga ega.

4.6. Buyurtmachi va Hamkorlar oʻz ixtiyoriga koʻra, istalgan vaqtda Ishtirokchidan tasdiqlovchi hujjatlarni, shu jumladan Ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini talab qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Bitta Ishtirokchi tomonidan birdan ortiq elektron kupon taqdim etilganda Aksiya Ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan faqat bitta elektron kupon bo‘yicha chegirma taqdim etilishi mumkin. 

4.7. Aksiya Buyurtmachisi, Tashkilotchisi va Hamkorlari quyidagilar uchun javobgar boʻlmaydi:

- Ishtirokchilar tomonidan Qoidalarga amal qilinmasligi va/yoki undagi shartlarni oʻz vaqtida bajarilmasligi;

- Isteʼmolchilardan/Ishtirokchilardan Aksiyada ishtirok etish va elektron kuponlarni olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻliq qabul qilib olinmasligi yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni qabul qilib olinishi;

- Aksiya Ishtirokchisi bilan bogʻlanib boʻlmaganligi sababli Ishtirokchining elektron kuponni olmaganligi;

- elektron pochta xizmatlari faoliyatidagi harakatlar/harakatsizliklar, texnik nosozliklar, aloqa, Internet, Chat-bot faoliyatidagi uzilishlar yoki elektr energiyasining yoʻqligi;

- Buyurtmachiga, Hamkorlarga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli Aksiyaning toʻxtatib qoʻyilganligi.

 

 

5. Aksiya ishtirokchilari

5.1. Aksiyada faqatgina mehnatga layoqatli voyaga yetgan jismoniy shaxslar, xususan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolari ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

5.2.  Isteʼmolchi, quyida tavsiflanganidek, Aksiya qoidalariga oʻz roziligini bildirganidan, shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashga, shuningdek, Chat-botda zarur maʼlumotlarni kiritish va zarur harakatlarni amalga oshirishda ulardan foydalanishga rozilik berganidan soʻng taqdim etiladigan elektron kuponni olganidan keyin Aksiyaning Ishtirokchisiga (keyingi oʻrinlarda – “Ishtirokchi”) aylanadi.

5.3. Buyurtmachining, Tashkilotchining, Hamkorlarning va ularning affillangan shaxslarining xodimlari, ularning oila aʼzolari, shuningdek Aksiyani tashkil etilishi va oʻtkazilishiga aloqador boʻlgan boshqa yuridik shaxslarning va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlari va ularning oila aʼzolari Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega emas.

5.4. Ishtirokchi Chat-botda shaklni faqat bir marta to‘ldirish huquqiga ega. Ishtirokchi oʻzi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, oʻzi Chat-botga kirishda foydalaniladigan qurilmasining va telefonining ishlashi uchun javobgardir.

5.5. Bitta Ishtirokchiga, Qoidalarning 4.2-bandida ko‘rsatilgan faqat bitta do‘konda Mahsulotni xarid qilishda foydalanishi mumkin boʻlgan 1 (bir) dona elektron kupon beriladi.

5.6. Qaysidir kunlarda elektron kupondan foydalanishni istagan Ishtirokchilarning katta oqimi boʻlishi mumkinligini istisno qilinmaganligini va bunday oqimni oldindan taxmin qilib boʻlmasligini hisobga olgan holda, Ishtirokchi tomonidan sotib olish (xarid qilish) uchun tanlangan mahsulot doʻkonda yoʻq boʻlganda, Ishtirokchi oʻz xohishiga koʻra quyidagilarni tanlash huquqiga ega:

- doʻkondan Qoidalarning 1.4-bandida koʻrsatilgan mahsulot turiga ko‘ra boshqa istalgan Mahsulot

- oʻzi tanlagan mahsulotning kelishini kutish, bu mahsulotning kelganligi haqida Buyurtmachi yoki Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchiga u koʻrsatgan telefon boʻyicha xabar beriladi.

5.7. Ishtirokchi Qoidalarning talablari va shartlariga amal qilishi shart. Ishtirokchiga Chat-botda sharhlar qoldirish huquqi berilganligi sababli, Ishtirokchi boshqa foydalanuvchilarni hurmat qilishga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlgan sharhlar qoldirmaslikka, shu jumladan, leksik meʼyorlardan chetga chiqmaslikka, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan materiallarni joylashtirmaslikka majbur.

Ishtirokchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

- reklama joylashtirish;

- dinamik IP-manzillardan foydalanish va veb-server yoki veb-sahifa tomonidan yaratilgan va foydalanuvchining kompyuterida foydalanuvchi Chat-Botga kirishda ishlatadigan va veb-brauzer har safar Chat-botga kirish uchun HTTP-soʻrovi bilan veb-serverga yuboradigan fayl shaklidagi maʼlumotlar fragmentini oʻchirib tashlash;

- har qanday vositadan foydalangan holda, jumladan cheksiz proksi-serverlar yoki maxsus Internet-xizmatlari yordamida haqiqiy IP-manzilni yashirish.

5.8. Ishtirokchi tomonidan Qoidalar buzilgan holatda yoki Ishtirokchi tomonidan ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganda Buyurtmachi bir tomonlama tartibda Aksiyaning istalgan bosqichida Ishtirokchining Aksiyadagi ishtirok etishini bekor qilish huquqiga ega. Ishtirokchi tomonidan, jumladan sharhlar yuborishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilab qoʻyilgan meʼyorlar buzilganda Buyurtmachi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa organlariga murojaat qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. 

5.9. Aksiya Ishtirokchisining Aksiyaning oʻtkazilishi boʻyicha savollari yoki sharhlari boʻlsa, Aksiya Ishtirokchisi ularni Chat-botda keltirilgan pochta manziliga yozish huquqiga ega.

 

 

 

 

 

6. Aksiyani oʻtkazish tartibi

6.1. Chat-botda roʻyxatdan oʻtishda isteʼmolchi Aksiya Qoidalariga roziligini tasdiqlaydi va shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashga oʻz roziligini beradi. Agar isteʼmolchi Aksiya Qoidalari va uning shaxsiy maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlanishiga rozi boʻlmasa, u Aksiyada ishtirok eta olmaydi.

6.2. Isteʼmolchi shundan keyin barcha zarur maʼlumotlarni toʻldiradi va barcha zarur harakatlarni amalga oshiradi, jumladan Telegram messenjerida roʻyxatga olingan telefon raqamini shuningdek, elektron kupondan foydalanib, chegirmali mahsulot sotib olmoqchi bo‘lgan doʻkonni tanlaydi.

6.3. Barcha zarur maʼlumotlar toʻgʻri toʻldirilganidan va Chat-botdagi barcha harakatlar toʻgʻri bajarilganidan soʻng, Ishtirokchiga noyob raqamli elektron kupon taqdim etiladi. Agar isteʼmolchi maʼlumotlarni notoʻgʻri kiritgan yoki Chat-botdagi barcha harakatlarni bajarmagan yoki ularni notoʻgʻri bajargan boʻlsa, elektron kupon berilishi mumkin emas.

6.4. Buyurtmachi elektron kuponni Ishtirokchiga u zaruriy harakatlarni bajargandan keyin Chat-bot orqali yuboradi.

6.5. Aksiya oʻtkazilish muddati davomida Ishtirokchi elektron kuponni oʻzi tanlagan Do‘kondagi qurilma oʻqishi uchun taqdim etish orqali ishlatishi shart, shundan soʻng Ishtirokchi mazkur Qoidalarning 1.4-bandida koʻrsatilgan assortimentdan tanlagan Mahsulot xaridini, Qoidalarning 5.6-bandida ko‘rsatilgan shartlarini hisobga olgan holda, 50% chegirma bilan amalga oshirishi mumkin.

6.6. Qoidalarga muvofiq Mahsulot uchun Ishtirokchi tomonidan 50% miqdoridagi pul ekvivalenti toʻlanmaydi, shuningdek, bir toifadagi kupon boshqa toifadagi kuponga almashtirilmaydi.

 

 

7. Shaxsiy maʼlumotlar va ularni saqlash

7.1. Buyurtmachi, Tashkilotchi, ularning affillangan shaxslari yoki ular tomonidan jalb etilgan uchinchi shaxslar sotib oluvchi/Aksiya Ishtirokchisining shaxsiy maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlashni (jumladan, axborot tizimlaridan foydalangan holda), shuningdek shaxsiy maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish orqali taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashga rozilik xatiga muvofiq ravishda qatʼiy tartibda amalga oshiradi.  Qoidalarni qabul qilib, iste’molchi/Ishtirokchi shaxsiy maʼlumotlarga avtomatik tarzda ishlov berilishi va qaror qabul qilishga o‘z roziligini beradi - iste’molchi/Ishtirokchi qaror qabul qilishga qarshilik bildirish huquqiga ega.

 

 

 

7.2. Buyurtmachi, Tashkilotchi, ularning affillangan shaxslari yoki ular tomonidan jalb qilingan uchinchi shaxslar shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga mos ravishda harakat qiladi, jumladan shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻradi.

7.3. Aksiya Ishtirokchisi istalgan vaqtda shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash boʻyicha bergan roziligini Buyurtmachiga quyidagi manzil boʻyicha yozma murojaat qilish yoʻli bilan oʻzgartirish, toʻldirish yoki bekor qilish huquqiga ega: “Kimberli-Klark” MCHJ, 142800, Moskva viloyati, Stupino shahri, Sitenka koʻchasi, 15-egalik; STIR: 7709222373; ADROR: 1037739499270. Yozma murojaatnomada murojaat qiluvchi subyekt haqida maʼlumot beruvchi quyidagi shaxsiy maʼlumotlar boʻlishi kerak: familiyasi, ismi, otasining ismi; yashash manzili; shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi va raqami; koʻrsatilgan hujjatning berilgan sanasi va uni bergan organ haqida maʼlumot; murojaat mavzusi, imzo, sana.

 

 

8. Yakuniy qoidalar

8.1. Buyurtmachi, Tashkilotchi, Hamkorlar, iste’molchilar va Ishtirokchilar Qoidalarga amal qilishi shart.

8.2. Mazkur Qoidalar Chat-botda joylashtiriladi va Aksiya oʻtkazilish muddati davomida amal qiladi. Aksiyani o‘tkazish haqidagi har qanday o‘zgarishlar Buyurtmachi va/yoki Tashkilotchi tomonidan Chat-botda eʼlon qilinadi.

8.3. Buyurtmachi istalgan vaqtda, Chat-botda Aksiya qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar haqida nashr etish yoʻli bilan hech kimga oldindan xabar bermasdan, hech qanday ogohlantirishsiz Aksiya qoidalarini oʻzgartirish, shuningdek, hech kimga oldindan xabar bermasdan, istalgan vaqtda, Chat-botda tegishli xabarni nashr etish bilan Aksiyani bekor qilish yoki toʻxtatib turish huquqiga ega.