Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga rozilik

Hurmatli https://www.huggies.uz/ sayti foydalanuvchisi! https://www.huggies.uz/ (bundan keyin - Sayt) Saytidan foydalanishdan avval saytining Maxfiylik siyosati (bundan keyin – Siyosat) bilan tanishib chiqing. Saytdan va unda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish foydalanuvchining ushbu Siyosat qoidalarining qo‘llanilishi va uni quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishiga roziligini bildiradi: 1. Kirish. 1.1. Sayt Kimberly-Klark kompaniyasi (bundan keyin - ""Kompaniya"") tomonidan ishlatiladi, sayt unga tegishli, saytga u tomonidan xizmat ko‘rsatiladi va qo‘llab-quvvatlanadi; 1.2. Kompaniya Sayt foydalanuvchilari o‘zlari taqdim etgan ma’lumotlarning himoyalanganligi to‘g‘risida, shuningdek, Kompaniya ushbu ma’lumotlarni qanday yig‘ishi va/yoki qayta ishlashi haqida xavotirlanishi mumkinligini tushunadi; 1.3. Ushbu Siyosatning maqsadi - Kompaniyaga tegishli bo'lgan yoki uning boshqaruvidagi veb-saytlar va mobil ilovalarning axborotni qanday to‘plashi va/yoki uzatishi va/yoki himoya qilishini belgilash; 1.4. Kompaniyaga qandaydir shaxsiy ma’lumotlar va/yoki axborotni taqdim etishdan oldin va/yoki Saytdan boshqa yo‘llar bilan foydalanishdan oldin Foydalanuvchi ushbu Siyosatning to‘liq matni bilan tanishishi shart; 1.5. Sayt bilan qandaydir tarzda o‘zaro aloqada bo‘ladigan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (bundan buyon - Foydalanuvchi) saytdan foydalanar va/yoki Saytga shaxsiy ma’lumotlar va / yoki axborotni (bundan buyon - Ma’lumotlar) taqdim etar ekan, Kompaniyaning maxfiylikni ta’minlash usullaridan xabardor ekanligi va ularga rozi ekanligini tasdiqlaydi; 1.6. Kompaniya Siyosatga bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shu bilan bo‘gliq ravishda Foydalanuvchi Sayt bilan har qanday o‘zaro aloqaga kirishar ekan uning dolzarbligi va mazmunini kuzatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 2. Kompaniya tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar. 2.1. Kompaniya Foydalanuvchi Sayt va/yoki mobil ilovalar va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlari bilan o‘zaro bog‘lanishda bo‘lganida uning Ma’lumotlarini olishi mumkin. 2.2. Kompaniya tomonidan olingan Ma’lumotlarning turlari: 2.2.1. aloqa ma‘lumotlari - ismi, tug‘ilgan oyi va yili, boshqa ko‘rsatiladigan shaxslarning ismi va tug‘ilgan sanasi (KK.OO.YYYY), pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami; 2.2.2. Saytda va/yoki mobil ilovalarda va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlarida qayd yozuvi tuzilgan taqdirda, Foydalanuvchi nomi (login) va parol kabi qayd yozuvi ma’lumotlari; 2.2.3. Foydalanuvchining mahsulot afzalliklari haqida batafsil ma’lumot; 2.2.4. Foydalanuvchi tomonidan xarid qilingan va ko‘rilgan tovarlar/xizmatlarning tarixi, shuningdek, Foydalanuvchining Kompaniyaning mukofot dasturida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 2.2.5. Agar foydalanuvchi Saytdan, mobil ilovalardan va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlaridan/mahsulotlaridan/tovarlaridan foydalanganda taqdim etishga rozi bo‘lsa, uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumotlari; 2.2.6. qurilma identifikatori va Foydalanuvchi Internet-protokoli (""IP""); 2.2.7. Foydalanuvchi Sayt, mobil ilovalar va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lar ekan, qandaydir boshqa bir tarzda taqdim etishga rozi bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. 2.3. Sayt bilan qandaydir o‘zaro aloqa paytida va/yoki bizning mobil ilovalarimizdan va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlaridan foydalanayotgan paytda Kompaniya cookie fayllar, veb-server jurnallari, veb-mayoqlar va boshqa texnologiyalar kabi avtomatik vositalar yordamida Foydalanuvchidan Ma’lumotlarni olishi mumkin. 2.4. ""Cookie"" fayli — Foydalanuvchi brauzerini bir qiymatli identifikatsiya qilish va/yoki Foydalanuvchi brauzerida ma’lumotlarni/sozlamalarni saqlash uchun Sayt tomonidan Foydalanuvchi kompyuteriga yoki Internetga ulangan boshqa qurilmasiga yuboriladigan matnli fayl; 2.5. ""Veb mayoq"" - veb-sahifalarni veb-serverlar va cookie-fayllar bilan bog‘laydigan fayl, u cookie-fayllari orqali to‘plangan ma’lumotlarni veb-serverga uzatish uchun ishlatilishi mumkin; 2.6. Qo‘shimcha ma’lumotlar Sayt va/yoki mobil ilovalar va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlarining o‘zaro munosabatini baholash uchun boshqa xizmatlar orqali to‘planishi mumkin. 2.7. Kompaniya 2.3-2.6-qism-bandlarda ko‘rsatilgan texnologiyalardan Saytda, mobil ilovalarda va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlarida/mahsulotlarida/tovarlarida, Foydalanuvchi jihozlari, veb-sahifalarga tashrif buyurish va foydalanish modellari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun foydalanishi mumkin. 2.8. Kompaniya shu tarzda oladigan ma’lumotlarga Foydalanuvchi qurilmasining IP-manzili, Foydalanuvchi qurilmasi bilan bog‘liq identifikatorlar; Saytga, mobil ilovalarga va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlariga ulangan qurilmalarning turlari; Foydalanuvchi brauzerining xususiyatlari; qurilma parametrlari; til sozlamalari; ko‘pincha o‘tish/chiqishlar bajarilgan sahifalar; Saytga tashriflar haqida va Saytga, mobil ilovalarga va/yoki Kompaniyaning boshqa raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlariga tashriflar sanasi hamda vaqti to‘g‘risida ma’lumotlar kiradi, biroq faqat bulan bilan cheklanib qolmaydi. 2.9. Sanab o‘tilgan texnologiyalar Kompaniyaga quyidagilar uchun xizmat qiladi: 2.9.1. Sayt bilan har qanday o‘zaro aloqani soddalashtirish maqsadida Mijozning ma’lumotlarini qayd qilish; 2.9.2. Foydalanuvchi Sayt, mobil dasturlar va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlaridan qanday foydalanayotganini hamda ular bilan qanday o‘zaro aloqada bo‘layotganini kuzatish va tahlil qilish; 2.9.3. Saytni, mobil ilovalarni va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlarini ehtimoliy moslashtirish; 2.9.4. Saytimiz, mobil ilovalar va/yoki Kompaniyaning boshqa turdagi raqamli dasturlari/mahsulotlari/tovarlaridan foydalanish qulayligi va bizning kommunikatsiyalarimiz samaradorligini ehtimoliy baholash; 2.9.5. Kompaniya tovarlari va xizmatlarini tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni aniqlash, shuningdek, ularni Kompaniyaning fikriga ko‘ra lozim darajada ta’minlanishiga yordam berish. 2.10 Kompaniya Foydalanuvchi e’tiborini cookie fayllari o‘chirilgan taqdirda, Saytning funksionalligi cheklanishiga qaratadi. 2.11 Foydalanuvchi havolasi Saytda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tarmoq veb-saytida axborot taqdim etadigan barcha holatlarda, Foydalanuvchi ijtimoiy tarmoq veb-saytining siyosati va maxfiylikni ta’minlash chora-tadbirlari bilan tanishib chiqishi zarur bo‘ladi. 2.12 Kompaniya har qanday boshqa veb-saytlarining maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha choralari mavjudligi/yo‘qligi uchun javobgar bo‘lmaydi. 3. Foydalanuvchi ma’lumotlaridan foydalanish tamoyillari 3.1. Foydalanuvchi Saytda ixtiyoriy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan paytda Kompaniya o‘zi tomonidan belgilanuvchi ma’lumotlar jo‘natilishi uchun Foydalanuvchi nomi, elektron pochta manzili va pochta manzilini ro‘yxatga qo‘shadi; 3.2. Kompaniya o‘z xohishiga ko‘ra Saytda Kompaniya o‘tkazadigan lotereyalar va/yoki boshqa aksiyalar to‘g‘risida e’lonlar joylashtirishi mumkin, ba’zi hollarda Foydalanuvchi ularda Kompaniyaning ruxsati bilan Internet orqali qatnashishi mumkin. Ko‘rsatilgan holda Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan reklama aksiyasini o‘tkazish uchun foydalanadi (masalan, Foydalanuvchi tanlovda g‘olib bo‘lgan hollarda u bilan bog‘lanish uchun). 4. Ma’lumotlarni uzatish tamoyillari 4.1. Kompaniya bir qator holatlarda Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishi mumkin, shu jumladan: 4.1.1. Ma’lumotlarni xizmat ta’minotchilariga uzatish. Kompaniya Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni Kompaniyaga xizmat ko‘rsatuvchi, shu bilan birga, lekin shular bilangina cheklanmasdan Foydalanuvchi buyurtma bergan xizmatlarni taqdim etishda, ma’lumotlar bazasini yaratish yoki yuritishda, tadqiqotlar o‘tkazishda va Kompaniyadan mahsulotlar, xizmatlar yoki axborot sotib oladigan shaxslar to‘g‘risida axborot va ma’lumotlarni tahlil qilishda, xabarlarni tayyorlash va tarqatish va/yoki so‘rovlarga javob berishda yordam ko‘rsatuvchi boshqa kompaniyalarga va/yoki shaxslarga taqdim etishi mumkin. 5. Qonunlarning qo‘llanilishi va sud jarayonlari. 5.1. Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni quyidagilar doirasida oshkor qilish huquqiga ega: 5.1.1. qonun talablari doirasida va sudda ish ko‘rilishi jarayonida (masalan, sud qarori yoki sud so‘rovi); 5.1.2. davlat idoralarining, shu jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda huquqni muhofaza qilish organlarining so‘rovlariga javoban; 5.1.3. Kompaniyaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini belgilash, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun; 5.1.4. agar Kompaniya oshkor etilishini maqsadga muvofiq va/yoki jismoniy va boshqa zararlar va/yoki moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish uchun zarur deb hisoblasa; 5.1.5. gumon qilinayotgan va/yoki haqiqatdan ham noqonuniy faoliyatning tergov qilinishi munosabati bilan. 6. Bloglar, onlayn xabarlar va mulohazalar. 6.1. Kompaniya foydalanuvchilarga izohlar, xabarlar, mulohazalar yoki boshqa ma’lumotlarni qoldirish va ular bilan baham ko‘rishga ruxsat berishi mumkin; 6.2. Agar Foydalanuvchi Kompaniyaga shunday ma’lumotlarni taqdim etadigan bo‘lsa, Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlar hammaga ochiq bo‘lishi mumkin. 7. Tijoriy bitimlar. 7.1. Kompaniya Foydalanuvchi to‘g‘risidagi har qanday Ma’lumotlarni Kompaniya yoki uning aktivlari sotilgan yoki topshirilgan holda (shu jumladan qo‘shilish, sotib olish, qo‘shma korxona tashkil etish, qayta tashkil etish, tasarrufdan chiqarish, faoliyatni to‘xtatish yoki tugatish holida) taqdim etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 8. Xavfsizlik choralari. 8.1. Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarning tasodifiy, noqonuniy yoki ruxsatsiz foydalanishi, yo‘q qilinishi, yo‘qolishi, o‘zgartirilishi, oshkor etilishi yoki foydalanilishidan himoya qilish uchun ma’muriy, texnik va jismoniy choralarni ko‘radi. 9. Bolalar. 9.1. Sayt keng omma uchun mo‘ljallangan va bolalar uchun moslanmagan. Kompaniya 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plamaydi. 10. Maxfiylik siyosatidagi o‘zgartirishlar kiritish. 10.1 Kompaniya istalgan vaqtda Saytga Siyosatning yangi nashrni joylashtirish orqali Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 11. Boshqa qoidalar. 11.1 Sayt bilan har qanday maqsadda o‘zaro aloqaga kirishar ekan, Foydalanuvchi ushbu Siyosat qoidalariga rozi bo‘ladi; 11.2 Agar Foydalanuvchi ushbu Siyosatga to‘liq rozi bo‘lmasa, u holda Foydalanuvchi Saytdan har qanday maqsadda foydalanish huquqiga ega emas.